Imtiyozlar taqdim etish, import uchun to‘siqlar o‘rnatish, iqtisodiyotga ommaviy ravishda davlat va yarim davlat investitsiyalarni joriy etish vositasida raqobatni cheklash hamda «milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash»


va 2017 yillarda aholi jon boshiga sanoatda yaratilgan qo‘shimcha qiymat hajmi, AQSh dollarida


Download 0.6 Mb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1504469
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon bankining katta iqtisodchisi Eskander Trushinning tadqiqotlari natijasi

1995 va 2017 yillarda aholi jon boshiga sanoatda yaratilgan qo‘shimcha qiymat hajmi, AQSh dollarida
* Tojikiston bo‘yicha ma'lumotlar 2016 yilniki, Turkmaniston bo‘yicha — 2015 yilniki
Manba: Jahon banki ma'lumotlari. O‘zbekiston bo‘yicha hisob-kitobda 1 AQSh dollari 8000 so‘mdan hisoblangan.

1996 yildan buyon mamlakatda amalga oshirilgan siyosat oqibatlaridan biri — O‘zbekistondagi past turmush darajasidir. Agar 1 dollar 8000 so‘mdan hisoblansa, O‘zbekistonda 2017 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 1000 dollardan pastroqni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bilan biz Afrikaning 25 davlati, Haiti, Afg‘oniston, Nepal va Tojikiston bilan birga jahonning eng qashshoq 30 davlati sirasiga kiramiz. Agar MDH davlatlarining aholi jon boshiga YaIMi dinamikasiga qaralsa, bizda bu ko‘rsatkich 1996 yildan buyon eng yomoni bo‘lganini ko‘rish mumkin.
1995–2017 yillarda aholi jon boshiga YaIM, AQSh dollarida
Manba: Jahon banki
Sanoat siyosatining barbod bo‘lishi sabablari
Bu nega sodir bo‘ldi? Nega ulkan sanoatning alohida sohasi va korxonalarini rivojlantirish uchun tashlangan resurslar natija bermadi, to‘g‘rirog‘i, teskari, aslida barbod bo‘lgan natijani berdi?

  • 1996 yildan so‘ng biz o‘tkazgan giperfaol sanoat siyosati:

  • bozor islohotlarining oyog‘ini osmondan qilib yubordi (va hozir biz sobiq SSSRning boshqa davlatlari 1990-yillarda amalga oshirgan islohotlarni o‘tkazmoqdamiz);

  • bozor mexanizmlari, eng avvalo sog‘lom raqobat ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymadi (aynan raqobat innovatsiyalar va iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi);

  • aksilbozor, iqtisodiyotni ma'muriy boshqarish usuli va yuqori soliq yuki tufayli erkin xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini bo‘g‘di;

  • aholi daromadlari o‘sishini chekladi (binobarin, sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabni ham);

  • korrupsiya rivojlanishiga, kapital olib chiqib ketilishiga, monopolizm va iqtisodiyotni zaiflashtirishning boshqa shakllariga xizmat qilgan.

Aql bovar qilmaydigan hajmdagi va o‘ylanmagan imtiyozlar tezda rentali (asbob-uskunalar o‘rniga bir uyum metallolom olib kirish evaziga) foyda olish va pul kapitalini olib chiqib ketishga rag‘bat uyg‘otgan. Kapitalning sun'iy arzonlashtirilishi (asbob-uskunalar uchun rasmiy kursda konvertatsiya, arzon kreditlar va soliqlardan ozod qilish taqdim etilgan) va qimmat mehnat (mehnatga soliqlarning yuqorilishi, soliqqa tortishning soddalashtirilgan va umumiy rejimlari o‘rtasidagi soliq yukidagi ulkan farq), ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlar o‘rniga ko‘p mablag‘ talab qiladiganidan foydalanishga olib keldi va buning natijasida rasmiy sektorda bandlik darajasi juda past bo‘lib qoldi.
Yaqinda o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda rasmiy sektorda 5,4 million odam ish bilan band. Bu mamlakat mehnat resurslarining (19 million kishiga yaqin) 28,6 foizini tashkil etadi, xolos. Bularning ham yarmi budjet sohasida (ta'lim, sog‘liqni saqlash, davlat xizmati) mehnat qiladi, ya'ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan moliyalashtiriladi.
Shunday qilib, 1996 yildan keyin amalga oshirilgan sanoat siyosati iqtisodiyot samaradorligining tanazzuli bilan birga, bandlik darajasining potensial mumkin bo‘lganidan ham pastroq darajaga qisqarishiga ham olib kelgan.
Bundan tashqari, «sanoatlashtirish» yillarida biz samarasiz ishlab chiqaruvchi monopolistlar va mansabdor korrupsionerlar sonini ko‘paytirdik. Ular islohotlarga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qilib kelishmoqda.
Biroq raqobatbardosh iqtisodiyotni biz baribir qura olmadik. Bunday usullar bilan qura olmasdik ham.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling