Ingliz tiliga o’zbek tillarida bosh bo`laklarning ifodalanishi


”Manige coman to bycgeanne the thing”


Download 330 Kb.
bet27/36
Sana16.06.2023
Hajmi330 Kb.
#1510690
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDA BERILISHI”

”Manige coman to bycgeanne the thing”
O’zbek tilida ushbu yuqorida berilgan gap tarjimasini beradigan bo’lsak: Ko’pchilik bu narsalarni sotib olish uchun keldi. Infinitivning keyingi rivojlanishlari uning otga asoslangan sarflanishlar va fe’l paydo qilishga bo’lgan o’rinishlar bilan asoslanadi.
Ega bosh kelishikdagi so’z bilan ifodalanib, kim? Nima? Kimlar? Nimalar? Qayer? degan so’roqlardan biriga javob bo’ladi. Ega o’z aniqlovchisi bilan birikib kelishi mumkin.
Masalan: Kitob o’qish foydali
Reading books in useful.
Gapda ega semantik jihatdan asosiy vazifada bo’ladi. Bunda gap tartibi o’zgargan hollar ham bo’ladi. Bu hol universiya deb ataladi. Mazkur holatda ham ega asosiy element sanaladi. Masalan:
“With them was Brett”.
Ushbuni transformatsiya orqali ega ekaniga amin bo’lamiz:
With them was Brett” Bett was with them”.
Ega va kesim munosabati.
2.4.INGLIZ TILIDA KESIMNING SIFAT BILAN IFODALANISHI.
Ma’lumki, har qanday til grammatikasida gap qurilishi jarayonida kesim asosiy ma’noni ifodalovchi bo’lak hisoblanadi. Gapda kesim turli so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Har bir til grammatikasining o’ziga xos xususiyati bo’lgani kabi ingliz tili grammatikasi ham shular jumlasidandir. Xuddi o’zbek tilidagi kabi ingliz tilida ham kesim turli so’z turkumlari va shu bilan birga kesim vazifasini bajaruvchi bo’laklar bilan ifodalanadi. Xususan, kesimi to be sifat bilan ifodalanadigan gaplarni oladigan bo’lsak, ular o’ziga xos xususiyatlari bilan gapda qo’llanish doirasi jihatidan farqlidir.
B.A.Ilish kesimning bu turi ikki xil bo’lishini ta’kidlab, ularni gaplarda kesimi bog’lama fe’lsiz ot yoki sifat bilan ifodalanib, undov gaplarda kelishini yoki gaplarning inversiya usuli bilan, ya’ni teskari so’z tarkibi bilan tuzilgan gaplarda qo’llanilishini aytib o’tadi. [1] Ammo gaplarda kesimi bog’lama fe’l hamda ot, sifat yoki ravish bilan ifodalangan holatlar qo’shma ot-kesim deb nomlanadi. O’zbek tilida ba’zi mualliflar kesimning mazkur morfologik ifodalanishini tarkibli ot-kesim deb, boshqalari esa murakkab ot-kesim deb turlicha nomlaydilar. Umuman olganda, kesimning bunday turi ingliz tilida to be sifat shaklida berilsa, o’zbek tilida esa sifat bo’lmoq, sifat bermoq, sifat shaxsni ifodalovchi qo’shimchalar hamda yaxlit sifat bilan ifodalana
Har ikkala tilda ham bog’lama fe’llar gapning predikativ qismi bilan gapning egasini bog’laydi hamda gapda zamon, mayl, shaxs kategoriyalarini ifodalab keladi: 1.This life is very pleasant (EHF,187); 2.The prise is reasonable (EHF,170); 3.He was very serious (EHF,170); 4.I’ll be very glad to be an American (EHFA,211); 5.You should be importial (BUG,86); 6.The war couldn’t be much worse (EHF,187). Bunday misollarning kesimi sifat bilan ifodalanganligini aniqlash uchun tushurib qoldirish transformatsiyasidan foydalanilsa quyidagi hosila paydo bo’ladi: 1) This life is very pleasant→ This life is…pleasant→.. life is pleasant; 4) I’ll be very glad to be an American→ I’ll be…glad to be an American→ I’ll be glad...; 6) The war couldn’t be much worse→ The war couldn’t be… worse; Bu gaplarda ega va kesim o’rtasidagi sintaktik aloqa va komponentlarning differentsial sintaktik belgilari bir xil.
Kesimi to be sifatdoshning o’tgan zamon shakli bilan ifodalangan gaplar tahlili Kesimning aynan sarlavhada o’z aksini topgan shakli fe’lning nisbat kategoriyasi bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham har ikkala tilda nisbat kategoriyasini o’rganish qay holatda ekanligiga qisqacha to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Ma’lumki, tilshunoslikka oid adabiyotlarda hozirgacha nisbat kategoriyasining yagona ta’rifi yo’q. Chunki mantiqiy va lisoniy kategoriyalarni bir xil deb qarash natijasida grammatik ega va leksik subyekt bir xil deb tushuniladi hamda ish-harakat yoki jarayonning yo’naltirilganligi turlicha izohlaniladi. Xususan, V.Z.Panfilovning yozishicha, morfologik va leksik qatlam birliklari o’rtasidagi farqqa yetarlicha ahamiyat berilmagan. Shu bois mantiqning asosiy qonunlariga tayangan holda nisbat kategoriyasi mazmunini tushunishda ayrim qiyinchiliklar tug’iladi, ya’ni grammatik subyekt va grammatik obyekt o’rtasida farq bo’lishiga qaramay ular aynan bir xil deb qaraladi. U nisbat kategoriyasini ta’riflashda mantiqiy va grammatik xususiyatlarni chalkashtirishdagi umumiy kamchiliklarni ko’rsatib, nisbat kategoriyasi fe’ldan anglashilgan ish-harakatning subyekti va obyekti munosabatini tavsiflashini uqtiradi. [2] Ingliz tilida bu yana-da murakkabroq muammodir. G.Suit nisbat kategoriyasi haqida shunday deydi: “Nisbat deganda biz o’timli fe’l hamda gapning egasi va to’ldiruvchisi orasidagi aloqaning turli grammatik yo’llar bilan ifodalanishini tushunamiz (By voice we mean different grammatical ways of expressing the relation between a transitive verb, it’s subject and object).” L.S. Barxudarov va D.A.Shteling fe’lning nisbat kategoriyasi ish-harakatning bajaruvchisiga nisbatan turlicha yo’nalishini ifoda etishini ta’kidlaydi.[3] V.N.Jigadlo, I.P.Ivanova va L.L.Iofiklar esa “Fe’lning nisbat kategoriyasi ish-harakatning subyekti va obyektiga bo’lgan munosabatining fe’l shaklida ifodalanishini aks ettiradi” deb ta’riflaydi. [4] Bu kabi ta’riflar ingliz tilshunosligida juda ko’plab uchraydi. O’zbek tilida, asosan, nisbat subyekt va obyekt o’rtasidagi munosabatni ifodalovchi kategoriya ekanligi haqidagi ta’riflar keng tarqalgan. Biroq ba’zi adabiyotlarda nisbat kategoriyasi “daraja kategoriyasi” deb nomlanadi. Umuman olganda, nisbat kategoriyasining alohida tadqiqi bizning nazarimizda foydadan holi bo’lmaydi. Buning yaqqol dalili nisbat kategoriyasi va uning gapda kesim vazifasida keluvchi so’zlar bilan munosabati misolida ham ko’zga tashlanadi. Nisbat turlariga to’xtaladigan bo’lsak, o’zbek tilida, asosan, beshta ekanligi e’tirof etilgan bo’lsa, ingliz tilida ularning miqdori masalasi haligacha hal etilmagan. Ma’lumki, ingliz tilida gapning kesimi to be o’tgan zamon sifatdosh shakli ko’rinishiga ega bo’lsa, u holda bu kesim turi fe’lning majhul nisbatini ifodalovchi shaklidir, deb qabul qilingan. Bu kategoriya ish-harakatning subyektga tashqaridan yo’naltirilganligini, shuningdek, grammatik eganing ish-harakatni bajarishda faoliyatsiz ekanligini anglatadi. Tipologik majhullikning asosiy ifodalanish usuli sifatida morfologik majhul nisbat olinib, u tipologik majhullik kategoriyasining konstituenti hisoblanadi: John wrote a letter → The letter was written by John. O’zbek tilida ham majhullik morfologik qatlamda grammatik nisbat shakli vositasida ifodalanadi. Uning asosiy ko’rsatkichlari sifatida affiksal morfemalar ishlatiladi. O’zbek tilida majhul nisbat -l, -il, -n, -in affikslari ishtirokida ifoda etiladi. Bundan tashqari, ingliz tilida to be o’tgan zamon sifatdoshi shaklidagi quyidagi misollarga e’tibor qaratish lozim: The bat was not frightened(EHF, 73); The train was crowded(EHF,73); The carpet was worn(EHF,113); The chair was sat down (SMP,90); The dress was cream coloured (CST,43). Ushbu misollarda kesim vazifasida kelgan unsurlar shaklan majhul nisbatga o’xshasa-da, lekin bu o’rinda mustaqil fe’lning sifatdosh shakli sifatlashgan fe’l deb qaraladi. Bundan, to be o’tgan zamon sifatdosh shakli ikki xil xususiyatga ega ekanligi, ya’ni majhul nisbatni ko’rsatganda harakatni ifodalab, sodda fe’l-kesim bo’lib kelishini, boshqa o’rinda esa holatni ifodalab, qo’shma ot-kesim vazifasida kela olishini ko’rish mumkin. Kesimi to be boshqa so’z turkumlari bilan ifodalangan gaplar tahlili Ingliz tili nazariy va amaliy grammatikalarida kesim yuqorida qayd etilganlardan tashqari, son, olmosh, ravishlar bilan ham ifodalanishi aytib o’tiladi va ular ham ot-kesim guruhiga qo’shib yuboriladi. O’zbek tilshunosligida ham xuddi shunday tasnifni uchratish mumkin, ya’ni bir xil xarakterdagi hodisalar boshqa bir xil hodisalarning nomi bilan atalib kelinar, bu ham nazariy, ham amaliy jihatdan qiyinchilik tug’dirar edi. So’zlarning morfologik tuzilishi masalasining yuqoridagidek hal etilishi, endilikda bir tomondan, so’z haqidagi mavjud qiyinchiliklarni bartaraf qiladi, ikkinchi tomondan esa gap bo’laklarini, jumladan, kesimlarni tasniflash, turlarga ajratish, uning materialini tayinlash va shu kabilarga imkon beradi
Gapda asosiy funksiyasidan biri bu – kesim vazifasida kelishidir. Kesim vazifasidagi sifatlar egani tо‘ldirib be, seem, look, feel, turn, get, become, grow va shunga о‘xshash kо‘p bog‘lovchi fe’llaridan keyin keladi. Mana shu sifat va bog‘lovchi fe’l birgalikda gapning kesimini tashkil qiladi va ulavr kesim vazifasidagi sifat deyiladi. Shuni alohida aytib о‘tish kerakki, sifatning о‘zi gapda kesim vazifasida bog‘lovchi fe’llarsiz kela olmaydi. Yoki aksincha bog‘lovchi fe’llari ham yakka о‘zi mustaqil kesim bо‘la olmaydi. Ular kesimning bir (kesim) qismi bо‘lib ishlatiladi. Bog‘lovchi fe’llarning mustaqil ma’nosi yо‘q. Gapda ham mustaqil funksiyasi bо‘lmaydi. Asosiy leksik ma’nosini esa ot, sifat yoki fe’l bilan ifodalangan ikkinchi (tarkibiy) qismi о‘z ichiga oladi (ot yoki fe’l kesimda) bog‘lovchi fe’lining muhim sintaktik funksiyasi bu – fe’lning shaxsi ma’lum shaklida ishlatilishdir. U о‘zida shaxs, son, mayl va zamonning predikativ kategoriyalarini ifodalydi.
Biz yuqorida I – bobda aytib о‘tganimizdek ya’ni 1 – bobning kesim va ularning turlari qismida predikativ nafaqat sifat bilan, balki ular ot, olmosh, predlogli ot yoki olmosh, son, infinitiv, gerundiy, ravish, sintaktik sо‘z birikmalari bilan ifodalanishi mumkin.
Bog‘lovchi fe’llar odatda yarim-yordamchi fe’llar deb aytiladi. (semi-auxiliary)
Yarim yordamchi fe’llar quyidagicha ishlatiladi.
A) Murakkab ot kesim tarkibida bog‘lovchi fe’l bо‘lib (to be, to become, to get, to remain, to appear va boshqalar)
The gross was young velvet (J.L)…it was a very fine day … (Brotite) The path grew steep … (GB) … he did not seem in the least tred (snow) Outside it was getting dark (E.H).
B) Murakkab fe’l-kesim tarkibida esa ta’xmin, ishonch, qobiliyat, majburiyat va boshqalarni ifodalaydi. (modal fe’llari: to be fe’li ham va to have fe’llari modal fe’lining ekvivalentini о‘rniga ishlatishi mumkin. Masalan: to intend, to want va boshqalar) yoki davom etish, takrorlash va harakatning tugashini ifodalaydi. (to begin, to continue, to stop va boshqlar)
“I can carry it quite easily thanks” (Bennett)
“You ought to take care of yourself” (J.G)
Oh mama, what can I do, what should I do to make us happier? (Ch.D) They were to go on Sunday morning by the seven o`clock train (Lavrence)
But she must have seen him (Cutack)
I wanted to tell her of the incident (Cronin)
Pegotty continued to stand motionless in the middle of the room (Ch.D)
We are just beginning to understand eack other a little (Harraden)
Odatda kesim vazifasidagi sifatlarning aksariyat qismi boshqa bog‘lovchi fe’llardan kо‘ra kо‘proq “to be” bilan ifodalanadi. Boshqa bog‘lovchi fe’llar ham “to be” bog‘lovchi о‘rnida kela oladi va sо‘zning semanikasi (ma’no-mazmuni) о‘zgarmaydi. Masalan:
The sea become low (D.D)
Yuqoridagi fe’llarni isbotlash uchun transformatsiya yordamida ya’ni became bog‘lovchi fe’li to be bilan almashtirish orqali isbotlanadi. Masalan:
The sea was low
Biz ayrim gaplarda “to be” bog‘lovchi fe’lining tushib qolgan holatini ham uchratishimiz mumkin. Masalan: consider, believen, find kabi fe’llaridan keyin tо‘ldiruvchining bir qismi bо‘lib ishlatiladi.
We found the place absolutely delight ful (= We found that the place was absolutely delight ful)
Sifatlar fe’lning shaxsi ma’lum murakkab gaplarida eganing bir qismi bо‘lishi mumkin.
Whether the minister will resiga is still uncertain yoki fe’lning shaxsi noma’lum murakkab gaplarda ishlatilishi mumkin.
Driving a bus isn’t so easy as you may think. Shunga о‘xshab sifatlar murakkab gaplarda tо‘ldiruvchining bir qismi bо‘la olishi ham mumkin.

Yuqorida ishlatilgan awful, deleghtful, uncertain, easy va foolish kabi fe’llar ham aniqlovchi, ham kesim vazifasida ishlatilgan
Ayrim sifatlar guruxi odatda kesim holatiga cheklangan. Bunday guruxlardan biri haqidagi sifatlar (health adjectives) ya’ni bu sifatlar doimiy holatdan kо‘ra vaqtinchalik holatni nazarda tutgan holda aniqlovchi vazifasida emas, balki kesim vazifasida ishlatiladi. Bundan kelib chiqqan holda sifatlar “sog‘liq”ga tegishli bо‘ladi. I’ll va well sifatlari zamonaviy ingliz tilida aniqlovchi vazifasida emas, balki faqt kesim vazifasida ishlatiladi.
I’m feeling very well. Aunt Augusta (wilde) … my poor friend Bumbary is very ill again (W)
Eskilik sachqitlarini aniqlovchi ill sifatini ayrim iborali birikmalarda uchratishimiz mumkin: ill luck ill news, ill wind:
Ill news travels fast. It is an ill wind that blows no good
Well
All is well that ends well
She fwlt faint
You look well
Ye’s seriously ill (sick “kо‘proq Amer.i”) sick sifati har ikkala “BritI” va “AmerI” da ham aniqlovchi vazifasida keladi.
He’s a very sick man
Yuqorida aytib о‘tganimizdek “sog‘liqni sifatlari” ya’ni doimiy holatdan kо‘ra, vaqtinchalik holat kо‘proq nazarda tutiladi:
How is your mother today?

Qiyoslanuvchi healthy yoki sick aniqlovchi sifatlari har ikkalasi ham kо‘proq doimiy holatda ifodalanadi.

Faint sifati aniqlovchi vazifasida kela oladi. Ammo, quyidagi misolda bunday ma’noda kelmagan.
There’s a very faint hope of finding him alive
a – bilan boshlanadigan bir gurux sifatlari bо‘lib, ular har doim faqat kesim bо‘la oladi. Gapda ularning aniqlovchilari vazifadosh bо‘lib keladi.
that child is afraid - It’s a frightened child
These two men are a like - -
These problems are like - they are similar problem
Thanks goodness! He is alive - -
This tree is alive - it’s a living tree
The old lady lives alone - she’s a lonely old lady
I am ashamed - -
The dog is a shep - let sleeping dogs lie
Now it’s awake - -
Shu narsani aytib kerakki, alone sifati vaqtinchalik holatni bildiradi, lonely esa doimiy hususiyatni kо‘proq ifodalaydi. Quyidagilar shu turdagi sifatlar hisoblanadi: ablare, adrift, afire, afloat, aghast, alight.
Yana bir a – bilan boshlanadigan predikativni sifati bо‘lgan aware sо‘zining gapda tо‘ldiruvchisi bо‘lavdi.

Quyidagi boshqa gurux predikativ sifatlari doimo ibora yoki gap bо‘lib ifodalanadi.


We are very fond of her (= We like her very much)
He is ready to do it ( He is prepared to do it)
I am afraid that you’re mistaken (=I fear that you are mistaken)
Biz kо‘proq shunga e’tibor qaratishimiz kerakki,
Most of the committiee mumbres were present at the meeting
Shunga о‘xshash kо‘p sifatlar otdan oldin kela oladi ammo ular turli xil ma’noda ishlatiladi.
A ready answer (=an answer which has given readily)
She present situation (=the situation at the present time)



Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling