Инженерлик геологияси
Шамол қандай геологик ишларни бажаради?
Download 37.18 Kb.
|
oraliq javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- ТОҒ ЖИНСЛАРНИНГ ШАРТЛИ БЕЛГИЛАШНИ АҲАМИЯТИ
- ЛИТОЛОГИК ҚИРҚИМ НИМА УЧУН ТУЗИЛАДИ Litologiya
Шамол қандай геологик ишларни бажаради?
Shamol qum donachalarini tuxtovsiz qattiq kuch bilan tog’ jinslariga urishi natijasida ularda 1,5-2m keladigan chuqurchalar hosil bo’ladi. Shamol yumshoq jinslar orasidagi toshlarni ochib, tozalab ketadi. Karroziya qattiq cho’kindi jinslarni uyib, kichik-kichik chuqurlar hosil qiladi; ba'zan bunday jinslar juda jimjimador bo’lib qoladi. Cho’llarda shamolning ta'siri natijasida qumtepaliklar ya'ni barxanlar hosil bo’ladi. Barxnlarning balandligi 2m dan 30m gacha, ba'zan 50-100m gacha yetishi mumkin. Barxanlar siljib turadi, masalan 1 yilda o’rta xisobda 2-10m gacha, ba'zi xollarda 100- 150 m gacha siljiydi. Dengiz, ko’l va daryo soxillariga to’lqin chiqarib tashlagan qumlarni shamol uchirib, quriqlik ichkarisiga olib ketishi va soxil buylab yotqizishi mumkin. Dengiz yoki daryo buyidagi qumtepaliklar dyunalar deyiladi. Dyunalarning balandligi 20-25m gacha , ba'zan katta dengiz soxilida 20m gacha yetishi mumkin. Ular ham siljib, bir yil ichida 100m dan 200m gacha yo’l bosishi mumkin. Shamol keltirgan yotqiziqlar eol yotqiziqlar deyiladi. Eol yotkiziklari o’z xususiyati va shakli bilan boshqa yotqiziqlardan farq qiladi. Eol yotqiziqlariga qumdan tashqari, tabiatda keng tarqalgan lyoss (soz tuproq) xam kiradi. ТОҒ ЖИНСЛАРНИНГ ШАРТЛИ БЕЛГИЛАШНИ АҲАМИЯТИ Geologik kesim – tog‘ jinslarining yotish sharoitlarini, har xil yosh va tarkibidagi tog‘ jinslarining o‘zaro munosabatlarini, geologik jinslar shakli va qalinliklari o‘zgarishini, burmalanishlar va uzilmalar xosligini, geologik cho‘kindilar va ularning o‘zaro almashinish munosabatlarining asosiy ko‘rinishini chizmada tasvirlash. Geologik kesim geologik xaritalarni to‘ldiradi va chuqirlikdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot beradi . ЛИТОЛОГИК ҚИРҚИМ НИМА УЧУН ТУЗИЛАДИ? Litologiya (lito... va logiya) — choʻkindi togʻ jinslari haqidagi fan. Choʻkindi togʻ jinslarining tarkibiy qismi, struktura va teksturasi, fizikkimyoviy xususiyatlari, hosil boʻlish sharoitlari va oʻzgarishi jarayonlarini oʻrganadi. Choʻkindi jinslar va ular bilan bogʻliq boʻlgan yoki birga uchraydigan foydali qazilmalarning paydo boʻlishidagi shart-sharoitlarni, ularning kon boʻlib shakllanishi va joylashish qonuniyatlarini aniklab, mamlakatning foydali qazilmalarga boʻlgan ehtiyojini toʻla taʼminlash L.ning eng asosiy vazifasidir. L. petrografiya, geokimyo, tektonika, mineralogiya, stratigrafiya, gidrogeologiya, fizika, mat., kimyo, biol., okeanologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Download 37.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling