Инженерлик геологияси


ГЕОЛОГИК ПРОФИЛЬ НИМА ВА УНИНГ ТУЗИШДАН МАҚСАД?


Download 37.18 Kb.
bet11/12
Sana30.01.2023
Hajmi37.18 Kb.
#1141713
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
oraliq javob

ГЕОЛОГИК ПРОФИЛЬ НИМА ВА УНИНГ ТУЗИШДАН МАҚСАД?


Geologik profil — joyning geologik tuzilishining vertikal tekislikdagi grafik tasviry. Bunday kesim togʻ jinslarining yoʻnalishiga koʻndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak ostida tuziladi. G. k. geologik haritalarni toʻldiradi va uni aniqlashtiradi. Yer yuzasida olib borilgan geologik kuzatishlar, burgʻilashdan olingan maʼlumotlar va turli geofizik usullarning natijalaridan G. k. tuzishda foydalaniladi. G. k.da togʻ jinslarining oʻzaro munosabati, yoshi, qatlamlarning qalinligi, fatsiyalarning bir-biriga oʻtishi tasvirlanadi. G. k.ga joyning relyefi va geologik tuzilishini koʻrsatuvchi geologik harita, topografik profil va marksheyderlik planlari asos qilib olinadi. Muxandislik G. k. antropogen jinslarning qalin gʻilofi bilan qoplangan r-nlar uchun juda muhim. G. k. turli masshtabda: 1:1000000 (regional kesim)dan 1:1000— 1:50 (mufassal kesim)gacha boʻladi. G. k.ning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil boʻladi. Muhandislik geol. sila, temir yoʻl va suv omborlari kurishda ishlatiladigan G. k.ning vertikal masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 10 va hatto 100 baravar katta boʻlishi mumkin.


  • СТРУКТУРА КАРТАСИНИНГ МАҚСАДИ ҚАНДАЙ?


Struktura (lot. structure — tuzilish, bogʻlanish) — 1) muayyan narsalarning tuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlarning oʻzaro bogʻliqligi; 2) obʼyektning yaxlitligi va aynan oʻzligini anglatadigan, yaʼni tashqi va ichki oʻzgarishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalari majmui. S. sistemani tashkil etadi. S. narsa va hodisani bir xil yoki har xil jinsliligi, uning muayyan nisbiy mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga boʻlinishini; bu qismlar, elementlar, komponentlarning oʻzaro taʼsir va aks taʼsirlarini, ular oʻrtasidagi aloqadorlik va bogʻlanishlarni, bu bogʻlanishlarga oid qonuniyatlarni; narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topganligidan katʼi nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. S.ni bilish — elementlarni aniklash, ularning oʻzaro aloqadorliklarini aniklash, bu elementlar bir butunligining oʻziga xos tabiatini tushunib olishdir.
Keyingi vaqtlarda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot obʼyektini chuqurroq oʻrganish maqsadida sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning qoʻllanishi ularning samarali va istiqbolli ekanligini koʻrsatmoqda. Olamni falsafiy va tabiiyilmiy bilish real mavjud sistemalarning S. xususiyatlarini bilishga ancha toʻgʻri keladi.

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling