“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Innovatsion texnologiyalarning rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlari va ulardan korxonalarda foydalanish zaruriyati, asosiy jihatlari


Download 2.56 Mb.
bet40/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

9.2. Innovatsion texnologiyalarning rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlari va ulardan korxonalarda foydalanish zaruriyati, asosiy jihatlari
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni rivoj­lan­ti­rish­da innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish davlat siyo­sa­tining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Mu­ro­jaatnomasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘­yi­cha davlatning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab beril­gan. Jumladan:

– respublikamizda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishda iqtisodiy shart-sharoit yaratadigan “... raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish- kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazi­fa­lar­dan biri bo‘ladi48;”


– “davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqam­li texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish49” ga erishiladi;
–“Joriy yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yi­cha tub burilish qilishimiz kerak. Birinchi navbatda, qurilish... ta’­lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish lozim50” nati­ja­da iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarda innovatsion tex­no­lo­giya­larni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi;
–“... Elektron hukumat tizimini, amalga oshirilayotgan das­tur­lar va loyihalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, barcha tash­ki­liy va institutsional masalalarni kompleks hal etish za­rur51”ligi, bu borada innovatsion texnologiyalardan samarali foy­da­lanish amalga oshiriladi.
–“...ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi shart52”ligi belgilangan.
–“Mamlakatimiz iqtisodiyotini tezkor rivojlantirish uchun “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqishni53” amalga oshirish belgilangan.
–“Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy ta’minotini tubdan yaxshilash...” bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish belgilangan va boshqa shu kabi yo‘nalishlardan iborat.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi kompaniyalarning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalarni yaratishning dastlabki bosqichda texnik va boshqaruv yechimlarining dizayni maxsus das­tu­riy ta’minot yordamida amalga oshiriladi, keyin prototiplar ish­lab chiqariladi va shu bilan xarajatlar tarkibini optimal­lash­ti­ra­di. Shu maqsadda bugungi kunda dunyo bo‘ylab korxonalar bazasida yuqori malakali mutaxassislar va ishlab chiquvchilar rahbarligida maxsus texnoparklar tashkil etilmoqda. Bu borada respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev shunday degan edi: – “Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan IT – park barpo etilmoqda. U hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Bunday IT-parklar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi”54. Texnopark tashkil etilishi yangi ish o‘rinlari yaratish, yangi texnologiyalarni rivoj­lan­­tirish, korxonalar uchun - innovatsion rivojlanishga o‘tish va raqobatdoshlikni oshirishga yordam beradi. Ammo bu ba’zi hol­lar­da korxona faoliyatida innovatsion texnologiyalarning samarasiz qo‘lla­nilishi natijasida ularning mazmuni va foydalanishdagi qiyin­chiliklar ularni idrok etish, amaliy qo‘llashda muammolar yuzaga keladi. Shu munosabat bilan innovatsion texnologiyalar, jum­ladan elektron aloqaning yangi shakllari (Internet, ovozli poch­ta, video xabarlar , IP-telefoniya va boshqalar), korporativ bilimlarni boshqaruv tizimini yangidan qayta qurish zarurligini va sifatinioshirish korxonalar oldida turgan innovatsion vazi­fa­lar hisoblanadi.
Ayrim tadqiqot55 natijalarishuni ko‘rsatmoqdaki, innovatsion texnologiyalarning ilg‘or usullari qo‘llanilganda korxona biz­nes jarayonlarini tubdan o‘zgartiradigan, korxona maqsadlari va iste’molchilar talablarini uyg‘unlashtiradigan biznes-jarayon­lar­ni qayta ko‘rib chiqib, bozorga moslashish imkonini beradi.
Boshqaruv jarayoniga yo‘naltirish nuqtai nazaridan innovatsion texnologiyalarni o‘rganish korxonalarda alohida jarayon sifa­tida innovatsiyalarni izlash, ishlab chiqish va tarqatish zaru­ra­tini tug‘diradi. Shu munosabat bilan innovatsiyalarni bosh­qa­rish, javobgarlikni taqsimlash (jarayon egasi) maqsadlarini aniq belgilash maqsadgamuvofiqdir. Innovatsion loyihalar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha O‘zbekiston korxonalarida innovatsiya­lar­ni boshqarish jarayoni samarasiz bo‘lib, natijada raqobatbar­doshlikning pasayishi kuzatilmoqda. Shu sababli, korxo­nalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun doi­miy va uzluksiz jarayon talab qilinadi, u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
    • yangi g‘oyalar, texnologiyalar bo‘yicha yechimlar izlash;


    • kichik hududda korxona faoliyatida texnologiyalarni sinov­dan o‘tkazish;


    • butun korxona bo‘yicha innovatsion texnologiyani qo‘llash va natij­adorlikka erishish;


    • innovatsion texnologiyalardan foydalanishda daromad­lilik­ni baholash (diskont usuli asosida) va boshqa shu kabilardan ibo­rat­dir.


Ta’kidlash joizki, innovatsion texnologiyalardan foyda­la­nish kompaniya va uning tashkilotlarini yangi sifat darajasiga o‘ti­shiga imkon beradigan resurs imkoniyatlari va cheklovlarni hisob­ga olgan holda biznes-jarayonlarni boshqarishning samarali mexanizmini ishlab chiqishga asoslangan korxonaning strategik reja­lashtirish va byudjetlashtirish tizimi bilan sinxron­lash­tiri­lishi imkoniyatini yaratadi.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling