Institut français d’Études sur l’asie centrale


Download 18.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/238
Sana14.02.2017
Hajmi18.64 Mb.
#414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238

absents aujourd’hui? bugun kelmaganlar bormi? 

absentéisme

 nm 1. absenteizm (saylov, majlislardan bosh tortish, bo‘yin 

tovlash, qochish); 2. ishga, o‘qishga sababsiz kelmaslik. 

absentéiste

 nm 1. absenteist, bo‘yin  tovlovchi (saylov, majlis);  2.  ishga, 

o‘qishga muntazam kelmaydigan odam. 

absenter

 

(s’)



 vpr biror yoqqa chiqmoq, vaqtincha yo‘q bo‘lmoq. 

abside


  nf  archit  apsida  (cherkovning  ruhoniylar  va  xor  joylashgan 

tarafidagi yarim doira shaklida qurilgan chekka qismi). 

absinthe

  nf  1.  bot  shuvoq;  2.  erman  arog‘i  (erman  yoki  shuvoq 

nastoykasidan qilingan aroq). 

absolu,  ue

  I.  adj  1.  to‘liq,  to‘la,  butunlay,  chegarasiz,  mutlaq;  vérité 

absolue mutlaq haqiqat; majorité absolue mutlaq ko‘pchilik, aksariyat; math 

valeur absolue absolut qiymat (plus yoki minus ishorasiz olingan qiymat); 2. 

absolut,  mutlaq,  cheklanmagan  (hokimiyat);  monarchie  absolue  absolut 

monarxiya,  chegaralanmagan  monarxiya,  mutlaq  hokimiyat;  II.  nm  phil  1. 

butun mavjudotning azaliy va abadiy  o‘zgarmas birlamchi asosi, ruh, ideya, 

xudo; 2. har qanday mutlaq narsa, hodisa. 

absolument

 adv mutlaqo, shak-shubhasiz, albatta. 

absolution

  nf  1.  dr  gunohini,  aybini  kechirish;  2.  relig  gunohidan  o‘ tish, 

kechirish. 

absolutisme

 nm absolutizm, hokim i mutlaqlik, cheklanmagan monarxiya. 

absolutiste

 I. adj absolutizmga oid; II. n absolutizm tarafdori. 

absorbable

 adj shimiladigan; yutiladigan (suyuqlik, gaz kabilar). 

absorbant, ante

 adj 1. shimadigan,  o‘ziga singdiradigan;  2. fig  butunlay 

qamrab oladigan; 3. chim absorbent, yutuvchi; yutadigan, shimadigan. 

absorber


  I.  vt  1.  shimib  olmoq,  o‘ziga  singdirmoq;  yutm oq;  2.  ichmoq, 

yemoq;  3.  fig  yutib  yubormoq;  absorber  une  fortune  boylikni  yutib 

yubormoq;  4.  butunlay  band  qilmoq,  qamrab  olmoq;  II.  s’absorber  vpr  1. 

shimilmoq,  singmoq,  yutilmoq;  2.  fig  botmoq,  cho‘kmoq,  cho‘mmoq,  berilib 

ketmoq;  s’absorber  dans  son  travail  ishiga  berilib  ketm oq;  s’absorber 

dans la méditation o‘z fikriga butunlay g‘arq bo‘lmoq, o‘yga cho‘mmoq. 

absorption

 nf 1. shimib olish,  o‘ziga singdirish; yutilish;  2. ichish, yoyish, 

yutish;  3.  fig  biror  korxona,  kompaniya  kabilar  bittasining  manfaati  uchun 

qo‘shilishi, qo‘shib olinishi. 

absoudre

  vt  1.  dr  oqlamoq,  aybsiz  deb  topmoq;  2.  relig  gunohidan 

o‘tmoq; 3. kechirmoq. 

abstenir


 

(s’)


  vpr  1.  o‘zini  tutmoq,  o‘zini  tiymoq;  2.  betaraf  qolmoq 

(saylovda); 3. o‘zini mahrum qilmoq; s’abstenir de vin vinodan o‘zini tiymoq. 

abstention

 nf betaraf qolish, ovoz berishda qatnashmaslik. 

abstentionnisme

  nm  abstensionizm  (davlat  organlariga  saylovlarda 

qatnashishdan saylovchilarning ommaviy bosh tortishi). 

abstentionniste

  nm  abstensionist  (saylovda  betaraf  qoluvchi,  saylovda 

qatnashmaydigan). 

abstinence

  nf  o‘zini  tiyish  (xususan  diniy  maqsadlarda  biror  narsa 

tanovul qilishdan saqlanish). 

abstraction

  nf  1.  abstraksiya,  abstraktlash;  faire  abstraction  des 

difficultés  qiyinchiliklarni  e’ tiborsiz  qoldirmoq;  2.  abstraksiya,  mavhum 

tushuncha,  abstraktlash  yo‘li  bilan  hosil  qilingan  nazariy  xulosa, 

umumlashma;  yolg‘on,  uydirma;  to‘qima;  ce  n’est  plus  une  abstraction, 

mais c’est la réalité bu endi uydirma emas, balki haqiqatdir. 

abstractionnisme

  nm  abstraksionizm  (tasviriy  san’atda:  real  narsalarni  

mavhum shakllar bilan tasvirlash tarafdori bo‘lgan formalistik oqim). 

abstraire

 I. vt abstraktlashtirmoq, mavhumlashtirmoq, abstraksiya qilmoq; 

fikran  ajratmoq;  II.  s’abstraire  vpr  yaxshi  fikrlash  uchun  tashqi  dunyodan 

o‘zini ajratm oq. 

absurde

  I.  adj  bema’ni,  ma’nosiz,  mavhum,  uydirma,  absurd, 



g‘ayrimantiqiy; noma’qul; II. nm bema’nilik, mavhumlik, mantiqsizlik. 

absurdement

 adv bema’nilarcha, mavhum lik, mantiqsizlik bilan. 


ABSURDITÉ

 

ACCESSOIREMENT



 

 

 



12 

absurdité

  nf  bema’nilik,  mavhumlik,  mantiqsizlik,  absurd;  ahmoqlik, 

tentaklik, jinnilik. 

abus

 nm 1. suiiste’mol, suiiste’mol qilish, me’yorni buzish, haddan oshirib 



yuborish;  abus  de  pouvoir  o‘z  mansabini  suiiste’mol  qilmoq;  2.  qonunni 

buzish;  adashish;  3.  xiyonat,  jinoyat,  yomonlik,  adolatsizlik;  abus  de 

confiance ishonchga xiyonat. 

abuser


  I.  vt  1.  (de)  suiiste’mol  qilmoq,  me’yoridan,  haddan  oshirib 

yubormoq;  xiyonat  qilmoq;  abuser  d’une  femme  ayolni  yo‘ldan  ozdirmoq, 

ayolga zo‘rlik qilmoq; 2. aldamoq, adashtirmoq, laqqa tushirmoq; II. s’abuser 

vpr adashmoq, xato qilmoq; c’était hier, si je ne m’abuse adashmasam, bu 

kecha bo‘lgan edi. 

abusif,  ive

  adj  1.  qonunga  xilof;  noto‘g‘ri;  2.  haddan  tashqari,  ortiq 

darajada, o‘ ta. 

abusivement

  adv  1.  qonunga  xilof  ravishda,  g‘ayriqonuniy;  noto‘g‘ri;  2. 

juda, juda ham, haddan tashqari tez. 

abysse


 nm géog qa’r, tubsizlik, chuqurlik, cho‘kma (dengizda). 

abyssin, ine

 I. adj habashlarga oid, habash; II. n habash, habashistonlik. 

acabit


  nm  péj  yomon  fazilat,  xislat,  xususiyat;  du  même  acabit  tuprog‘i 

bir joydan olingan, bir toifadagi, bir turdagi. 

acacia

 nm akas, akatsiya. 



académicien, ienne

 n akademik. 

académie

 nf 1. akademiya; l’Académie française Fransuz akademiyasi; 

Académie  des  Sciences  Fanlar  akademiyasi;  2.  olimlar,  musavvirlar, 

artistlar uyushmasi;  ilm iy uyushma; 3. akademiya (oliy o‘quv yurti); 4. o‘quv 

okrugi (Fransiyada); recteur de  l’académie de Paris Parij o‘quv  okrugining 

rektori;  5.  gavda  bichimi,  bo‘y-bast,  qaddi-qomat,  jussa;  yalang‘och  badan; 

yalang‘och badanni tasvirlovchi rasm. 

académique

  adj  akademiyaga  oid,  akademiyaga  qarashli;  o‘qish-

o‘qitishga oid. 

académiquement

  adv  akademiyaga  oid  an’ana,  qonun-qoidalarni 

saqlagan holda. 

académisme

 nm akademizm (1. quruq nazariyabozlik, quruq nazariyaga 

berilib  ketish;  2.  fan  va  san’atda;  belgili  an’analarga  rioya  qilish;  3.  tasviriy 

san’atda:  antik  dunyo  va  uyg‘onish  davrining  klassik  uslub  va  qoidalariga 

ko‘r-ko‘rona rioya qiluvchi oqim). 

acajou

 nm qizildaraxt. 



acanthe

 nf bot ayiqtovon; archit feuille d’acanthe akant bargi. 

acariâtre

 adj ming‘ir-ming‘ ir, mijg‘ov; janjalkash. 

accablant,  ante

  adj  1.  og‘ir,  qiyin,  mushkul,  mashaqqatli;  tashvishli, 

qayg‘uli; 2. charchatadigan, holdan toydiradigan, tinka-madorni quritadigan. 

accablé, ée

 adj ruhan ezilgan, ruhi tushgan, ezilgan. 

accablement

  nm  1.  ruhan  ezilish,  ma’yuslik;  2.  darmonsizlik,  holdan 

toyish. 


accabler

  vt  1.  egmoq,  bukmoq,  qayirmoq;  qaddini  bukmoq, 

bukchaytirmoq,  qaddini  bukib  qo‘ymoq;  être  accablé  sous  le  poids  d’un 

fardeau, des ans, des responsabilités og‘ir yuk, yillar jabr-jafosi, mas’uliyat 

ostida  qaddi  bukilib  qolmoq;  2.  ezmoq,  og‘ir  ish  yuklab  qiynamoq,  malollik 

keltirmoq,  urintirmoq;  accabler  de  travail  ishga  ko‘mib  tashlamoq;  être 

accablé  d’impôts  soliqlar  ostida  ezilmoq;  être  accablé  de  dettes 

qulog‘igacha  qarzga  botmoq; 3. ezmoq, ko‘nglini og‘ritm oq; être accablé de 

chagrin g‘amdan qaddi bukilmoq; 4.  toliqtirmoq, holdan  toydirmoq; accabler 

l’ennemi  dushmanni  holdan  toydirmoq;  5.  ko‘mib  tashlamoq,  g‘arq  qilmoq, 

yog‘dirmoq; accabler de questions, de reproches, de sollicitations savol, 

ta’na, iltimosga ko‘mib tashlamoq. 

accalmie

 nf jimjitlik, osoyishtalik, sukunat. 

accaparement

 nm egallab olish; olib qo‘yish; to‘plash, yig‘ish. 

accaparer

  vt  1.  bosib  olmoq,  egallab  olmoq;  accaparer  le  pouvoir 

hokimiyatni  egallamoq;  2.  sotib  olmoq,  sotib  olib  to‘plamoq  (ko‘p  miqdorda 

yoki  hammasini,  odatda  mahsulot  taqchilligini  keltirib  chiqarib  va  natijada 

qimmatroq  narxda  sotish  maqsadida);  3.  fig  accaparer  qqn  birovni  izmiga 

solmoq, qo‘lga, o‘z ta’siriga olmoq. 

accapareur, euse

 n 1. bosqinchi, bosib oluvchi; 2. olibsotar, chayqovchi. 

accéder

 vi 1. yetmoq, yetib bormoq; kira olmoq, o‘ta olmoq; accéder à la 



chambre par un escalier xonaga zina orqali kirmoq,  o‘ tmoq;  2. fig kelmoq; 

erishmoq, ega  bo‘lmoq; accéder au pouvoir hokimiyatga kelmoq; accéder 

à  l’indépendance  mustaqillikka  erishmoq;  3.  rozi  bo‘lmoq;  qo‘shilmoq; 

accéder aux prières de qqn birovning iltimosiga rozi bo‘lmoq, qo‘shilmoq. 

accélérateur,  trice

  I.  adj  tezlatadigan,  tezlatishga  xizmat  qiladigan;  II. 

nm  1.  techn  akselerator  (dvigatel  silindrlariga  keladigan  yonilg‘i  miqdorini 

rostlab  turuvchi  qurilma  va  uning  tepkisi);  2.  photo  tezlatkich  (reaksiya 

jarayonini tezlashtiruvchi modda). 

accélération

  nf  tezlatish,  tezlashtirish,  jadallashtirish;  tezlashuv, 

jadallashuv. 

accélérer

 I. vt tezlashtirmoq, jadalashtirmoq;  tezlikni oshirmoq; accélérer 

le pas qadamini tezlatmoq; II. vi av techn gaz berib tezlikni oshirmoq. 

accent


 nm 1. talaffuz; il a un bon accent uning  talaffuzi yaxshi; 2. lahja; 

3. urg‘u; gap ohangi; 4.  ohang; accent plaintif yurakni ezadigan, zorlangan, 

mungli ohang; accent de  sincérité samimiylik, ochiq ko‘ngillik ohangi; 5. fig 

loc  mettre  l’accent  sur  alohida  e’tibor  bermoq;  maxsus  qayd  etm oq;  6.  pl 

tovush, sado; aux accents de la Marseillaise М arseleza sadolari ostida. 

accentuation

  nf  1.  urg‘u,  urg‘u  qo‘yish  tartibi;  urg‘ular  sistemasi;  2. 

kuchaytirish, oshirish; ta’kidlash, alohida e’ tibor berish. 

accentué, ée

 adj 1. urg‘uli (bo‘g‘in); 2.  ta’kidlangan,  qayd  etilgan, yorqin 

ifodalangan. 

accentuer

  vt  1.  urg‘u  tushirmoq,  urg‘u  qo‘ymoq;  accentuer  la  voyelle 

finale  oxirgi  unliga  urg‘u  qo‘ymoq;  2.  urg‘u  qo‘yib  ta’kidlamoq;  3. 

kuchaytirmoq;  accentuer  la  lutte  kurashni  kuchaytirmoq;  accentuer  son 

effort  harakatini  kuchaytirmoq;  s’accentuer  1.  urg‘uli  talaffuz  qilinmoq;  2. 

kuchaymoq, keskinlashmoq; yorqin ifodalanmoq. 

acceptable

 adj ma’qul, maqbul. 

acceptation

 nf qabul qilish (taklifni); rozilik, rizolik. 

accepter


  vt  1.  qabul  qilmoq;  accepter  une  invitation  taklifni  qabul 

qilmoq; accepter la bataille jangga kirmoq; 2. rozi bo‘ lmoq, rozilik bildirmoq; 

accepter un contrat shartnomaga rozi  bo‘lmoq, ko‘nmoq; 3. ko‘nikmoq,  tan 

bermoq;  accepter  son  sort  taqdiriga  tan  bermoq;  4.  accepter  de  +inf  rozi 

bo‘lmoq;  5.  accepter  que,  chidamoq,  bardosh  bermoq,  toqat  qilmoq;  Je 

n’accepte  pas  qu’on  me  parle  sur  ce  ton  men  bilan  bunday  ohangda 

gaplashishlariga toqat qilolmayman. 

acception

 nf 1. ma’no; acception propre d’un mot so‘zning o‘z ma’nosi, 

asl ma’nosi; 2. sans acception de -ga bog‘liq bo‘lmagan; qaramasdan, yuz-

xotir  qilmasdan;  sans  acception  de  fortune  boylikka  qaramasdan;  sans 

acception de personne yuz-xotir qilmasdan. 

accès

  nm  1.  kirish,  yaqinlashish;  kiradigan  joy;  2.  pl  ostona,  bo‘sag‘a, 



kirish va chiqish joylari; les accès de  Paris Parij ostonalari; 3. imkon,  ijozat; 

ruxsat; avoir accès  auprès de qqn biror kimsa oldiga kirish ruxsatiga ega 

bo‘lmoq; 4. xuruj, xuruj qilish,  tutib  qolish,  tutish;  jazava,  talvasa; un  accès 

de  fièvre  isitma  xuruji;  un  accès  de  colère  g‘azab  talvasasi,  g‘azab  olovi; 

par accès vaqti-vaqtida, vaqti-vaqti bilan. 

accessibilité

  nf  kira  olish,  yaqinlasha  olish  huquqi,  erisha  olish; 

accessibilité à un emploi xizmatga erishish. 

accessible

  adj  1.  kirish  mumkin  bo‘lgan;  yetib,  erishib  bo‘ladigan;  2. 

barchaga  barobar,  oddiy,  odmi;  homme  accessible  à  tous  barchaga 

baravar  odam;  3.  tushunarli,  yengil;  hammabop,  hammaning  qo‘lidan 

keladigan;  science  accessible  à  chacun  hammaga  tushunarli  fan;  prix 

accessible  olsa  bo‘ladigan  narx,  arzon  baho;  4.  ta’sirchan,  beriluvchan; 

accessible à la flatterie maqtovga, xushomadga beriladigan, maqtovparast, 

xushomadparast. 

accession

  nf  1.  kelish;  accession  au  pouvoir  hokim iyatga  kelmoq; 

accession au trone  taxtga o‘ tirish; 2. fig erishmoq, yetishmoq; accession à 

l’indépendance mustaqillikka  erishmoq; accession à de hautes fonctions 

yuqori  lavozimga  yetishmoq;  3.  qo‘shilish;  a’zo  bo‘lish;  accession  à  une 

organisation biror tashkilotga a’zo bo‘lish. 

accessit

 nm maqtovnoma, maqtov qog‘ozi. 

accessoire

  I.  adj  1.  ikkinchi  darajali;  qo‘shimcha,  yordamchi;  II.  nm  1. 

asbob; buyum, jihoz; ashyo, narsa;  pl  qo‘shimcha jihozlar; 2.  pl  teatr sahna 

jihozlari  yoki  manzarasining  ayrim  qismi,  qismlari;  3.  pl  techn  mashina  yoki 

asbobning yordamchi uskunalari. 

accessoirement

 adv qo‘shimcha ravishda. 


ACCESSORISTE

 

ACCOUCHEMENT



 

 

 



13 

accessoriste

  nm  th  rekvizitor  (sahna  jihozlari  yoki  kinofilmni  suratga 

olishda foydalaniladigan narsalarni ixtiyoriga olgan kishi). 

accident

 nm 1. ko‘ngilsiz hodisa, halokat,  falokat, avariya; hodisa, voqea; 

accident  d’automobile  avtomobil  halokati;  les  accidents  de  la  route 

yo‘llardagi  ko‘ngilsiz  hodisalar;  accident  du  travail  ishlab  chiqarishdagi 

ko‘ngilsiz hodisa; 2.  tasodif; par accident loc adv  tasodifan; 3.  accident de 

terrain notekis, past-baland joy, joyning notekisligi. 

accidenté, ée

 I. adj 1. notekis; un terrain accidenté o‘nqir-cho‘nqir  joy; 

2.  jabrlangan;  falokatga  uchragan;  une  voiture  accidentée  falokatga, 

avariyaga  uchragan  mashina;  II.  n  jabrlangan,  jabr  ko‘rgan,  falokatga 

uchragan odam; secourir un accidenté jabrlangan kishiga yordam bermoq. 

accidentel,  elle

  adj  1.  tasodifiy,  kutilmagan;  une  erreur  accidentelle 

tasodifiy xato; 2. tasodif natijasi; baxtsiz voqea natijasi; la  mort accidentelle 

d’un coureur automobile baxtsiz voqea natijasida avtomobil poygachisining 

o‘limi. 


accidentellement

 adv tasodifan, kutilmaganda, to‘satdan. 

acclamation

 nf tabrik, xitob bilan tabriklash, gulduros olqishlar. 

acclamer

  vt  xitob  bilan,  gulduros  qarsaklar  bilan  tabriklamoq, 

olqishlamoq. 

acclimatation

  nf  akklimatizatsiya,  iqlimlashish  (yangi  iqlimga,  yangi  

sharoitga  ko‘nikish,  o‘rganish;  yangi  iqlimga,  yangi  sharoitga  ko‘niktirish, 

moslashtirish). 

acclimatement

 nm boshqa joyga ko‘nikish, o‘rganish. 

acclimater

  I.  vt yangi  iqlimga,  sharoitga  o‘rgatmoq;  II.  s’acclimater  vpr 

yangi joyga  o‘rganmoq, o‘zlashib ketmoq; cet usage  s’est acclimaté dans 

cette région bu odat bu joylarga singishib, o‘zlashib ketdi. 

accointance

  aloqa;  muloqot;  tanishlik;  il  a  des  accointance  avec  des 

gens peu recommandables uning shubhali kishilar bilan aloqasi,  tanishligi 

bor. 

accolade


  nf  1.  quchoqlash;  donner  l’accolade  quchoqlamoq;  2.  katta 

qavs (bir necha qatorni birlashtirishga xizmat qiladigan belgi). 

accolé, ée

 adj yonma-yon joylashgan, tutashgan; yopishtirilgan. 

accoler

  I.  vt  1.  yaqinlashtirmoq;  les  bateaux  étaient  accolés  bord  à 



bord  kemalar  bir-biriga  yaqinlashtirilgan  edi;  2.  qo‘shmoq,  bog‘lamoq; 

yonma-yon  qo‘ymoq;  accoler  la  vigne  uzumni  bog‘lamoq,  ilib  qo‘ymoq; 

accoler deux noms sur une liste ikki  fam iliyani yonma-yon yozib qo‘ymoq; 

II. s’accoler vpr birikmoq, qo‘shilmoq. 

accommodant,  ante

  adj  gapga  ko‘nadigan,  muomalaga  yuradigan, 

ko‘ngilchan,  qobil,  yumshoq  tabiatli;  homme  accommodant  ko‘ngilchan 

odam; d’un caractère accommodant ko‘ngilchanlik bilan. 

accommodation

  nf  moslashish,  ko‘nikish,  o‘rganish;  moslashtirish, 

ko‘niktirish, o‘rgatish; accommodation de l’œil ko‘zning moslashuvi. 

accommodement

  nf  bitim,  kelishuv;  yarashish;  accommodement  à 

l’amiable do‘stona kelishuv. 

accommoder

  I.  vt  1.  moslamoq,  moslashtirmoq,  muvofiqlashtirmoq; 

accommoder  qqch  aux  circonstances  biror  narsani  sharoitga 

moslashtirmoq; 2. tuzatmoq, yo‘lga qo‘ymoq; accommoder une affaire ishni 

yo‘lga  qo‘ymoq;  accommoder  un  procès  o‘zaro  kelishuvga  ko‘ra  ishni 

to‘xtatm oq  (sudda);  3.  tayyorlamoq  (ovqat);  accommoder  un  repas  ovqat 

tayyorlamoq;  4.  yarashtirmoq;  accommoder  deux  personnes  ikki  kishini 

yarashtirmoq; 5.  to‘g‘rilamoq, o‘qtalmoq, mo‘ljalga olmoq (ko‘z, optik asbob); 

accommoder  sur  l’infini,  à  l’infini  cheksizlikka  to‘g‘rilamoq,  cheksizlikni 

mo‘ljallamoq;  II.  s’accommoder  vpr  1.  (à  qqch)  moslashmoq,  kelishmoq; 

s’accommoder  à  la  vie  hayotga  moslashmoq;  2.  (de  qqch)  ko‘nmoq; 

mamnun bo‘lmoq. 

accompagnateur,  trice

  n  1.  mus  jo‘rlik  qiluvchi  sozanda;  2.  gid 

(sayyohlarga tushuntirishlar beruvchi va ularga hamroh bo‘ luvchi kishi). 

accompagnement

  nm  1.  hamrohlik;  2.  mus  akkompanement,  jo‘rlik;  3. 

mil yordam, ko‘mak berish; 4. garnir (go‘sht yoniga qo‘shiladigan sabzavot). 

accompagner

 I. vt 1.  hamrohlik qilmoq, kuzatib bormoq;  accompagner 

qqn  à  la  porte  biron  kishini  eshikkacha  kuzatib  bormoq;  2.  jo‘r  bo‘lmoq; 

accompagner un violoniste  au piano skripkachiga pianinoda  jo‘r bo‘lmoq; 

II.  s’accompagner  vpr  bir  vaqtda  sodir  bo‘lmoq,  baravar  yuz  bermoq; 

l’expansion  économique  s’accompagne  d’une  élévation  du  niveau  de 

vie  iqtisodiy  yuksalish  turmush  darajasining  ortishi  bilan  bir  paytda  sodir 

bo‘lmoqda. 

accompli,  ie

  adj  1.  ro‘y  bergan,  yuz  bergan,  sodir  bo‘lgan,  tugallangan; 

fait accompli yuz bergan voqea,  fakt; il a vingt ans accomplis u yigirmaga 

kirdi; 2. ajoyib, a’lo darajadagi; homme accompli komil kishi. 

accomplir

 I. vt 1. amalga oshirmoq; accomplir des réformes islohotlarni 

amalga  oshirmoq;  2.  bajarmoq,  uddasidan  chiqmoq;  accomplir  une 

promesse  va’dasini  bajarmoq;  3.  tugatmoq;  accomplir  un  travail  ishni 

tugatmoq; II. s’accomplir vpr amalga oshmoq, bajarilmoq, bo‘lib o‘ tmoq, ro‘y 

bermoq;  de  grandes  transformations  se  sont  accomplies  au  cours  de 

cette période bu davrda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. 

accomplissement

 nm ado etish, bajarish, bajarilish. 

accord


  nm  1.  bitim,  shartnoma,  kelishish;  accord  commercial  savdo 

shartnomasi;  arriver  à  un  accord  bir  bitimga  kelmoq;  signer  un  accord 

shartnoma  tuzmoq;  2.  ittifoqlik,  totuvlik,  hamjihatlik;  vivre  en  bon  accord 

hamjihatlikda  yashamoq;  3.  muvofiqlik,  loyiqlik,  munosiblik,  moslik;  être  en 

accord  avec  -ga  mos  bo‘lmoq;  4.  rozilik;  être  d’accord  rozi  bo‘lmoq;  être 

d’accord  avec  bir  fikrda  bo‘lmoq;  demander  l’accord  de  qqn  biron 

kishining  roziligini  so‘ramoq;  avec  son  accord  uning  roziligi  bilan;  5.  gram 

moslashuv;  6.  mus  akkord  (turli  balandlikdagi  bir  necha  tovushning 

hamohang birligi). 

accordage

 nm mus sozlash. 

accordailles

 nf pl unashish. 

accordement

 nm voir accordage. 

accordéon

 nm akkordeon,  garmon; en accordéon  garmonga  o‘xshatib, 

qat-qat qilib. 

accordéoniste

 nm akkordeonchi; garmonchi. 

accorder

  I.  vt  1.  yarashtirmoq,  murosaga  keltirmoq,  kelishtirmoq;  2. 

muvofiqlashtirmoq;  accorder  la  théorie  avec  la  pratique  nazariyani 

amaliyot  bilan  muvofiqlashtirmoq;  3.  mus  sozlamoq;  accorder  un 

instrument  asbobni  sozlamoq;  un  piano  bien  accordé  yaxshi  sozlangan 

pianino;  4. gram moslashtirmoq; accorder le verbe avec le sujet  fe’lni ega 

bilan moslashtirmoq; 5. rozi bo‘lmoq;  bir xil  fikrda bo‘lmoq; 6. bermoq;  biror 

ish  qilishga  imkon  yoki  ruxsat  bermoq;  accorder  un  congé,  un  droit  ta’ til, 

huquq  bermoq;  accordez-moi  cinq  minutes  menga  besh  minut  ajrating; 

accorder  un  crédit  qarz  bermoq;  accorder  son  pardon  kechirmoq; 

accorder  sa  confiance  ishonch  bildirmoq;  accorder  l’autorisation  ruxsat 

bermoq;  7. ma’no, ahamiyat, e’ tibor bermoq, deb  qaramoq; on  lui  accorde 

du talent uni  talantli  deb  qaramoqdalar;  II. s’accorder vpr 1. kelishmoq,  bir 

fikrga  kelmoq;  2.  o‘zaro  yaxshi  munosabatda  bo‘lmoq;  3.  mus  sozlanmoq, 

to‘g‘rilanmoq; 4. gram moslashmoq; l’adjectif s’accorde avec le substantif 

sifat  ot  bilan  moslashadi;  5.  to‘g‘ri  kelmoq,  mos  kelmoq;  son  témoignage 

s’accorde  avec  les  faits  uning  ko‘rsatmalari  faktlarga  mos  kelmoqda;  ces 

teintes s’accordent bien bu ranglar bir-biriga juda mos keladi. 

accordeur

 nm sozlovchi. 

accort,  orte

  adj  yoqimtoy,  xushmuomala,  nazokatli;  ochiq  ko‘ngil,  shirin 

so‘z; une accorte jeune fille yoqim toy, nazokatli qiz; une serveuse accorte 

xushmuomala, shirin so‘z ofitsiantka. 

accostage

 nm 1. yaqinlashish, xiralik qilish, kelib  to‘xtash; 2.  tutashtirish, 

tutashtirilish (kosmik kemalar). 

accoster


  I.  vt  1.  yaqinlashmoq,  yaqiniga,  yoniga  kelmoq,  bormoq;  2. 

xiralik qila boshlamoq, shilqimlik qila boshlamoq; accoster des jeunes filles 

qizlarga shilqimlik qila boshlamoq; 3. kelib  to‘xtamoq (kemalar, qayiqlar); II. 

vi tutashmoq; tutashtirilmoq (kosmik kemalar). 

accotement

 nm yo‘l cheti, yo‘l qirg‘og‘i. 

accoter

  I.  vt  suyab,  tirab  qo‘ymoq;  accoter  une  échelle  contre  le  mur 



narvonni  devorga  suyab  qo‘ymoq;  II.  s’accoter  vpr  suyanmoq,  tiranmoq; 

s’accoter à un arbre daraxtga suyanmoq. 

accotoire

 nm suyanchiq, tirgak. 

accouchée


Download 18.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling