Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
shahvoniy munosabatlar uchun mo‘ljallangan xufiya joy. aldéhyde
nm aldegid. aléa
nm 1. kutilmagan hodisa, tasodif, tasodifiy hol; 2. pl tavakkal; qaltislik. aléatoire adj tasodifiy, tasodifga bog‘liq; tavakkalchi; mustahkam emas; muammoli; qaltis; son succès est bien aléatoire uning muvvafaqiyati mustahkam emas. alentour
I. adv tevarak atrofda, tevarakda; II. nm pl atrof, tevarak; les alentours de la ville shahar atrofi, cheti. alerte I. adj tetik, chaqqon, harakatchan; un petit vieux alerte et gai tetik va xushchaqchaq qariya; II. nf trevoga signali; alerte aérienne havo trevogasi; donner l’alerte trevoga ko‘ tarmoq. alerter vt trevoga signalini bermoq; oyoqqa turg‘izmoq; chaqirmoq; alerter la police politsiya chaqirmoq; alerter les pompiers o‘ t o‘chiruvchilarni chaqirmoq; 2. fig safarbar qilmoq, jalb qilmoq; ogohlantirmoq; alerter l’opinion publique jamoat fikrini jalb qilmoq. alésage
nm techn 1. parmalab teshish; teshilgan joy; 2. avtomobil silindrining diametri. alèse nf voir alaise. aléser vt techn parmalab teshmoq, parmalab katta qilmoq, kengaytirmoq; ichdan yo‘nmoq, yo‘nib kengaytirmoq; aléser un tuyau quvurni ichidan yo‘nib kengaytirmoq. aléseur nm parmalovchi. aléseuse nf parmalash stanogi. alevin nm endigina tuxumdan chiqqan baliq, baliqcha. aleviner vt baliqchalarni qo‘ymoq, baliqchalarni tashlamoq (daryo, hovuzlarga). alexandrin nm o‘n ikki bo‘g‘inli she’r. alezan, ane I. adj sariq rang (asosan ot tusi); II. nm qizg‘ish malla tusli ot. alfa
nm alfa (Shimoliy Аfrika va Ispaniyada o‘sadigan sariq gulli, dukkakli cho‘l o‘simligi). algarade nf qarshi chiqish, hujum, xuruj; janjal; g‘avg‘o. algèbre nf 1. algebra; un problème d’algèbre algebraik masala; 2. fig fam qiyin, mushkul narsa; pour moi c’est de l’algèbre bu men uchun hech bir tushunib bo‘lmaydigan, tushunilishi mushkul narsa, yozuv, xat va hokazo. algébrique adj algebraik, algebraga oid; une formule algébrique algebraik formula. algébriquement adv algebraik usulda, algebraik usul bilan. algérien, enne I. adj Jazoyir va Jazoyir xalqiga oid; 2. n jazoyirlik. algorithme nm algoritm (biror masalani yechish qoidalari yoki amallari majmui). algue suv o‘tlari. alias 1 adv boshqacha qilib aytganda; uning o‘zi; Arouet, alias Voltaire Аrue, Volterning o‘zi (Аrue, boshqacha qilib aytganda Volter). alias
2 nm anglic inform psevdonim. alibi nm dr alibi (ayblanuvchining jinoyat sodir bo‘lgan paytda boshqa joyda bo‘ lganligi, uning aybdor emasligiga dalil). aliénation 1 nf 1. dr mulk yoki huquqni boshqalarga o‘tkazish, berish, musodara qilish; l’aliénation d’une propriété mulkni birovga berish; 2. mulk yoki huquqdan kechmoq, mulk yoki huquqning bahridan o‘ tmoq, bermoq, in’om qilmoq. aliénation 2 nf ruhiy kasallik, telbalik. aliéné, ée n ruhiy kasal, jinni, devona, telba; un asile d’aliéné jinnixona. aliéner vt 1. o‘tkazmoq, bermoq, kechmoq, bahridan o‘tmoq; fam sotmoq; aliéner un domaine mulkni sotmoq; 2. fig mahrum bo‘lmoq, yo‘qotm oq; aliéner son indépendance mustaqilligini yo‘qotmoq; 3. s’aliéner mahrum bo‘lmoq, yo‘qotmoq, ayrilmoq, ajralmoq, qo‘ldan chiqarmoq. aliéniste nm psixiatr. alignement nm 1. qator, saf, chiziq, tizma; être à l’alignement bir safda turmoq; 2. mil tekislanish to‘g‘rilanish; alignement à droite! o‘ngga tekislaning! 3. baravarlashtirish; muvofiq holga keltirish; tenglashtirish; alignement monétaire valuta, pulni baravarlashtirish. aligner I. vt 1. qatorga qo‘ymoq, saflamoq; aligner les chaises kursilarni bir qatorga termoq; 2. ketma-ket yozmoq yoki aytmoq; aligner les chiffres, aligner des phrases raqam larni, gaplarni birin-ketin yozmoq, aytmoq; 3. (sur) tenglashtirmoq, bir xil qilmoq; aligner son pas sur celui de son voisin qadam ini sheriginikiga tenglashtirmoq; II. s’aligner vpr 1. qator bo‘lib turmoq, cho‘zilib ketmoq; les arbres s’alignent à l’infini daraxtlar uzoq- uzoqlargacha cho‘zilib ketgan; 2. safga turmoq, saflanmoq; tekislanmoq; alignez-vous! saflaning!, safga turing!, tekislaning! 3. fig moslashmoq. aliment
nm oziq-ovqat mahsulotlari; les aliments yegulik, yemish, taomlar, ovqatlar; fig aliment pour l’esprit fikr yuritish, mulohaza uchun material, manba. alimentaire adj 1. oziq-ovqatga oid, oziq-ovqat; oziq-ovqat tayyorlashga oid; des produits alimentaires oziq-ovqat mahsulotlari; pâtes alimentaires makaron, vermishel kabi mahsulotlar; l’industrie alimentaire oziq-ovqat sanoati; 2. dr pension alimentaire aliment, nafaqa. alimentation nf 1. boqish, yedirish, ovqatlantirish; oziqlanish, ovqatlanish; l’alimentation des troupes qo‘shinlarni ovqatlantirish, qo‘shinlarning ovqatlanishi; 2. oziq; taom, ovqat; magasin d’alimentation oziq-ovqat do‘koni; 3. ishlash uchun kerakli mahsulot bilan ta’minlash; alimentation d’un marché bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; alimentation en eau potable ichimlik suv bilan ta’minlash; alimentation d’un moteur en combustible motorni yoqilg‘i bilan ta’minlash. alimenter vt 1. oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamoq; boqmoq; yedirmoq, oziqlantirmoq; alimenter le malade bemorni oziqlantirmoq; 2. ishlash uchun kerakli mahsulotlar bilan ta’minlamoq; alimenter une chaudière qozonni ta’minlab turmoq; alimenter en eau suv bilan ta’minlamoq; 3. fig biror narsaning rivojlanishiga asos bo‘lmoq, qo‘llab- quvvatlab turmoq, ma’naviy oziq bo‘lmoq. alinéa
nm 1. abzas, xat boshi, satr boshi; commencer un nouvel alinéa abzasdan, xat boshidan boshlamoq; 2. abzas (xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo‘lgan matn). aliquote
I. adj math karrali, qoldiqsiz bo‘linadigan; trois est une partie aliquote de douze uch o‘n ikkining qoldiqsiz bo‘luvchisidir; II. nf karrali sonlar. alise
nf do‘lana (mevasi). alisier
nm do‘lana (butasi). aliter
I. vt bemorni yotqizmoq, joylamoq; II. s’aliter vpr yotib qolmoq, kasal bo‘lmoq; og‘rib, betob bo‘lib yotmoq, to‘shakka mixlanmoq. alizé I. adj un vent alizé passat shamoli, quruq shamol (tropiklardan ekvatorga tomon doim esib turadigan quruq shamol); II. nm pl passat (shamol). allaitement nm emizish; l’allaitement naturel tabiiy emizish. allaiter vt emizmoq; elle veut allaiter son enfant u bolasini emizmoqchi. allant I. adj harakatchan, g‘ayratli, jo‘shqin; II. nm qizg‘inlik, jo‘shqinlik, g‘ayrat; g‘ayratlilik, serharakatlilik; faollik; il est plein d’allant u g‘ayratga to‘lib turibdi. alléchant, ante adj qiziqtiradigan, o‘ziga tortadigan, qiziqarli; ishtahani ochadigan; une proposition alléchante qiziqarli taklif; un odeur alléchante o‘ziga tortadigan, ishtahani ochadigan hid. allécher vt o‘ziga tortmoq, o‘ziga jalb etmoq, o‘ziga og‘dirib olmoq, yo‘ldan urmoq; qiziqtirmoq; allécher les clients xaridorlarni o‘ziga og‘dirmoq; allécher qqn par des promesses va’dalar berib birovni yo‘ldan urmoq, o‘ziga og‘dirmoq. allée
nf 1. tor yo‘l, yo‘lak; xiyobon; une allée forestière o‘rmonda ochilgan yo‘l; 2. o‘tish joyi, yo‘li; les allées d’une salle de spectacle tomoshaxonadagi o‘ tish joylari; 3. les allées et venues u yoqdan bu yoqqa yurish; perdre son temps en allées et venues u yoqdan bu yoqqa yurish bilan vaqtni o‘tkazmoq. allégation nf aytilgan fikr, da’vo; il faudra prouver vos allégations fikringizni da’vongizni tasdiqlashga to‘g‘ri keladi. ALLÉGEMENT
ALLOUER
27 allégement nm 1. yengillatish, ozaytirish; un allégement de la douleur qayg‘uni yengillatish; 2. kamaytirish, qisqartirish, ozaytirish, pasaytirish; un allégement des programmes dasturni qisqartirish; un allégement d’impôts soliqning kamayishi, pasayishi. allégorie nf allegoriya, kinoya, qochirim, majoz. allégorique adj allegoriyali, kinoyali, majoziy, allegorik; un roman, une peinture allégorique kinoyali, qochirim li roman, tasvir. allégoriquement adv majoziy ma’noda, majozda. allègre
adj tetik, bardam, quvnoq, xushchaqchaq. allègrement adv 1. quvnoqlik bilan, tetiklik bilan, zavq-shavq bilan, ko‘tarinki ruh bilan; il part allègrement au travail u ishga ko‘tarinki ruh bilan jo‘nab ketyapti; 2. péj yengiltaklik bilan; o‘ylamasdan; il nous a allègrement ruinés u bizni yengiltaklik bilan xarob qildi. allégresse nf xursandchilik, shodlik, shod-xurramlik, quvonch; un chant d’allégresse shodlik qo‘shig‘i; un jour d’allégresse quvonchli kun. allegro
I. nm mus allegro (tez, jadal ijro etiladigan musiqa asari yoki uning bir qismi); II. adv allegro, tez, jadal; jouer allegro tez, jadal chalmoq (musiqa, kuy). allegretto I. nm mus allegretto (o‘rtacha tezlikda allegroga nisbatan sekinroq ijro etiladigan musiqa asari yoki uning bir qismi); II. adv allegretto, o‘rtacha tezlikda allegroga nisbatan sekinroq. alléguer
vt dalil qilib keltirmoq, guvoh qilib ko‘rsatmoq; alléguer un texte de loi qonundan dalil keltirmoq. alléluia nm hamdu sano, madh (nasroniy va iudaizm dinlarida ibodat vaqtida aytiladigan hamdu sano, madh). allemand, ande I. adj nemislarga oid, nemis; I. n 1. nemis, nemis ayoli; 2. nm nemis tili. aller 1
voiture mashinada yurmoq; aller en train poyezdda yurmoq; aller en bateau kema, paroxodda suzmoq; aller en avion samolyotda uchmoq; aller à bicyclette velosipedda bormoq; aller à Moscou М oskvaga bormoq; aller en France Fransiyaga bormoq; aller de Paris à Rome Parijdan Rimga bormoq; ce train va vite bu poyezd tez yuradi; 2. olib bormoq; cette route va à Paris bu yo‘ l Parijga olib boradi; 3. jo‘namoq, ketmoq; aller au bureau xizmatga, ishga ketmoq; 4. -ga yetmoq; cho‘zilmoq; yastanib yotmoq; la forêt va jusqu’au lac o‘rmon ko‘lgacha cho‘zilib yotibdi; 5. yashamoq, o‘zini … his qilmoq; le malade va mieux bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda; comment allez-vous? – merci, je vais bien qalaysiz, ahvolingiz qalay? – rahmat, yaxshi yuribman, yaxshi yashab yuribman; 6. ketmoq; comment ça va? – merci, ça va bien! ishlar qalay? – rahmat, ishlar yaxshi, ketyapti; les affaires vont bien, mal ishlar yaxshi, yomon ketyapti; 7. yarashmoq, loyiq kelmoq (kiyim); ce chapeau lui va bu shlapa unga yarashadi; 8. to‘g‘ri kelmoq, mos kelmoq; qanoatlantirmoq; ça me va bu menga to‘g‘ri keladi; 9. o‘zidan keyingi infinitiv bilan birga yaqin kelasi zamonni yasaydi: nous allons rester ici biz bu yerda qolamiz; il va partir dans un instant u hozir jo‘nab ketadi; 10. je suis allé me promener men sayr qilishga, sayr qilish maqsadida bordim; 11. undov so‘z; allons! allez! qani, boshladik! boshlang! 12. vous y allez fort! siz juda oshirib yubordingiz; il y va de notre vie bizning hayotimiz haqida gap ketyapti; 13. depuis un an il laisse tout aller bir yildan buyon u hamma narsani tashlab qo‘ydi; laisser aller ses affaires ishlarini tashlab qo‘ymoq; ne la laisse pas aller là-bas uni u yoqqa kiritma; II. s’en aller vpr 1. ketmoq, ketib qolmoq; il s’en va u jo‘nab ketyapti; 2. tozalamoq; ketmoq, toza bo‘lmoq; les taches d’encre s’en vont avec ce produit bu mahsulot siyoh dog‘larini ham ketkizadi. aller 2
train du matin borishda ertalabki poyezdga o‘ tirdim; 2. poyezdning bir tomonga borish chiptasi; un aller pour Marseille М arselga borish uchun chipta bering; un aller et retour borish-kelish chiptasi; au pis aller juda bo‘lmaganda, hech bo‘lmasa, zo‘r kelsa; c’est un pis aller bu ilojsiz holatdir. allergie nf allergiya (organizmda yot modda, mikrob yoki ularning mahsuli tufayli yuzaga keladigan, organizm reaksiyasining keskin susayishi, yoki kuchayishidan iborat kasallik); souffrir d’une allergie à qqch biror narsaga allergiklikdan azoblanmoq. allergique adj 1. allergiyaga oid, allergiya tufayli yuzaga keladigan, allergik; 2. allergik, allergiyasi bor; il est allergique au blanc d’œuf tuxumning oqiga allergiyasi bor; 3. fam chidamsiz, chidash berolmaydigan, bardosh berolmaydigan; toqat qilolmaydigan. alliage nm 1. qotishma (metall); aralashma; un alliage de cuivre et d’étain mis va qalay qotishmasi; 2. fig aralashma, qorishma; un alliage de sentiments contradictoires qarama-qarshi hislarning qorishmasi. alliance nf 1. ittifoq, birlik; conclure, dénoncer une alliance birlik haqida shartnoma tuzmoq, bekor qilmoq; un traité d’alliance ittifoq haqida shartnoma; 2. birlashma, ittifoq, blok; alliance défensive mudofaa ittifoqi; 3. fig birlashma, birikma, bog‘lanish; une alliance des couleurs bo‘yoqlarning birligi; xillangan bo‘yoqlar; 4. nikoh; er-xotinlik; uylanish; erga tegish; une alliance heureuse baxtli nikoh; les parents par alliance quda tomondan qarindoshlar; c’est mon oncle par alliance erimning, xotinimning amakisi, tog‘asi; 5. nikoh uzugi, ko‘zsiz uzuk; une belle alliance chiroyli nikoh uzugi; une alliance en or tilla nikoh uzugi; porter une alliance nikoh uzugini taqib yurmoq. allié, ée I. adj ittifoqqa oid, ittifoqchi; les pays alliés ittifoqchi mamlakatlar; II. n ittifoqdosh, ittifoqchi; les alliés de la grande guerre birinchi jahon urushidagi ittifoqchilar. allier
I. vt 1. eritib ulamoq, qotishtirmoq; aralashtirmoq, qorishtirmoq; allier l’or et l’argent oltin va kumushni eritib aralashtirmoq; 2. birlashtirmoq, qo‘shmoq; allier des peuples, des forces xalqlarni, kuchlarni bir-biriga qo‘shmoq, birlashtirmoq; 3. fig qo‘shmoq, bog‘ lamoq, birlashtirmoq; allier la théorie à la pratique nazariyani amaliyot bilan bog‘lamoq; 4. qarindosh- urug‘ga aylantirmoq, yaqinlashtirmoq, bir-biriga yaqin qilmoq; allier deux familles ikkita oilani qarindosh-urug‘ga aylantirmoq; qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lamoq; II. s’allier vpr 1. ittifoqqa kirmoq; ittifoq tuzmoq; ces deux pays se sont alliés bu ikki davlat ittifoq tuzdilar; 2. qotishmoq, qotishma hosil qilmoq; ces deux métaux s’allient facilement bu ikki metall oson qotishma hosil qiladi; 3. to‘g‘ri, mos, muvofiq kelmoq; yopishib tushmoq, uyg‘unlashmoq; le jaune et le violet s’allient très bien sariq va binafsha rang bir-biriga juda mos keladi; 4. qarindosh-urug‘ga aylanmoq, yaqinlashmoq; ces deux familles se sont alliées bu ikki oila qarindosh- urug‘ga aylandilar. alligator nm alligator (Аmerika va Sharqiy Оsiyo timsohi). allitération nf alliteratsiya (badiiy nutqda, she’rda bir xil yoki ohangdosh undoshlarning qaytarilishi, ketma-ket kelishi). allo! intj allo! allocation nf 1. mablag‘ ajratish, pul chiqarish; 2. nafaqa, yordam pul; une allocation de chômage ishsizlar nafaqasi; les allocations familiales ko‘p bolalilarga beriladigan yordam puli, nafaqa; toucher une allocation nafaqa olmoq. allocution nf qisqa gap, qisqacha nutq; qisqacha tabrik nutqi; une allocution d’ouverture kirish so‘zi, kirish nutqi; prononcer une allocution à la radio radio orqali qisqa nutq so‘zlamoq. allogène
I. adj chetdan kelgan, kelgindi, musofir; II. n yerli, mahalliy bo‘lmagan odam; les allogènes mahalliy bo‘lmagan aholi. allongé, ée I. adj uzaytirilgan, cho‘zilgan, uzaygan, uzunchoq, cho‘zinchoq; II. nm pl o‘rinda yotadigan kasallar, og‘ ir kasallar. allongement nm uzaytirish, cho‘zish; tortish. allonger
I. vt 1. uzaytirmoq, qo‘shmoq; allonger une jupe de quelques centimètres yubkani bir necha santimetrga uzaytirmoq; 2. uzatm oq, cho‘zmoq; allonger le cou bo‘ynini cho‘zmoq; allonger les jambes oyoqni uzatmoq; allonger le pas qadam ini tezlatmoq; 3. fam urmoq, tepmoq; allonger une gifle shapati urmoq; 4. suyultirmoq; allonger une sauce qaylani suyultirmoq; II. vi uzaymoq (vaqt); les jours allongent kunlar uzayib qoldi; III. s’allonger vpr 1. uzaymoq, cho‘zilmoq (makon va zamonda); 2. cho‘zilib yotmoq, uzala tushib yotmoq; il s’est allongé une demi-heure après le dîner tushlikdan so‘ng u yarim soat cho‘zilib yotdi. allopathie nf allopatiya (davolash usuli). allouer
vt 1. mablag‘ ajratmoq, pul ajratmoq; 2. vaqt bermoq, vaqt ajratmoq. ALLUMAGE
AMABILITÉ
28 allumage
nm 1. yoqish, yondirish, yurgizish (motor); 2. yoqish, yondirish (yorug‘lik manbasi); l’allumage d’une lampe chiroqni yoqmoq. allume-feu nm tutantiriq. allume-gaz nm gazyoqqich (gaz plitalari uchun). allumer I. vt 1. yondirmoq, o‘ t yoqmoq, alanga, o‘ t oldirmoq; allumer un briquet, une cigarette zajigalka, sigaretni o‘ t oldirmoq, yoqmoq; 2. yoritm oq, yorug‘ qilmoq; allumer l’escalier zinani yoritmoq; allumer le salon salon, mehmonxonaning chirog‘ini yoqmoq; la chambre est allumée xona yoritilgan; 3. fam yoqmoq; buramoq (radio, televizor, isitish vositalari); allumer la radio radioni buramoq, ishga tushirmoq; allumer la télévision televizorni yoqmoq; 4. litt allumer la guerre urush olovini yoqmoq; 5. litt allumer le désir de qqn birovning yuragiga o‘ t yoqmoq, birovni qiziqtirmoq; II. s’allumer vpr 1. yonmoq, alanga olmoq; le bois sec s’allume facilement quruq o‘ tin oson yonadi, o‘ t oladi; 2. yonmoq, yaltiramoq; ses yeux s’allument ko‘zlari yonardi. allumette nf gugurt; frotter une allumette gugurt yoqmoq. allumeur nm o‘t oldiruvchi, yondiruvchi; portlatuvchi moslama, portlatgich. allumeuse nf fam tannoz, ishvagar ayol. allure nf 1. yurish, qadam tashlash, oyoq olish; 2. tezlik, yurish; accélérer l’allure harakatni, qadamni tezlashtirmoq; à cette allure bu tezlikda; rouler à allure modérée o‘rtacha tezlikda haydamoq; 3. fam ko‘rinish, qiyofa; elle a une drôle d’allure, cette maison bu uyning tashqi qiyofasi, ko‘rinishi juda kulgilidir; cette affaire prend une mauvaise allure bu ish yomonlashib ketyapti. allusif, ive adj imo-ishorali, kinoyali. allusion
nf imo-ishora, kinoya; faire une allusion à ishora qilmoq. alluvial, ale adj o‘tirindi, cho‘kindi. alluvions nf pl o‘tirindi, cho‘kindi (oqar suv olib kelgan qum, tosh, balchiq); une terre d’alluvions cho‘kindi yer. almanach nm 1. almanax; 2. kalendar (oy-kunlarni ko‘rsatadigan kitobcha jadval). aloès
nm aloe, aloy, sabur. aloi
nm 1. proba (oltin, kumush kabilarning soflik darajasini ko‘rsatuvchi raqam); 2. fig sifat; de bon aloi sifati yaxshi; de mauvais aloi sifati yomon, sifati past; les marchandises de bon aloi sifati yaxshi mahsulot. alors
adv u vaqtda, unda, u chog‘da. alors
que
loc conj xuddi shu vaqtda; il fait beau chez vous, alors que chez moi on gèle sizlarda havo yaxshi bo‘lib turganda, bizda qattiq sovuq bo‘lyapti. aloze
nf aloza (seldga yaqin, o‘xshash dengiz balig‘i). alouette
nf to‘rg‘ay, sufito‘rg‘ay. alourdir
I. vt 1. og‘irlashtirmoq, vazminlashtirmoq, og‘ irlashtirib qo‘ymoq; la pluie alourdit les vêtements yomg‘ir kiyimlarni vazminlashtiryapti; 2. fig og‘irlashtirmoq; murakkablashtirmoq, mushkullashtirmoq; cette tournure alourdit la phrase bu ibora gapni murakkablashtirmoqda; II. s’alourdir vpr og‘irlashmoq, vazminlashmoq. alourdissement nm 1. og‘irlashish, vazminlashish; un alourdissement d’une démarche og‘ir qadam tashlash, og‘ir, salmoqlanib qadam tashlash; 2. og‘irlashish, ortish, mushkullashish (soliq). aloyau
nm lahm go‘sht bo‘lagi. alpaga
nm alpaga (ipak va jundan to‘qilgan gazlama). alpage
nm tog‘dagi yaylovlar. alpestre
adj Аlp tog‘lariga oid. alpha
nm 1. alfa grek alifbosining birinchi harfi; l’alpha et l’oméga avvali va oxiri, ibtido va intiho; 2. phys alfa; les rayons alpha alfa-nurlar. alphabet nm 1. alifbo, alfavit; l’alphabet phonétiqueinternational (A.P.I.) xalqaro fonetik alifbo; 2. alifbe (kitob, darslik). alphabétique adj alifboga oid; en ordre alphabétique alifbo tartibida. alphabétiser vt o‘qish-yozishni o‘rgatmoq, savodini chiqarmoq, savodsizlikni tugatmoq. alpin, ine Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling