Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
peuple, fondement de la démocratie xalq ustivorligi, demokratiyaning poydevoridir; 2. mustaqillik; la souveraineté de la France dans une Europe unie birlashgan Yevropada Fransiyaning mustaqilligi. soviet
nm hist sovet; Soviet des Nationalités M illatlar Soveti; Soviet suprême Oliy Sovet; vx les Soviets sovetlar, Sovet ittifoqi. soviétique I. adj Sovet davlatiga, mamlakatiga oid, sovet(lar); II. n sovet kishisi, sovet. sovkhoze nm sovxoz, davlat xo‘jaligi. soyeux, euse I. adj ipakday (mayin, yaltiroq); II. nm ipakchi fabrikant. spacieux, euse adj keng, katta, sig‘imli; c’est assez spacieux pour trois personnes bu uch kishi uchun yetarlicha keng. spadassin nm litt hist yollanma qotil. spaghetti nm spagetti, ingichka makaron. spahi nm spohi (fransuzlar tomonidan shimoliy Afrikada tashkil qilingan otliq armiyaning askari). sparadrap nm leykoplastir. spasme
nm spazma, tomir tortishish, tirishish, changak, akashak bo‘lish. spasmodique adj spazma natijasidagi, spazmatik, spazma; des frissons spasmodiques spazmatik qaltirash. spath nm shpat (silikatlar jinsiga mansub mineral). spatial, ale, aux adj 1. samoviy, fazoga, makonga oid; makon, joy; 2. koinotga, kosmosga oid, kosmik; la fusée spatiale Yevropa kosmik raketasi. spatule
nf shpatel (kurakchasimon asbob). speaker
nm anglic vx diktor, suxandon. spécial, ale, aux adj 1. maxsus, ixtisoslashtirilgan, alohida; des connaissances spéciales maxsus bilimlar; ces malades étaient hospitalisés dans un pavillon spécial bu kasallar alohida bo‘limga yotqizilgan edi; prendre des mesures spéciales maxsus choralar ko‘rmoq; loc envoyé(e) spécial(e) maxsus muxbir; 2. o‘ziga xos, alohida; fam c’est un peu spécial bu biroz g‘alatiroq. spécialement adv 1. maxsus, alohida; des salles spécialement équipées maxsus jihozlangan zallar; 2. o‘ziga xos, o‘zgacha, farqli, boshqacha; fam il n’est pas spécialement beau u juda chiroyli emas. spécialisation nf ixtisoslashtirish, moslashtirish. spécialiser I. vt biror ixtisos, soha bo‘yicha tayyorlamoq, ixtisoslashtirmoq, mutaxassislashtirmoq; II.
se spécialiser vpr ixtisoslashmoq, mutaxassislashmoq; il s’est spécialisé dans la littérature médiévale u O‘rta asr adabiyoti bo‘yicha ixtisoslashgan. spécialiste n 1. mutaxassis; 2. maxsus soha shifokori. spécieux, euse adj litt yolg‘ondakam, ko‘rinishdan to‘g‘riga, haqiqatga o‘xshash; sous un prétexte spécieux yolg‘ondakam bahona bilan. spécificité nf o‘ziga xoslik. spécifier vt aniqlamoq, aniq belgilamoq; vous n’avez pas spécifié la date siz aniq kunni belgilamadingiz. spécifique adj o‘ziga xos, maxsus; terme spécifique maxsus termin; remède spécifique maxsus dori. spécifiquement adv o‘ziga xos, maxsus yo‘l bilan. spécimen nm 1. namuna, nusxa; 2. sinov reklama nusxasi. spectacle nm 1. ko‘rinish, manzara; la maison dévastée offrait un triste spectacle ship-shiydam uy g‘amgin manzara kashf qilar edi; loc péj se donner en spectacle o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq; 2. tomosha, spektakl; l’industrie du spectacle tomoshalar ko‘rsatish. spectaculaire adj ta’sirchan, hayratda qoldiradigan; un exploit spectaculaire hayratda qoldiradigan qahramonlik. spectateur, trice n 1. o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishi, guvoh, shohid; aucun des spectateurs du drame n’a voulu témoigner fojiani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlarning hech biri guvohlik berishni xohlamadi; 2. tomoshabin (kino, teatrda). spectral, ale, aux 1
ko‘rinadigan. spectral, ale, aux 2
rangli chiziqlari. spectre
1
nm 1. arvoh, sharpa; une pâleur de spectre o‘likning rangi; 2. litt dahshat, qo‘rqinch; le spectre de la mort o‘lim dahshati. spectre
2
nm spektr; le spectre solaire obtenu à travers un prisme prizma orqali olingan quyosh spektri. spectroscopie nf spektroskopiya. spéculateur, trice n chayqovchi, olibsotar. spéculatif, ive adj chayqovchilik, olibsotarlikka oid, chayqovchi, olibsotar. spéculation nf 1. litt spekulyatsiya, tajribaga asoslanmagan, quruq muhokama; 2. chayqovchilik, olibsotarlik, olib sotish. spéculer vi 1. litt havoyi, quruq muhokamaga berilmoq; 2. olibsotarlik, chayqovchilik qilmoq, olibsotmoq; spéculer en bourse birjada olibsotarlik qilmoq; spéculer sur qqch biror narsaga um id bog‘lamoq; biror narsani e’tiborga olmoq. spéculum nm jarroh ko‘zgusi. spéléologie nf speleologiya, g‘orlarni o‘rganish. spéléologue n speleolog. spencer
nm kalta kurtka. spermatozoïde nm spermatozoid, pushti kamar, maniy. sperme
nm sperma, maniy. SPERMICIDE
STALLE
541 spermicide nm homiladorlikka qarshi ishlatiladigan vosita; crème spermicide homiladorlikka qarshi ishlatiladigan krem. spermophile nm zool yumronqoziq. sphère nf 1. shar, qubba, gumbaz, sfera; globus; sphère céleste osmon gumbazi; la sphère terrestre yer shari; 2. fig soha, doira; chacun travaille dans sa sphère harkim o‘z sohasida ishlaydi; sphère d’action faoliyat doirasi; sphère d’influence ta’sir doirasi. sphérique adj shar, sfera shaklidagi, dumaloq, sharsimon. sphéroïde nm sferoid (qisiq shar shaklidagi geometrik jism). sphinge
nf 1. ayol-sfinks; 2. sirli ayol. sphinx
nm 1. sfinks (qadimgi Misrda: odam boshli sher haykali; yunon afsonalarida: ko‘kragidan yuqori qismi xotinlarga, tanasi sherga o‘xshash qanotli maxluq); 2. g‘alati (alomat, tushunib bo‘lmaydigan, jumboqnamo) maxluq yoki kishi. spic nm bot lavanda. spinal, ale, aux adj umurtqaga oid; umurtqa. spirale nf 1. burama, aylanma, spiral, spiral shaklidagi; escalier en spirale burama zinapoya; 2. to‘xtovsiz ko‘ tarilib, oshib borish. spiritual, als nm voir negro-spiritual. spirituel, elle adj aqliy, ruhiy, ma’naviy; la vie spirituelle ma’naviy hayot; les valeurs spirituelles d’une civilisation biror sivilizatsiyaning ma’naviy qiymati. spirituellement adv aql, donolik bilan, donolarcha, ustalik bilan. spiritueux, euse I. adj spirtli, o‘tkir; II. nm o‘ tkir spirtli ichimlik. spleen
nm litt siqilish, zerikish; ma’yuslik, ko‘ngil g‘ashlik, g‘am-g‘ussa, xunobgarchilik; avoir le spleen ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq. splendeur nf 1. gullab-yashnash, barq urish, porlash; Athènes au temps de sa splendeur o‘zining gullab-yashnagan davridagi A fina; 2. yaraqlash, porlash; hashamatlilik, zeb-ziynatga boylik; hasham, ziynat; cette tapisserie est une splendeur bu gilamlar ziynat. splendide adj 1. yaraqlagan, porlagan, charaqlagan, ajoyib; il fait un temps splendide havo charaqlagan; une fête splendide ajoyib bayram; 2. dabdabali, serhasham, ajoyib; c’est une fille splendide bu ajoyib qiz. splendidement adv litt juda soz, juda yaxshi, ajoyib. spoliation nf tortib olish, olib qo‘yish, talon-taroj qilish. spolier
vt tortib olimoq, olib qo‘ymoq, talon-taroj qilmoq. spongieux, euse adj 1. g‘alvirak, g‘ovak-g‘ovak, gupkaga o‘xshash; le tissu spongieux des poumons o‘pkalarning g‘ovak to‘qimalari; 2. shimib, o‘ziga tortib oladigan; yumshoq. sponsor
nm anglic sponsor, homiy (mablag‘ bilan yordam beruvchi, ta’minlovchi). sponsoriser vt mablag‘ bilan yordam bermoq, ta’minlamoq. spontané, ée adj 1. o‘z-o‘zidan yuz beradigan, stixiyali, spontan, bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri; une manifestation spontanée stixiyali namoyish; 2. tayyorgarliksiz aytilgan, yaratilgan. spontanéité nf o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganlik, spontanlik, bevositalik. spontanément adv bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, o‘z-o‘zidan, stixiyali ravishda; il a tout avoué spontanément u to‘g‘ridan-to‘g‘ri hammasini tan oldi.
sporadique adj onda-sonda, gohi-gohida, ahyon-ahyonda bo‘ladigan, tasodifiy; des protestations sporadiques gohi-gohida bo‘lib turadigan noroziliklar; maladie sporadique o‘qtin-o‘qtin uchrab turadigan kasallik. spore nf sporalar (gulsiz o‘simliklarning va ba’zi bir hujayrali jonivorlarning urchish organi); des spores de champignons qo‘ziqorinlar sporalari. sport
nm 1. sport; faire du sport sport bilan shug‘ullanmoq; terrain de sport sport maydoni; loc fam c’est du sport! bu qaltis ish! il va y avoir du sport ishlar chatoq! 2. sport turi; sports d’hiver qishki sport turlari; sport de combat, individuel, d’équipe sportning kurash, yakka, jamoa turlari. sportif, ive adj 1. sportga oid, sport; disciplines sportives sport turlari; 2. sportchi; sportif amateur havaskor spotchi; 3. sportni e’zozlovchi, hurmat qiluvchi; le public n’a pas été très sportif tomoshabinlar juda ham sportni e’zozlovchilar emas edi. sportivité nf sportchilik, halol sportchilik. sportivement adv haqiqiy sportchilarga xos, sportchilarchasiga; accepter sportivement sa défaite o‘z mag‘lubiyatini haqiqiy sportchilarga xos tan olmoq. spot
nm anglic yorug‘ nuqta (o‘ lchash asboblarida, ekranda); 2. kichik projektor; 3. spot publicitaire kichik axborot-reklama. sprat nm shprot (baliq turi). sprint nm sprint (1. qisqa masofaga yugurish; 2. poyganing oxirgida bor kuchi bilan yugurish). sprinter
1
nm sprinter (yaqin masofaga yuguruvchi yoki suzuvchi sportchi). sprinter 2
vi oxirida tez yugurmoq; fam il va falloir sprinter shoshilish kerak bo‘ladi. squale nm akula. squame nf po‘st, tanga (ilon, baliqning). square nm skver, xiyobon. squatteur, euse n egasiz uyni egallab olgan uy-joysiz odam. squatter ou squattériser vt egasiz uyni egallab olmoq (uysizlar haqida); birovning uyida vaqtincha yashamoq. squelette nm 1. skelet fig fam juda ozg‘in, oriq odam, skelet; 2. negiz, asos, qovurg‘a, skelet; 3. skelet, sxematik tuzilish. squelettique adj juda ozg‘in, oriq, skelet, qoq suyak. S.S.
1 Sécurité sociale ijtimoiy muhofaza (belgisi). S.S.
2
nm inv Schutz Staffel Germaniya natsistlarining belgisi. stabilisateur, trice I. adj muvozanatga, stabillikka oid; II. nm stabilizator. stabilisation nf stabilizatsiya, stabillash, barqaror, turg‘un, mustahkam qilish, mustahkamlash; plan de stabilisation de la monnaie pulni barqaror qilish rejasi. stabiliser vt stabillashtirmoq, barqaror, turg‘un, mustahkam qilmoq, mustahkamlamoq, birdek, bir xil tutib turmoq. stabilité nf 1. stabillik, barqarorlik, turg‘unlik, mustahkamlik, birdek, bir xilda turish; la stabilité de la monnaie pulning barqarorligi; la stabilité d’un avion samolyotning turg‘unligi; 2. chidamlilik, barqarorlik, o‘zgarmaslik. stable
adj 1. barqaror, turg‘un, mustahkam, o‘zgarmas; un régime stable mustahkam tuzum; 2. équilibre stable barqaror muvazanat; 3. turg‘un; chidam li, pishiq, puxta. stabulation nf mollarni og‘ilxonada, molxonada (dalaga chiqarmay) boqish.
stade 1
nm stadion, sport maydoni. stade
2
nm stadiya, bosqich, palla, davr; à tous les stades de la vie hayotning hamma bosqichlarida. staff
nm suvoq loyi (rastvori). stage
nm stajirovka, amaliyot; faire, suivre un stage d’avocat advokatlik stajirovkasini o‘ tamoq, qilmoq. stagiaire adj, n stajyor. stagnant, ante adj turg‘un, oqmaydigan, oqmas, ko‘lmak; des eaux stagnantes ko‘lmak suvlar; 2. fig harakatsiz, sust, kasod, turg‘un, bo‘sh; la commerce est stagnant savdo kasodga uchradi. stagnation nf 1. oqmaslik, ko‘lmaklik, bir joyda turib qolish; 2. fig turg‘unlik, kasodlik, to‘xtab qolish, zavol; la stagnation de la production mahsulotning kasodga uchrashi. stagner vi 1. oqmay to‘xtab qolmoq, turib qolmoq; 2. fig yurishmay, to‘xtab qolmoq; zavolga, kasodga uchramoq; les affaires stagnent ishlar kasodga uchradi. stakhanovisme nm staxanovchilik (mehnatda rekordlar o‘rnatish). stakhanoviste adj, n staxanovchi. stalactite nf 1. stalaktit; 2. fig archit muqarnas. stalag nm kontsentratsion lager (ikkinchi jahon urishida Germaniyada asir soldat va serjantlar uchun). stalagmite nf stalagmit. salinien, ienne I. adj S talinga oid, stalinchi, S talin; II. n un vieux stalinien qari stalinchi, stalinparast. stalinisme nm stalinizm, stalinchilik. stalle nf 1. o‘rindiq (cherkovda); 2. otxonadagi, og‘il yoki molxonadagi har bir alohida bo‘lma, katak. STANCE
STIPULER
542 stance
nf pl stanslar (she’rning sintaktik jihatdan tugallangan har bir misrasi hamda shunday to‘rt misradan iborat she’riy band, shunday bandlardan tashkil topgan she’rlar). stand
nm 1. stend (ko‘rgazmalar uchun); 2. stand de ravitaillement yoqilg‘i quyish, ta’minot bo‘limlari (musobaqa yo‘nalishida); 3. stand de tir tir. standard I. nm standart, namuna; standard de vie turmush darajasi; II. adj inv namunadagi, andozadagi, qabul qilingan normaga javob beradigan. standardisation nf anglic standartlashtirish, bir standartga solish, keltirish, bir qolipga solish. standardiser vt anglic standartlamoq, bir qolipga solmoq. standardiste n telefonchi (komutatorda). standing nm anglic 1. turmush tarzi; hayot darajasi; mon standing a un peu baissé mening hayot darajam biroz tushdi; 2. immeuble de grand standing hashamatli, dabdabali imorat. staphylocoque nm stafilokok. star nf anglic kinoyulduz, yulduz, mashhur odam; les stars du sport sport yulduzlari. starlette nf yulduz bo‘lishni orzu qiluvchi yosh kinoaktrisa. starter
1
nm anglic start beruvchi kishi, starter. starter 2
nm anglic starter (dvigatellarni yurgizib beruvchi – o‘t oldiruvchi mexanizm). station nf 1. to‘xtash, to‘xtab qolish; elle faisait de longues stations devant chaque tableau de l’exposition u har bir ko‘rgazmadagi rasm oldida uzoq to‘xtab qolardi; 2. qaddini tutish, turish; la station vertical tik turish; 3. stansiya; station orbitale orbital stansiya; station de radiodiffusion radio eshittirish stansiyasi; 4. stansiya, bekat, transport to‘xtash joyi; une station de métro metro stansiyasi, bekati; station de taxis taksilarning turar joyi; station de chemin de fer temir yo‘l stansiyasi, bekati; 5. kurort; station balnéaire dengiz sohilidagi kurort; station de ski, de sports d’hiver chang‘i, qishki sport stansiyasi. stationnaire adj ko‘chmaydigan, ko‘chmas, statsionar; 2. o‘zgarmas, bir xil, doimiy; l’état du malade est stationnaire kasalning ahvoli bir xil. stationnement nm to‘xtash; stationnement payant to‘xtash pulli. stationner vi to‘xtamoq, to‘xtab turmoq; il n’y a plus de place pour stationner to‘xtash (avtomobilni qo‘yish) uchun boshqa joy qolmadi. station-service nf yonilg‘i quyish shoxobchasi. statique I. nf statika (mexanikaning jismlar muvozanati haqidagi bo‘limi); II. adj 1. statikaga oid; statik, muvozanat, turg‘un holatidagi; 2. statik (turg‘un, harakarsiz holida) olib qaralgan, jonsiz, qotib qolgan; un art statique qotib qolgan san’at. statisticien, ienne n statistchi, statistika bilan shug‘ullanadigan odam. statistique I. nf statistika; selon les statistiques, ce pays se dépeuple statistikaga qaraganda, bu mamlakatning aholisi ozayapti; II. adj statistikaga oid, statistik; étude statistique de l’opinion publique aholi fikrini statistik o‘rganish. statuaire nf haykaltaroshlik. statue nf haykal fig haykalday, qoqan qoziqday; être figé comme une statue haykaldek qotib qolmoq. statuer
vi qaror chiqarmoq, qaror qabul qilmoq. statuette nf haykalcha. statufier vt plais haykal o‘rnatmoq (biror kishiga). statu quo nm inv mavjud holat, vaziyat; maintenir le statu quo pour éviter un conflit janjaldan qochish uchun mavjud vaziyatni qo‘llab- quvvatlamoq. stature
nf 1. qad-qomat, gavda; une stature d’athlète atletning qad- qomati; 2. viqor, savlat, kibr-havo, gerdayganlik, o‘zini katta tutish; il a la stature d’un homme d’État unda davlat arbobining kibr-havosi bor. statut
nm 1. ustav, nizom, tartibot; les droits et les devoirs fixés par le statut des fonctionnaires xizmatchilarning huquq va vazifalari belgilab qo‘yilgan nizom; 2. pl biror tashkilotning ustavi, nizomi. statutaire adj ustavga, nizomga, tartibotga oid. statutairement adv ustavga, nizomga, tartibotga binoan, asosida. steak
nm bifshteks. stéarine nf stearin, sham yog‘i. steeple
nm anglic 1. to‘siqlar osha ot poygasi; 2. to‘siqlar osha yugurish. steeple-chase nm anglic to‘siqlar osha ot poygasi. stèle
nf yodgorlik toshi. stellaire adj yulduzga oid, yulduz. stencil
nm anglic andaza, trafaret, qolip, voskovka (nusxa ko‘chirish uchun mum bilan ishlangan qog‘oz). sténodactylographe n mashinist-stenograf. sténographe n stenograf. sténographie nf stenografiya. sténographier vt stenografiya qilmoq. sténographique adj stenografiyaga oid, stenografiya. sténotypie nf stenotipiya (bo‘g‘in va so‘zlarni yozadigan mashinkada bosish usuli va shunday mashinkada yozish). steppe
nf cho‘l; les steppes d’Asie centrale O‘rta Osiyo cho‘llari. steppique adj cho‘lga oid, cho‘ l; une végétation steppique cho‘l o‘simligi. stère nm kub metr (yog‘och). stéréophonie nf stereofoniya. stéréophonique adj inv stereofonik. stéréoscope nm stereoskop. stéréoscopie nf stereoskopiya. stéréotype nm qolip, taqlid, tarz; andoza, shablon; allocution pleine de stéréotypes taqlidga to‘la tabrik so‘zi. stérile
adj 1. naslsiz, bola tug‘maydigan, zurriyot qoldirmaydigan, bepusht; qisir (hayvon); couple stérile zurriyot qoldirmaydigan er-xotin; 2. unumsiz, hosilsiz, oriq; 3. sterilizatsiyalashtirilgan, sterillangan; steril, mikroblardan tozalangan; 4. fig samarasiz, foydasiz, natijasiz, behuda; un écrivain stérile samarasiz yozuvchi; des efforts stériles befoyda urinishlar. stérilisant, ante adj sterilizatsiya qiluvchi, mikroblarni o‘ldiruvchi. stérilisateur nf sterilizator. stérilisation nf 1. sterilizatsiyalash, mikroblarni o‘ldirish; 2. bepusht qilish. stériliser vt 1. natijasiz, samarasiz, befoyda qilmoq; 2. personnes bepusht qilmoq, bichmoq; 3. sterillamoq, sterilizatsiya qilmoq, mikroblardan tozalamoq. stérilité nf 1. sterillik, bepushtlik; 2. samarasizlik, behudalik, natijasizlik. sterling nm sterling (Angliyaning pul birligi); livre sterling funt sterling. sternum
nm to‘sh suyagi. sternutatoire adj aksirtiradigan, chuchkurtiradigan. stéthoscope nm stetoskop. steward
nm anglic stuard, samolyot, kema provodnigi. stick
nm anglic 1. qattiq chiviq, xipchin, xivich; 2. pardoz-andoz tayoqchalari; 3. kley, yelim tayoqchasi. stigmate 1
nm 1. tamg‘a; 2. chandiq, yara izi. stigmate
2
nm 1. bot tumshuqcha, og‘izcha; 2. nafas olish yo‘li (hasharotlarda). stigmatiser vt 1. tamg‘alamoq; 2. litt qoralamoq, la’natlamoq, la’nat o‘qimoq, nafrat bildirmoq; nous stigmatisons ces attentats biz bu bosqinchiliklarni qoralaymiz. stimulant, ante adj 1. kuchaytiruvchi, qo‘zg‘atuvchi, oshiruvchi, ruhlantiruvchi; 2. undovchi, qo‘zg‘atuvchi, ruhlantiruvchi, majbur qiluvchi. stimulation nf qo‘zg‘ash; undash, ruhlantirish. stimuler vt 1. stimul bermoq, rag‘batlantirmoq, qiziqtirmoq, ruhlantirmoq; ces bons débuts ont stimulé l’équipe yaxshi boshlanish komandani ruhlantirib yubordi; 2. qo‘zg‘atmoq, kuchaytirmoq, tezlashtirmoq; la Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling