Integrativ texnologiyalar va ulardan foydalanish


Download 262.5 Kb.
bet18/20
Sana08.05.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1445163
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
INTEGRATIV TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH

Tizimlashtiruvchi blok muammoli modul mazmunining tizimli tasavvurini shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Muammoli modulning asosiy o'quv materiali nazariy blokda joylashtiriladi. Ushbu blok elementlari (blok-rasmlar) boshqa blokdagilardan tuzilishi bilan farqlanadi. Ularning tuzilmasi muammo echilishi sxemasi bo'yicha tashkillangan bo'lib o'z mantig'iga ega. Nazariya bloki quyidagi yacheykalardan iborat: 1)didaktik maqsad; 2)muammo (masala)ning ifodasi; 3)farazning asoslanishi; 4)muammo echimi; 5)nazorat testi.
Tadbiqiy modul tuzilmasining turli variantlari mavjud bo'lib u quyidagi bloklarni o'z ichiga olishi mumkin.
Umumlashtiruvchi blokning funksiyasi muammoni echilishini aks ettirish va muammoli modul mazmunini umumlashtirish.
Qo'llash bloki o'z ichiga tarix blokida qo'yilgan muammoning echimini yoki yangi ko'nikmalarni rivojlantirishga va o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo'llashga qaratilgan masala va mashqlarni oladi.
Bog'lash bloki muammo blokida qo'yilgan muammoning echimini taqdim etadi va o'tilgan materialni boshqa turdosh fanlar mazmuni bilan kesishgan jihatlarini tasvirlaydi.
Chuqurlashtirish bloki qiyinlik darajasi yuqori bo'lgan o'quv materialni o'z ichiga olib, fanga katta qiziqishi bo'lgan talabalar uchun mo'ljallangan.
Muammoli modullarni qo'llash tajribasi shuni ko'rsatadiki, o'zlashtirishi past bo'lgan talabalar uchun modulning to'liq varinatini qo'llash (kirish, aktualizasiya, tarix, eksperiment, qo'llash va xatolar bloki), o'zlashtirishi o'rtacha bo'lgan talabalarga esa qisqartirilgan modulni (kirish, muammoli blok, bog'lovchi blok) qo'llash tavsiya etiladi. Chuqurlashtirilgan variant qisqartirilgandan chuqurlashtirish bloki mavjudligi bilan fvrqlanadi.
Chiqish” bloki “nazoratchi” funksiyasini bajaradi. Bu blokda taklif etilgan vazifalarni bajara olmagan talaba modulning muayan elementiga qaytadi.
Muammoli modulning bunday tuzilmasi talabalarga dasturni o'zlashtirishning individual tempini mustaqil tanlashlariga va o'z-o'zlarini nazorat qilishlariga imkoniyat yaratadi.

Download 262.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling