Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet252/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Hayrixohlik xatosi – 
bunda ta’lim beruvchi biror ta’lim oluvchiga 
nisbatan hayrixohlik bilan qarasa, bu bahoning biroz yuqoriroq
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 


Yuqori talab qo


yish xatosi - 
ta’lim beruvchi o‘ziga nisbatan
yuqori talablar qo‘ysa va xuddi shunday yuqori darajadagi talablarni 
ta’lim oluvchilarga nisbatan qo‘llasa, bu bahoning biroz pastroq
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 


O


rtacha baho berish xatosi – 
bunday holat

odatda ta’lim 


beruvchining o‘ta yaxshi yoki o‘ta yomon baho berishdan qo‘rqishi,
o‘rtacha baholashni ustun qo‘yishi tufayli yuz berishi mumkin. 


O


z fikrini o


zgartirmaslik xatosi - 
ta’lim beruvchining o‘zining 
birinchi fikrini o‘zgartirishni xohlamasligi, o‘z nazoratining natijalarini
o‘zgarishsiz qoldirishi tufayli yuz beradi. Ko‘pincha bir marta sodir 
bo`lgan voqea tufayli o‘qituvchida biror ta’lim oluvchi to‘g‘risida
qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot, keyinchalik uning shaxsiyatiga oid 
barcha boshqa xususiyatlariga yoki o‘zgarishlarga e’tibor bermasligiga
olib keladi. 


Yoqtirmaslik xatosi - 
ta’lim beruvchi biror ta’lim oluvchini 
yoqtirmasligi yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo‘lishi tufayli ta’lim
oluvchiga yomon baho qo‘yishida namoyon bo‘ladi. Bu xato 
“hayrixohlik xatosi”ning aksidir.
Britaniyalik tadqiqotchilarning kuzatuvi (2006 va 2007-yillar) shuni 

ko‘rsatdiki, talabalarni ta’limdagi eng qoniqmagan narsalari baholash va


qayta aloqa bo‘lib chiqdi.
126

O‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashdagi xatoliklarining


oldini olish uchun: 
• baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to‘g‘ri tanlash;
• baholashdan oldin ta’lim oluvchilar bilan talablar va baholash 
mezonlarini muhokama qilish;
• baholash tizimi bo‘yicha nazorat varaqasini ishlab chiqish va 
undan ta’lim oluvchilarni xabardor qilish;
126

A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition.


Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge 
270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton
Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN. P. 132. 



340
• baholovchining ayniqsa yozma ishlarni baholashda bir emas, balki 
ikki kishi bo‘lishi;
• baholash usullarini va mezonlarini to‘g‘ri tanlash hamda erishilgan 
natijani ta’lim oluvchilarga yetkazish;
• o‘quvchi-talabalarga o‘z o‘zini baholashni ham taklif qilish va uni 
o‘qituvchi qo‘ygan baholar bilan taqqoslash;
• olingan natijalarni, yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qilish 

hamda sababini aniqlash va xatolarni tuzatish chora-tadbirlarini


belgilash va amalga oshirish lozim. 
Birinchi galda shunga e’tibor berishimiz kerakki, o‘quvchi-talabalar
baholashda qo‘llanilayotgan mezon talablaridan xabardor bo‘lishi kerak.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling