Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet8/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

17-kazus
Karmana tuman davlat soliq inspektsiyasi (bundan buyon matnda DSI deb yuritiladi) daʼvo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilib, «Bekzod-2001» xususiy korxonasi (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi)ning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʼarmalardan boʼlgan, muddati oʼtgan 31506708,04 soʼm soliq qarzi boʼyicha undiruvni uning mol-mulkiga qaratishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo toʼliq qanoatlantirilgan.
Apellyatsiya shikoyatida ish uchun ahamiyatli holatlar, soliq tekshiruvi jarayonida korxona tomonidan tushum yashirilganligi aniqlanmaganligi, shu sababli korxonaga nisbatan 32517800 soʼm moliyaviy jarima qoʼllash asossizligi vaj qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish, ishni yangidan koʼrish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborish soʼralgan.
Ish hujjatlari va sud muhokamasidan aniqlanishicha, 2018 yil 25 iyunь holatiga korxonaning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʼarmalarga majburiy toʼlovlardan boʼlgan soliq qarzi 31506708,04 soʼmni tashkil qilgan.
DSI tomonidan 2018 yil 25 iyunda korxonaga soliq qarzini toʼlash haqida 2956-sonli talabnoma yuborilgan boʼlib, talabnoma korxona tomonidan oqibatsiz qoldirilgan. Natijada DSI sudga murojaat qilib, soliq qarzi undiruvini korxonaning mol-mulkiga qaratishni soʼragan.


18- kazus

Ishni sudda koʼrishga tayyorlash bosqichida taraflar oʼrtasida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʼgʼrisida kelishuv tuzildi va iqtisodiy sud tomonidan OʼzR IPKning 107-moddasi 53-bandiga koʼra, taraflar oʼrtasida mediativ kelishuv tuzilganligi asos qilinib daʼvo ariza koʼrmasdan qoldirildi.


19- kazus

Daʼvogar “Lyuks” MChJ tomonidan javobgar “Davr” MChJga nisbatan mahsulot yetkazib berish shartnomasi boʼyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yuzasidan yetkazilgan 40 million soʼm zararni undirish toʼgʼrisida daʼvo arizasi berilgan.


Iqtisodiy sud tomonidan ariza ish yurituvga qabul qilinganidan soʼng taraflar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibi koʼrib chiqish toʼgʼrisida iltimosnoma kiritgan. Iqtisodiy sud tomonidan daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasa ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibi koʼrib chiqish mumkinligi asos qilinib taraflarning iltimosnomasi rad qilingan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling