Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet7/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

13- kazus

Daʼvogar «Budur» АJning javobgar «Kapitalbank» АTBdan 89.211.111,53 soʼm undirish haqidagi daʼvo arizasi boʼyicha qoʼzgʼatilgan iqtisodiy ishini koʼrib chiqildi.


Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar va javobgar vakillari ishni toʼgʼri va har tomonlama hal etilishini taʼminlash maqsadida ishga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “Аlfa” MChJni jalb qilish, ish boʼyicha ekspertiza tayinlash, prokuror ishtirokida koʼrib chiqish haqida iltimosnoma kiritishdi. Sudьya ish koʼrishni keyinga qoldirdi va tanaffus eʼlon qildi.


14- kazus

Daʼvogar Uychi tuman hokimiyatining javobgar “Аlfa” xususiy korxonasiga nisbatan noqonuniy qurilmani buzish toʼgʼrisida Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.


Birinchi instantsiya sudi daʼvoni qanoatlantirgan.
Keyinchalik Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 1-254/19-sonli iqtisodiy ishi boʼyicha 2019 yil 18 avgustda chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʼyicha qayta koʼrish toʼgʼrisidagi “Аlfa” xususiy korxonasi ariza murojaat qilgan. Аrizaga asos sifatida ishni koʼrgan sudьyaning jinoiy javobgarlikka tortilganini keltirib oʼtgan.
Sud “Аlfa” xususiy korxonasining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʼyicha qayta koʼrish toʼgʼrisidagi arizasini asossiz deb hisoblab, uni qanoatlantirishni rad qiladi.
15- kazus
Fermer xoʼjaligi javobgar yakka tartibdagi tadbirkor I.Ergashev oʼrtasida tuzilgan kelishuv bitimi boʼyicha Hakamlik sudiga daʼvo arizasini taqdim etgan.
Daʼvogar daʼvo arizasi bilan birga daʼvoni taʼminlash toʼgʼrisida iltimosnoma kiritib, javobgarning egaligida mavjud boʼlgan mol-mulklarning sud tomonidan nizo koʼrib chiqilgunga qadar uni xatlab qoʼyilishi lozimligini koʼrsatib oʼtgan.


16- kazus
«Elektro Qurilish Uigurji» MChJ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Rata impex» MChJ (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)dan 196350000 soʼm asosiy qarz, 31416000 soʼm penya undirishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 190050000 soʼm asosiy qarz va 10000000 soʼm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismi rad etilgan.
Apellyatsiya shikoyatida daʼvogar bilan shartnoma tuzilmaganliga, shartnoma asosida kabel mahsulotlari olinmaganligi, korxona kantselyariya mollari ulgurji savdosi bilan shugʼullanib kelganligi, aldov yoʼli bilan daʼvogar imzo qoʼydirganligi, bugungi kunda daʼvogar hisobiga 33900000 soʼm oʼtkazib berilganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, daʼvogar va javobgar oʼrtasida 2018 yil 10 dekabrda 213-sonli 263850000 soʼmlik mahsulot yetkazib berish toʼgʼrisida shartnoma tuzilgan.
Daʼvogar javobgarga shartnomaga koʼra 2018 yil 11 dekabrda 263850000 soʼmlik mahsulot yetkazib bergan.
Shartnomaga binoan javobgar olgan mahsulotlar uchun 67500000 soʼm toʼlovni amalga oshirib, qolgan 196350000 soʼmni toʼlamasdan kelgan.
Shartnomaning 3.1-bandiga koʼra, daʼvogar javobgarga 263850000 soʼmlik kabelь mahsulotlarini yetkazib berishi, 3.2-bandiga koʼra oldindan toʼlov 15 foizni tashkil etishi, qolgan 85 foizi mahsulotlar yetkazib berilganidan keyin 7 bank kuni ichida toʼlab berilishi belgilangan.
Biroq, daʼvogar mahsulotlarni 2018 yil 11 dekabrda toʼliq yetkazib bergan boʼlsada, javobgar qolgan 196350000 soʼmni toʼlamagan. Biroq, daʼvo arizasi iqtisodiy sudga taqdim etilgach, javobgar asosiy qarzning 6300000 soʼmini toʼlab bergan.
Shartnomaning 4.3-bandi hamda Oʼzbekiston Respublikasining «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʼgʼrisida»gi Qonuni 32-moddasining ikkinchi qismiga koʼra, yetkazib berilgan tovarlar haqini oʼz vaqtida toʼlamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga oʼtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʼlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʼlov summasining 50 foizidan ortiq boʼlmagan miqdorda penya toʼlaydi deb belgilangan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling