Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat
Download 44.98 Kb.
|
Kazus yakuniy nazorat IPH
7- kazus
Daʼvogar “Yunusobod dehqon bozori” OАJ iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar Yunusobod tuman DSIga nisbatan Yunusobod tuman DSIning “Yunusobod dehqon bozori” OАJdan qoʼshimcha hisoblangan soliqlar undirish haqidagi 04.11.2020 yildagi 07/1-1-27765-sonli qarorini bekor qilishni soʼragan. Sud tomonidan, mazkur talab iqtisodiy sudining sudloviga taalluqli emasligi haqidagi asos bilan daʼvo arizasini ish yurituvga qabul qilish rad etilgan. 8- kazus Аrizachi Yunusobod tuman DSI javobgar «Аrmani» MChJning banklardagi hisob varaqlari boʼyicha bank operatsiyalarini toʼxtatib turish toʼgʼrisidagi arizasi bilan iqtisodiy sudiga murojaat qilgan. Yunusobod tuman DSIning javobgar «Аrmani» MChJga nisbatan banklardagi hisob varaqlari boʼyicha bank operatsiyalarini toʼxtatib turish toʼgʼrisidagi arizasi yuzasidan qabul qiilingan 2018-yil 12-iyuldagi hal qiluv qaroriga koʼra arizachining ariza talablari rad etilgan. Biroq, sud tomonidan hal qiluv qarorining matnini tayyorlashda yozuvdagi xatolikka yoʼl quyilgan, yaʼni hal qiluv qarorining qabul qilingan sanasi 2018-yil 12- iyul deb koʼrsatish oʼrniga 2018 yil 24 iyul deb koʼrsatilgan. 9- kazus Tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 9 martda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan «Grand point invest» masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda qarzdor deb yuritiladi) bankrot deb topilgan va tugatishga oid ish yuritish ochilgan. Tugatish jarayonida Toshkent shahar bojxona boshqarmasida (bundan buyon matnda bojxona deb yuritiladi) qarzdorga tegishli 3836,00 АQSh dollari qiymatida boʼlgan tovarlar mavjud boʼlib, ular «Аrk blok» hamda «Chuqursoy» bojxona omborxonalarida saqlanayotganligi aniqlangan. Qarzdorning murojaati boʼyicha «Bojxona ombori» rejimida saqlanayotgan tovarlar boshqa bojxona rejimiga belgilangan boj toʼlangan holda oʼtkazilishi maqsadga muvofiqligi haqida tushuntirish berilgan. Shundan soʼng, qarzdor tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, omborlarda saqlanayotgan, qarzdor nomiga kelgan tegishli tovarlarni «Bojxona ombori» rejimidan «Erkin ombor» rejimiga rasmiylashtirish va rasmiylashtirish bilan bogʼliq bojxona toʼlovlarini kreditorlar reestriga kiritish majburiyatini bojxonaga yuklashni soʼragan. Birinchi instantsiya sudining 2018 yil 25 avgustdagi hal qiluv qarori bilan qarzdorning daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, tovarlarni bir rejimdan boshqasiga rasmiylashtirish bilan bogʼliq bojxona toʼlovlarini kreditorlar reestriga kiritish talabi boʼyicha ish yuritish tugatilgan. Ushbu hal qiluv qarori ustidan qarzdor tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatida birinchi instantsiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʼliq oʼrganmagani, moddiy va protsessual huquq normalarini notoʼgʼri qoʼllagani, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida barvaqt xulosaga kelganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʼralgan. Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, qarzdorga nisbatan ochilgan tugatish jarayonida qiymati 3836,0 АQSh dollariga teng boʼlgan, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan tovarlar «Аrk blok» va «Chuqursoy» bojxona postlari omborxonalarida saqlanayotganligi aniqlangan. Oʼzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (BK)ning 7-moddasiga muvofiq, Oʼzbekiston tovarlari Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki Oʼzbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlardir. Ushbu holatda tegishli raqamli bojxona yuk deklaratsiyalari asosida qarzdor nomiga import qilingan tovarlar «Bojxona ombori» bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan. Ular «Erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga rasmiylashtirilmaganligi sababli, Oʼzbekiston Respublikasining tovarlari hisoblanmaydi. Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling