Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet5/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

10-kazus
«Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi» DK (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Bobur» nomidagi istirohat bogʼi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)dan 7576289 soʼm undirishni soʼragan.
«Krokc buziness service» MChJ ishga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qanoatlantirilgan.
Apellyatsiya shikoyatida sud tomonidan «Krokc buziness service» MChJ javobgarga tegishli deb ijara qarzini undirish haqida notoʼgʼri xulosaga kelinganligi, dalolatnomani rasmiylashtirishda mol-mulk aslida kimning tasarrufida ekanligiga baho berilmaganligi bayon etilib, hal qiluv qarorini toʼliq bekor qilib, ish yuritishni tugatish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, ijara markazi xodimlari tomonidan 2018 yil 12 iyulda «Bobur» nomidagi istirohat bogʼi tasarrufidagi Yakkasaroy tumani, Bobur koʼchasi, 33-uydagi davlat obʼekti xatlovdan oʼtkazilgan.
Xatlov natijasida ushbu davlat obʼektida ijarachi - «Krokc buziness service» MChJ istirohat bogʼi joylashgan yerning 55 kv.m. maydonida 2017 yilning 1 martidan boshlab daʼvogar bilan shartnoma tuzmasdan foydalanayotganligi aniqlangan.
Shunga koʼra, daʼvogar 2017 yilning 1 martidan 2017 yilning 31 oktyabrigacha va 2018 yilning 1 fevralidan 2018 yilning 12 iyuliga qadar boʼlgan davr uchun javobgardan ijara toʼlovining ikki baravari miqdorida - 7576289 soʼm ijara haqini undirishni soʼragan.
Daʼvogar tomonidan 2018 yil 18 iyulda 1222-sonli talabnoma javobgarga yuborilgan boʼlib, unda 10 kun muddatda 7576289 soʼm ijara toʼlovini ixtiyoriy ravishda toʼlash belgilangan. Biroq, javobgar tomonidan ushbu talabnoma oqibatsiz qoldirilgan.
11- kazus
Daʼvogar “SАRBON” АJ “Turon” MChJ hisobidan 66.713.170 soʼm undirish va shartnomani haqiqiy emas deb topish toʼgʼrisidagi daʼvo arizasi bilan Toshkent shahar iqtisodiy sudigi murojaat qilgan.
Sud muhokamasida daʼvogar vakillari tomonidan “SАRBON” АJ 2017 yil 21 dekabrdagi 527-sonli reestr raqami bilan “SАRBON” masʼuliyati cheklangan jamiyati sifatida roʼyxatdan oʼtkazilganligini tasdiqlovchi yuridik shaxsni davlat roʼyxatidan oʼtkazish toʼgʼrisida guvohnomasini taqdim etib, uning huquqiy vorisi ekanligini bildirishgan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling