Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet6/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

12- kazus

«NAVOIY-TEMIR-BETON» masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «BONU-SERVIS-TRANS» xususiy korxonasidan (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) 87346104 soʼm transport ijarasi haqini undirishni soʼragan.


Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qanoatlantirilgan. Javobgardan daʼvogar foydasiga 87346104 soʼm asosiy qarz undirilgan.
Ishni koʼrish natijasi boʼyicha xususiy ajrim chiqarilib, taraflar oʼrtasida 52799994 soʼm va 58666660 soʼm ijara toʼlovlari hisoblanganligi haqidagi 2012 yil 4 maydagi hisob-fakturalar haqqoniy yoki qalbaki ekanligi, agarda ular qalbakilashtirilgan boʼlsa, kim tomonidan qalbakilashtirilganligi, haqiqatda ijara haqi necha soʼmni tashkil etishi, hisob-fakturalar soliq hisobotlariga kiritilib, tegishli soliq inspektsiyasiga taqdim etilganligi holatlarini ekspertiza, surishtiruv va tergov yoʼli bilan aniqlash, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli taʼsir chorasini qoʼllash, ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda jinoyat ishi qoʼzgʼatish masalasini hal etish uchun Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Javobgarning Apellyatsiya shikoyatida ish holatlariga aniqlik kiritilmaganligi, shartnomaning haqiqiy emasligi oqibati faqatgina ijaraga olingan yuk mashinalarining ijaraga beruvchiga qaytarilishidan boshqa yuridik oqibat tugʼdirmasligi lozimligi, ish uchun ahamiyatli holatlarga baho berilmaganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish toʼgʼrisida yangi qaror qabul qilish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, daʼvogar (ijaraga beruvchi) va javobgar (ijarachi) oʼrtasida 2012 yil 4 mayda avtotransport vositalarini haydovchisi bilan ijaraga berish shartnomasi tuzilgan. Ijara toʼlovi bitta yuk mashina uchun oyiga 22000000 soʼmdan belgilangan.
Shartnoma shartlariga koʼra, daʼvogar javobgarga 4 ta yuk avtomashinasini ijaraga bergan. Javobgar taraf ushbu avtomashinalardan 2012 yilning may va iyunь oylarida 38 kun davomida foydalangan. Natijada 111466654 soʼm qarzdorlik yuzaga kelgan. Bu haqda taraflar tasdiqlagan dalolatnomalar, hisob-fakturalar hamda javobgar bosh direktori tomonidan berilgan 111466654 soʼm qarzdorlikni 2012 yil 2 iyulga qadar toʼlab berilishi haqidagi kafolat xati mavjud.
Biroq, javobgar tomonidan qarzdorlikning 24120550 soʼm qismi toʼlanib, qolgan 87346104 soʼm qismi toʼlanmaganligi bois, daʼvogar iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling