Iqtisodiy resurslar va ularning xarakati


Download 147.65 Kb.
bet12/13
Sana21.02.2023
Hajmi147.65 Kb.
#1216864
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
IQTISODIY RESURSLAR VA ULARNING XARAKATI

Keys stadi №8.
Vazifa:
Kuyida keltirilgan vokeani shoshilmasdan dikat bilan oʻking.
Oʻlcham tushunchasini kichraytirish.
80 yillarda, firmaning asosiy maksadi uning oʻlchamining yiriklashuvi xisoblanadi, degan karashdan yiroklashish kuzatildi, chunki koʻpchilik yirik firmalar kiyinchiliklarni boshdan kechirashayotgan edi. Ayni vaktda 90 yillarda biznesda amal kilishning boshka uslubi namoyon boʻldi - katta boʻlmagan oʻlcham, yengillik va oʻzgaruvchanlik. Massachusets texnologiya instituti oʻkituvchisi D.Berch xisoblashicha , oxirgi oʻn yillikda yaratilgan yangi ish joylarining xar 10 tasidan 8 tasi kichik firmalar tomonidan taklif kilingan.
Kichik biznesning oʻsishi va rivojlanishi sabablarini tushunish kiyin emas. Kapital bozorining erkinlashuvi, yani biznesga investitsiya uchun kapital koʻyuvchilar oʻrtasida rakobatning oʻsishi bilan mikrotexnologiyalarning joriy etilishi mos tushishi, bozorga yangilarning kirib kelish toʻsiklarini pasaytirishga olib keldi. “Egiluvchanlik” tushunchasi asosiy shior boʻldi va ilgari kompaniyaning xarakatlantiruvchi kuchi boʻlgan “Koʻlam samarasi”ni sikib chikardi.
Yakinda bu nuktai nazarni Amerikaning Kalnegi- Mellon universiteti professori B.Xerrison shubxaga oldi. Uning tasdiklari toʻrt taxmin bilan mustaxkamlanadi:
Birinchidan, katta biznesni koralash boʻrttirib yuborilgan. Bazi yirik kompaniyalar kiyinchilikni boshdan oʻtkazishiga karamasdan, gullayotgan kompaniyalarni xam koʻplab misol keltirish mumkin. Bunday yirik firmalarga koʻlam samarasi ularning rakobatbardoshligi uchun xali xam muxim rol oʻynamokda.
Ikkinchidan, yirik firmalarning koʻp mikdori rekonstrukturizatsiya va biznes- jarayonini reinjiniring oʻtkazishdi, bu esa 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida iqtisodiy tushkunlikni boshlaridan oʻtkazishlari natijasi edi. Ulardan koʻplari katta boʻlish bilan bir vaktda “egiluvchan” boʻlish xam mumkinligini tushuna boshlashdi.
Uchinchidan, kichik biznesning ish oʻrinlarni yaratishdagi axamiyati boʻrttirilgan, bundan 1994-yilda bosmadan chikarilgan iqtisodiy izlanishlar boʻyicha Milliy byuro materiallari guvoxlik beradi. Shunday kilib, ish bilan band boʻlganlar soni 100 kishidan oshadigan tashkilotlar, xamma yangi ish joylarining 75% ga yakinini yaratishgan boʻlsa, 500 kishidan oshadigan tashkilotlar umumiy yangi ish joylarining 50% dan koʻprogini taklif kilishgan. Bundan tashkari, yirik firmalarga nisbatan kichik firmalar ish oʻrinlarining yoʻkotilishining kattarok kismiga javobgar boʻlishgan, va shu bilan birga nisbatan kam darajada zamonaviy texnologiya va ilgor malakani ishlatishgan.
Toʻrtinchidan, kichik firmalar koʻpchiligining yashashi koʻp xolda yirik firmalarga boglik. Bu tendensiya oxirgi vaktda yirik firmalardan kichik firmalarga baʼzi faoliyat turlarini olib borish xukukini berish bilan kuchaymokda. Bu esa ularning yirik firmalardan boglikligini yanada oshiradi.
Oxirgi tendensiyani xisobga olib, tasdiklash mumkinki, yirik va kichik firmalar oʻrtasidagi fark tobora kamayib bormokda. Yirik firmalar kichik firmalarning egiluvchanligi oʻz strukturalarida koʻprok avtonom boʻlinmalarni tashkil etish yoʻli bilan joriy etishmokda. Masalan, bir shvetsiya firmasi oʻz firmasini 1300 mustakkil kompaniyalarga va 5000 avtonom foyda markazlariga boʻldi. Kichik kompaniyalar esa oʻz zaif tomonlarini toʻldirish va oʻz manfaatlarini ximoya kilish maksadida yirikrok firmalar bilan ittifoklar tuzishga, uzok muddatli munosabatlar oʻrnatishga xarakat kilishadi.
Bu yangiliklar natijasida kompaniyani “yirik” yoki “kichik” sifatida baxolash kiyin boʻlib koldi.
Bu vokeani taxlil kilishda heptagon ni koʻllang.
Savollar:

  1. Kaysi omillar bozorlarga kirishda boʻladigan toʻsiklarni pasaytirdi?

  2. Nima uchun egiluvchanlik koʻlam samarasiga nisbatan koʻprok muximligini tasdiklashadi?

  3. Kichik firma –yaxshi degan tasdikni inkor kiladigan misol keltiring.




Download 147.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling