Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR 4.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar
Asosiy tushuncha va iboralar
"Avesto" , "Hidoya" asari; islomdagi farz va sunnat amallari; zakot; halol mehnat, halol luqma, ehson, sadaqa; ehtiyoj, boylik, mulk, davlat. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. "Buyuk ipak yo`li" ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar ravnaq topishida o`rni nimalardan iborat? 2. "Avesto"dagi iqtisodiy g`oyalarda ijtimoiy mehnat taqsimotining qaysi jihatlariga ko`proq e'tibor berilgan? 3. "Avesto" asarida qashshoqlikni yo`qotish borasida qanday tadbirlar asos qilib olingan. 4. "Alpomish" dostonidagi ijtimoiy nizoda islom ta'limotidagi qanday mezon sabab bo`lgan? 5. Xalq maqollaridagi iqtisodiy fikrlarni bayon eting. 6. Islom ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarni qanday guruhlarga taqsimlash mumkin. 7. Farobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy g`oyalaridagi umumiy va xususiy jihatlarni so`zlab bering. 8. Milliy iqtisodiy tafakkur shakllanishida Markaziy Osiyo donishmandlari iqtisodiy g`oyalarining ahamiyatini so`zlab bering. 71 Nafsing agar xalqqa beshakdurur, Bilki bu nafs o`zinga ko`pakdurur. Odami ersang, demagil odamiy. Aniki, yo`q xalq g`amidin g`ami. A.Navoiy 4-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR 4.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat bar- po etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Bunga to`g`ri tanlab olingan iqtisodiy g`oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur (1336-1405) davlat va iqti- sodiyotni boshqarishda o`ziga xos maktab yarat- gandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo`lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig`ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo`llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so`roq, tekshirish, taf- tish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to`g`riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish to`ppa-to`g`ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo`yish mumkin bo`lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan. Shunday vazirlardan birinchisiga yer soliqlari, boj, o`lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o`lponlarni taqsimlagan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni boshqargan. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling