Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet27/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

A) F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi
Fransua Kene (1694-1774) – fiziokratlar maktabining asoschisidir. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida qambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752 yilda Kirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. Tibbiyot va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug’ullana boshladi.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o’sha yerda yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan «qomus» da e’lon qilindi. 1758 yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik g’oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator Frantsuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ’ibot qildilar. SHunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o’sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to’g’ri keladi.


B) O’rganish metodi
F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik maslagi (platformasi) ni uning tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy tartib to’g’risidagi kontseptsiya tashkil etadi. Uningcha, mazkur kontseptsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning jismoniy va ma’naviy qonunlari hisoblanadi. Tabiiy tartib tabiatda, tirik organizmda, hayvonot dunyosida mavjud bo’lgan tabiiy qonunlar bilan boshqarilib turiladi. F.Kenening yozishicha, tabiiy tartibning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo’ladi. Ana shunda dunyo o’z-o’zidan harakatlanadi. SHu bilan birga F.Kene ogohlantirib o’tadi: «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin». U, yuqori davlat hokimiyati tabiiy tartib qonunlarini yaxshi biladigan, o’qimishli bir shaxs ko’lida bo’lishini maqsadga muvofiq deb hisoblagan.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling