Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


V) Sof mahsulot to’g’risidagi ta’limot


Download 0.76 Mb.
bet28/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

V) Sof mahsulot to’g’risidagi ta’limot
F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (xozir uni milliy daromad deb atashadi) to’g’risidagi ta’limoti muhim o’rin egallaydi. Uning fikriga ko’ra, sof mahsulotning manbai yer va unga sarflangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof mahsulot) ko’payishi ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan «er in’omidir». SHu boisdan davlat sanoatni emas, balki qishloq xo’jaligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. F.Kene «Dehqonlar qambag’al bo’lsa qirollik qambag’al bo’ladi, qirollik qambag’al bo’lsa qirol qambag’al bo’ladi» deb, hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va xunarmandlar qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi. SHuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi. U yerdagi tovarning o’sgan qiymati faqatgina savdo va sanoat xarajatlarini qoplash vositalarini o’z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda ko’paymaydi. Keyinchalik A.Smit fiziokratlarning sanoatning «unumsizligi» to’g’risidagi g’oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham boylik yaratilishini ko’rsatib beradi.
F.Kene merkantalistlarning boylik savdoda yaratiladi degan tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning ayirboshlanishi ekvivalentli bo’ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o’sishi sodir bo’lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo’q boylik hisoblagan, unga faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. SHunga muvofiq, uningcha, davlatning boyishi pul kapitalining o’sishga emas, balki qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.


G) Sinflar nazariyasi
F.Kene o’zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko’rsatib beradi: unumli sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli sinf - bu qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar ham kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. «Unumsiz» sinf - bular xunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to’ralar, ya’ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish bilan band bo’lgan kishilar. Ular faqat o’zlarini ta’minlaydilar, o’z iste’moliga qanchalik mahsulot kerak bo’lsa, shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o’zining ham, jamiyatning ham boyligini ko’paytirmaydi, shu ma’noda unumsizdir. Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o’z paytida yerlarni o’zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar tomonidan olinadigan daromad - bu ularning oldin qilgan xarajatlari uchun in’om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo’linishi noto’g’ridir. A.Smit fiziokratlarning bu boradagi ko’z qarashini kinoyali ravishda shunday deydi: agar ularning mantig’iga amal qilsak, unda faqat ikki farzand ko’radigan har qanday nikohni unumsiz deb tan olish kerak bo’ladi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling