Is egri chizig'i foiz stavkalari va ishlab chiqarishning (YaIM) barcha darajalari to'plamini tasvirlaydi, bunda jami investitsiyalar (I) jami jamg'arma (S) ga teng
Download 299.3 Kb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monetar siyosat
Fiskal siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fiskal siyosat (byudjet-soliq siyosati) — iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida yalpi xarajatlar va soliq stavkalarini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladigan siyosat[181]. Hukumat inqiroz sharoitida mamlakat yalpi xarajatlarni oshirish va soliq stavkalarini pasaytirish orqali stimullovchi iqtisodiy siyosat, oʻsish fazasida esa yalpi xarajatlarni kamaytirish va soliq stavkalarini oshirish orqali cheklovchi iqtisodiy siyosatdan foydalanishi mumkin[182][183]. Fiskal siyosat qoʻllanilish usullariga koʻra ikkiga, diskret va avtomatik siyosatlarga boʻlinadi. Diskret siyosat aniq yoʻnaltirilgan siyosat boʻlib, oʻz ichiga davlat xarajatlarini, soliqlar va byudjet qoldigʻidagi oʻzgarishlarni oladi. Diskret siyosat samarali boʻlsa-da, uni amalga oshirish uchun avvalo qonun chiqaruvchi hokimiyat roziligi kerak. Bunday qarorlar tezda koʻrib chiqilmasligi sababli, kechikkan holda amalga oshirilgan oʻzgarishlar kutilganidek samarali boʻlmasligi mumkin. Avtomatik fiskal siyosat deganda esa davlat aralashuvisiz ham byudjet parametrlari va soliq stavkasining oʻzgarishi tushuniladi. Masalan, davlat iqtisodiyotda har bir ishsiz uchun nafaqa beradi. Agar inqiroz yuzaga kelsa, ishsizlar koʻpayadi, ularga sarflanuvchi byudjet xarajatlari ham koʻpayadi. Yoki iqtisodiyotda bum sodir boʻlsa, iqtisodiy agentlar daromadi oshadi va ular avtomatik tarzda koʻproq soliq toʻlay boshlashadi (ayniqsa, mamlakatda progressiv soliq stavkasi amal qilsa)[184][185]. Fiskal siyosat kamchiliklarga ham ega. Davlat tomonidan amalga oshirilgan byudjet-soliq siyosati koʻpincha byudjet defitsiti paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Pul mablagʻlarini keragidan ortiq boʻlishi ham davlat uchun ziyondir[186][187]. Fiskal siyosatning asosiy muammosi sifatida Crowding out samarasi hisoblanadi. Chunki, davlat oʻz xarajatlarini oshirganida, moliya bozoridagi foiz stavkasi ham oshadi va mamlakatga investitsiyalar hajmi pasayadi[188]. Monetar siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash] Monetar siyosat (pul-kredit siyosati) — Markaziy bank yordamida, pul taklifini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladigan barqarorlashtiruvchi davlat siyosati[189]. Monetar siyosatning bank tizimiga taʼsir qilish muddati fiskal siyosatdan tezroq hisoblanadi. Monetar siyosatda foydalaniladigan asosiy instrumentlar[190][191][192]: Majburiy rezerv normasining oʻzgarishi. Rezerv normalarining pasayishi kredit berishni stimullaydi va aksincha. Foiz stavkalariga taʼsir orqali. Masalan, AQShdagi Federal Funds Rate va Oʻzbekistondagi asosiy stavka. Ochiq bozordagi operatsiyalar va repurchase agreement (REPO) shartnomalari. Ochiq bozordagi shartnomalar deganda davlat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirilgan oldi-sotdi shartnomalari tushuniladi[193]. REPO — qimmatli qogʻozlar yoki boshqa aktivlar kafolati ostida Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan kapital[194]. Stimullovchi pul-kredit siyosati orqali pul massasini oshishi nafaqat aholiga, balki tijorat banklariga ham foydali hisoblanadi. Chunki pul massasi oshgan sharoitda banklar koʻproq kredit berishi mumkin. Lekin, monetar siyosat nafaqat Markaziy bankka, balki tijorat banklari va uy xoʻjaliklariga bogʻliq boʻlganligi sababli, natija kutilganidan uzoq muddatda paydo boʻlishi mumkin[195][196]. Download 299.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling