Is egri chizig'i foiz stavkalari va ishlab chiqarishning (YaIM) barcha darajalari to'plamini tasvirlaydi, bunda jami investitsiyalar (I) jami jamg'arma (S) ga teng


Makroiqtisodiyotdagi asosiy koʻrsatkichlar


Download 299.3 Kb.
bet9/14
Sana05.11.2023
Hajmi299.3 Kb.
#1749151
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KURS ISHI

Makroiqtisodiyotdagi asosiy koʻrsatkichlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makroiqtisodiy nazariyada quyidagi asosiy parametrlar oʻrganiladi[120]:

  • Isteʼmol xarajatlari (C) — uy xoʻjaliklarining tovar va xizmatlarga qilgan xarajatlari.

  • Uy xoʻjaliklari jamg'armalari (S) — uy xoʻjaliklarining bankda turgan pul mablagʻlari.

  • Investitsiyalar (I) — ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida firmalar tomonidan sotib olingan kapital.

  • Davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlar (G) — davlat investitsiyalari, davlat xizmatchilariga toʻlovlar va transfert toʻlovlari.

  • Sof soliqlar (T) — soliq va transfert toʻlovlari orasidagi farq.

  • Sof eksport (Xn) — eksport va import orasidagi farq.

  • Yalpi ishlab chiqarish hajmi (Y).

=�+�+�+��=�+�+�  — ochiq iqtisodiyot uchun yalpi ishlab chiqarish formulasi. Yopiq iqtisodiyot sharoitida sof eksport, xususiy sektor uchun yalpi ishlab chiqarishda esa G hajmi hisobga olinmaydi[121][122].
Milliy hisoblar tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makroiqtisodiyotdagi asosiy parametrlar yigʻindisi tovarlar, daromadlar va xarajatlarning doiraviy aylanish modelini tashkil etadi. Doiraviy aylanish modeli 1920-yillar oxirida amerikalik iqtisodchilar tomonidan yaratilgan milliy hisoblar tizimi (MHT) shakllanishi uchun asos hisoblangan[123]. MHT oʻz ichiga quyidagi parametrlarni oladi: yalpi ichki mahsulot (YIM), yalpi milliy mahsulot (YMM), milliy daromad (MD), sof milliy mahsulot (SMM), sof ichki mahsulot (SIM), shaxsiy daromad (ShD), shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), isteʼmol (C), jamgʻarish (S)[124][125].
Milliy hisoblar tizimining koʻrsatkichlari nafaqat mamlakatdagi yalpi daromadlar va ishlab chiqarish hajmini hisoblash, balki mamlakat aholisining hayot uchun muhim boʻlgan tovarlar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash uchun ham qoʻllaniladi[126]. Bu uchun kishi boshiga YIM, MD hajmi va isteʼmol narxlari indeksi (INI) oʻrganiladi[127]. Lekin, bunday oʻrtacha olingan koʻrsatkichlar kamchiliklarga ega va ular „kishi boshiga taqsimlangan daromad“ kabi muhim koʻrsatkichlarni hisobga olmaydi[128].
Makroiqtisodiy modellar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makroiqtisodiy model — butun iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model. Iqtisodiy model koʻpincha matematik strukturaga ega boʻlib, murakkab jarayonlarni soddalashtirishda qoʻllaniladi. Modellar tuzilishiga koʻra bir yoki bir nechta oʻzgaruvchilarga ega boʻlishi mumkin[129].

Download 299.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling