Is egri chizig'i foiz stavkalari va ishlab chiqarishning (YaIM) barcha darajalari to'plamini tasvirlaydi, bunda jami investitsiyalar (I) jami jamg'arma (S) ga teng
Download 299.3 Kb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXI asr boshlanishi: jahon moliyaviy inqirozi
Supply-side economics[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Laffer egri chizigʻi" — soliq stavkasi va byudjet tushumlari orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatuvchi funksiya. Unga koʻra soliq stavkalarini oshirilishi maʼlum vaqtgacha byudjet daromadlarini oshiradi. Ammo, keyinchalik juda baland soliq stavkalari byudjet tushumlari pasayishiga sababchi boʻladi Supply-side economics yoki „taklif iqtisodiyoti“ni[72] tashkil qilish fikri 1970-yillarning ikkinchi yarmida ilgari surilgan edi[73]. Termin birinchi marta AQSh prezidenti Richard Nixonning sobiq maslahatchisi Herbert Stein tomonidan 1976-yilda foydalanilgan[74]. Arthur Laffer oʻzining soliqlarga bogʻliq modeli va Robert Mundell „Xalqaro kapital harakati“dagi izlanishlari orqali maktab rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan. Bu maktab vakillarini „Supply-siders“ deb ham atashadi[75]. Maktab tarafdorlari fikriga koʻra, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida aholi uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi kerak. Shu sababli, ishchi kuchi va kapital taklifini stimullash iqtisodiyot rivojlanishida muhim omil hisoblanadi[76]. Shuningdek, davlat soliq stavkalarini pasaytirishi kerak, chunki qoʻshimcha soliqlar firma xarajatlari oshishiga va yalpi taklif hajmi pasayishiga olib keladi. Oqibatda, bu oʻzgarishlar xarajatlar inflyatsiyasi, hatto stagflyatsiya paydo boʻlishiga sababchi boʻlishi mumkin[77]. XXI asr boshlanishi: jahon moliyaviy inqirozi[tahrir | manbasini tahrirlash] Inqirozga sabab boʻlgan uy narxlari indeksining keskin oʻzgarishi Jahon iqtisodiy inqirozi (inglizcha: Great Recession) — 2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiyotining inqirozdagi holati. Iqtisodiy inqiroz sababchisi 2007-yil AQShda boshlangan moliyaviy inqiroz hisoblanadi[78]. AQShdagi banklarning riskli kredit siyosati, reyting beruvchi agentliklarning obligatsiyalarni yetarli darajada oʻrganmaganliklari va aholining past moliyaviy savodxonlik darajasi uy bozoridagi inqirozga sababchi boʻlgan[79][80]. Inqirozni oldindan koʻra bilgan investor Michael Burry va The Wall Street Journal jurnalisti Michael Lewis fikricha, inqiroz nafaqat ipoteka obligatsiyalari bozoridagi spekulyatsiya sababli, balki moliya bozoridagi banklar, reyting agentliklari va investitsion fondlarning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida sodir boʻlgan[81][82]. Inqiroz dunyo iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 2009-yilda jahon YIM Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta manfiy oʻsishni koʻrsatdi[83]. Xalqaro savdo rekord darajada qisqarganiga qaramay, 2011-yilda avvalgi hajmiga qaytdi[84]. Ammo, faqatgina 2014-yilda inqirozgacha boʻlgan oʻsish sur’atlariga erishdi[85]. Yevropa davlatlari va AQSh iqtisodiyotidagi pasayish 2009-yilning ikkinchi kvartalida yakunlandi, ammo 2011-yilda Yevropa davlatlarida inqirozning ikkinchi toʻlqini boshlandi va 2013-yilgacha davom etdi[86][87]. Ishsizlik xalqaro miqyos boʻyicha rekord darajaga yetib, 200 mln. odamni tashkil etdi[88][89]. Inqirozdan chiqishda AQSh iqtisodiyotni stimullashga va banklarni qutqarishga harakat qildi[90][91]. Aholiga kredit taqdim etish uchun ajratilgan kapital, banklarning muammoli aktivlarini sotib olish va ogʻir ahvoldagi moliya institutlarining sotib olinishini taʼminlash uchun jami 498 milliard dollar sarflandi[92]. Yevropa davlatlarining xuddi shunday iqtisodiy siyosati uchun esa 1,6 trillion yevro sarflandi[93][94][95][96][97]. Zamonaviy makroiqtisodiyot nazariyasi[tahrir | manbasini tahrirlash] Tahlil[tahrir | manbasini tahrirlash] Iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli. Bu yerda, workforce market — iqtisodiy resurslar (ishchi kuchi) bozori, household — uy xoʻjaliklari, corporation — firmalar, commodity market — tovar va xizmatlar bozori, financial market — moliya bozori, foreign — xorijiy sektor va government — davlat[98]. Makroiqtisodiyot ijtimoiy fan hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy hodisalarning sodir boʻlish vaqtini aniq aytib boʻlmaydi; makroiqtisodiy agentlar xatti-harakatlarini kuzatish va shunga koʻra taxminiy prognoz qilish mumkin. Tahlil jarayonida iqtisodiy modellar iqtisodiyotni oʻrganishni ancha osonlashtiradi va asosiy iqtisodiy oʻzgarishlar sabablarini izohlab beradi. Shunday boʻlsa-da, koʻpgina iqtisodiy modellar jiddiy kamchiliklarga ega va muhim omillarni hisobga olmaydi[99]. Iqtisodiyot grafiklar, jadvallar, sxemalar va matematik funksiyalar yordamida tahlil etiladi[100]. Barcha makroiqtisodiy parametrlar maʼlum bir vaqt oraligʻida yoki aynan bir paytda koʻrib chiqilishi mumkin deb olinadi. Makroiqtisodiyotdagi barcha oʻzgaruvchilar 2 guruhga boʻlinadi[101][102]: Oqimlar. Bu maʼlum bir vaqt oraligʻi (yil) ichida koʻrib chiqiluvchi oʻzgaruvchilar hisoblanadi. Oqimlarga investitsiyalar, davlat byudjeti holati, eksport, import va yalpi ichki mahsulotni kiritish mumkin[103]. Zaxiralar. Joriy holatdagi maʼlumotlarni oʻrganuvchi koʻrsatkichlar hisoblanadi. Boylik hajmi, ishsizlar soni va davlat qarzi zaxiralarga misol boʻla oladi[104]. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili pozitiv va normativ tahlillarga boʻlinadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyot holatini aniqlaydi, tushuntiradi va prognozlar uchun asos hisoblanadi. Normativ tahlil esa qanday iqtisodiy oʻzgarishlar amalga oshirish kerakligini koʻrsatadi[105][106]. Makroiqtisodiy tadqiqotlar „ceteris paribus“ (boshqa oʻzgarmas sharoitlarda) holatida amalga oshiriladi. Yaʼni, bir oʻzgaruvchi oʻrganilib chiqilayotganida, boshqa oʻzgaruvchilar oʻzgarmas deb olinadi[107]. Download 299.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling