Is egri chizig'i foiz stavkalari va ishlab chiqarishning (YaIM) barcha darajalari to'plamini tasvirlaydi, bunda jami investitsiyalar (I) jami jamg'arma (S) ga teng


Download 299.3 Kb.
bet10/14
Sana05.11.2023
Hajmi299.3 Kb.
#1749151
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KURS ISHI

AD-AS modeli[tahrir | manbasini tahrirlash]
AD-AS modeli, inqirozdagi iqtisodiyot. Davlat tomonidan amalga oshirilgan stimullar sababli, yalpi talab oʻngga surildi va bu surilish narxlar darajasini (Price level) ozgina, YIMni (Y) esa sezilarli darajada oshirdi. Modelda LRAS (Long-run aggregate supply) potensial YIMga teng deb olinadi.
AD-AS modeli (Aggregate Demand — Aggregate Supply model — yalpi talab va yalpi taklif modeli) — qisqa va uzoq muddatli oraliqda, narxlar oʻzgarishi sharoitida makroiqtisodiy muvozanatni tasvirlab beruvchi model. Ushbu model iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning oʻzgarish holatlari, ularning umumiy narxlar darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmiga (real YIM) taʼsirini koʻrsatib beradi. AD-AS modeli makroiqtisodiyotdagi turli hodisalarni, xususan iqtisodiy sikllar fazalarini, oʻzgarmas ish haqi modeli va stagflyatsiyani tasvirlash uchun qoʻllanilishi mumkin[130][131]. Birinchi marta John Maynard Keynesning „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida tasvirlangan[132].
Model Keynes tomonidan inqirozdagi mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklash maqsadida ishlab chiqilgan. Inqirozdagi davlatlar iqtisodiyotining muvozanatga kelish muddati juda uzoqligi sababli, Keynes davlat ishtiroki orqali yalpi talabni stimullashni qoʻllab quvvatlagan[133]. Keynes fikriga koʻra, qisqa muddatli oraliqda narxlar oʻzgarmay qoladi. Yaʼni, ishsizlik toʻliq boʻlmagan sharoitda ishchilar oylik oshirilishini soʻrashmaydi. Ishlab chiqaruvchilar ham isteʼmolchilarning xarid qobiliyatlari yuqori boʻlmaganligi uchun narxni oshirmaydilar. Lekin, uzoq muddatli oraliqda ishsizlik qisqaradi va aholining xarid qobiliyati oshadi. Davlat aralashuvi bilan qisqa muddatli oraliqdagi yalpi taklif (Short-run aggregate supply) potensial YIMga (Y*) aylanadi[134].
Modelga taʼsir etuvchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yalpi talab (AD) oʻsishiga sabab boʻluvchi omillar[135][136][137]:

  • Xaridorlarning real daromadlaridagi oʻsish (ish haqi, transfert toʻlovlarining oʻsishi va aholi toʻlaydigan soliqlarning pasayishi);

  • Investitsion xarajatlarni amalga oshirish uchun stimullar (imtiyozli kreditlar berish va investorlarning huquqini taʼminlash);

  • Davlat xaridlari hajmining oshishi;

  • Jamiyat va tadbirkorlarning kutilmalari. Mamlakat iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi jamgʻarishdan koʻra koʻproq sarflashga undaydi[138].

Qisqa muddatli oraliqdagi yalpi taklifning (SRAS) oʻsishiga taʼsir etuvchi omillar[139]:

  • Ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar koʻpayishi va ulardan foydalanish samaradorligining ortishi;

  • Ishlab chiqarish resurslari narxining pasayishi;

  • Ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish, ularga subsidiyalar berish.

Uzoq muddatli oraliqdagi yalpi taklifning (LRAS, potensial YIM) oʻsish sabablari[140][141][142]:

  • Mamlakatda aholi sonining koʻpayishi;

  • Iqtisodiyotda ishlangan soatlarning ortishi;

  • Texnologiyalarning mukammallashuvi;

  • Mehnat unumdorligidagi oʻsish.


Download 299.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling