Isbot qilishdan maqsad nima?


-modda. Dalillar to‘plash


Download 0.92 Mb.
bet10/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

87-modda. Dalillar to‘plash
Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan to‘planadi.
Himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etishga haqli bo‘lib, ular jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkazish va jinoyat ishini sudda ko‘rish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘planishi mumkin.

  1. Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish tushunchasi va muvofiqlashtirish ishtirokchilari.

Muvofiqlashtiruvchi kengash — barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan tashkil topadi va u bo‘lajak majlisda tasdiqlanadi. Kotibiyat tarkibining o‘zgarishi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbari yangi nomzod taqdim etadi. Kotibiyat joriy tashkiliy ishlarni amalga oshiradi; ish yuritishning maxfiyligi qoidalariga rioya etgan holda Muvofiqlashtiruvchi kengash hujjatlarning rasmiylashtirilishini olib boradi. Kotibiyat:
• Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari va taklif etilayotgan shaxslarga o‘tkazilajak majlis va unda ko‘riladigan hujjatlar loyihalari haqida xabar beradi;
• Muvofiqlashtiruvchi kengash ishi rejalariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar takliflarini yig‘ish va tayyorlashni tashkillashtiradi;
• reja loyihalarini ishlab chiqadi va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
• Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari va rejalarining bajarilishini umumlashtirish va davriy tahlil qilishni amalga oshiradi va natijalari haqida Muvofiqlashtiruvchi kengash raisini xabardor qiladi;
• kengash raisining boshqa topshiriqlarini bajaradi. Agar hujjatlar loyihalari materiallarni tayyorlash huquqni muhofaza qiluvchi organlarning barcha yoki ba’zi vakillarining birgalikdagi ishtirokini talab qilsa, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi yoki uning o‘rinbosari qarori bilan ishchi guruhlar tashkil etiladi. Bunday guruh rahbari etib, tegishli prokuratura organining vakili hisoblanadi. Qonunchilikda jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organ tushunchasi to‘g‘ridan to‘g£ri belgilanmagan. Nazariya va amaliyotda tegishli davlat-huquqiy strukturalari faoliyatining funksional tahlili asosida bunday organlar doirasini belgilashning yo‘li ishlab chiqilgan. Ushbu tahlilga asoslangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar doirasiga jinoyatchilikka qarshi kurashga yo‘naltirilgan, bir yoki bir qancha huquqni muhofaza qilishga yo'naltirilgan funksiyalami bajarish vakolatiga ega bo‘lgan tuzilmalarni kiritish mumkin. Jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qilishga yo£naltirilgan funksiyalarga quyidagilar kiradi: ). Operativ-qidiruv faoliyati. 2. Jinoyat ishlari bo£yicha surishtiruv. 3. Dastlabki tergov. 4. Jinoyat protsessual va operativ-qidiruv faoliyatida qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror va sud nazorati; jinoyat ishlari bo£yicha odil sudlovni amalga oshirish.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling