20.4.Namlikning massa ulushini aniqlash
Kunjara tarkibidagi namlikning massa ulushini doimiy og'irlikkacha tezkor quritish, nam o'lchagich PVZ-10D va ULTRAX-70 asboblari yordamida aniqlanadi.
20.4.1.Namlikning massa ulushini doimiy og'irlikkacha
quritish bilan aniqlash
Asboblar: quritish shkafi; 4-sinf laboratoriya tarozisi; eksikator; sayqallangan qopqoqli stakanchalar.
Ishning bajarilishi.100-105°Cda doimiy og'irlikkacha quritilgan stakanchaga laboratoriya tarozisida 5gr ga yaqin kunjara tortmasi olinadi.Quritish 100-105°Cda quritish shkafida amalga oshiriladi.Birinchi tortish 2 soatdan keyin, keyingilari esa 1 soatdan keyin doimiy og'irlikka yetguncha tortiladi.Tortmani har bir tortishdan oldin xona haroratigacha eksikatorda sovutiladi. Hamma tortishlar 0,0001 gr aniqlikda olib boriladi.
Namlik va uchuvchan moddalarni massa ulushi X (%da) (1) formula bo'yicha aniqlanadi.
Parallel aniqlashlar orasidagi ruxsat etilgan farqlar 0,2%dan oshmasligi kerak.
20.4.2.Namlikning massa ulushini namo'lchagichPVZ-10D
yordamida aniqlash
PVZ-10D asbobi kunjaradagi namlikning massa ulushini 6-14% intervalda, atrof muhitning harorati 20°C va havoning nisbiy namligi 90%gacha aniqlashga mo'ljallangan.
Asbobni ishga tayyorlash namlikning massa ulushini aniqlash bo'limda keltirilganidek olib boriladi. Analiz uchun kunjaradan 80gr olinadi. Uni 3-5mm o'lchamga ega bo'lguncha maydalanadiva laboratoriya tarozida 0,1gr aniqlikda tortiladi. Kunjara namunasi asbobning o'zgartirgichiga faqat platforma yordamida sepiladi.
Kunjara namligining massa ulushini PVZ-10D asbobida aniqlash kungaboqar va soya urug'laridek ilovada keltirilgan jadvallar asosida oshiriladi.
Parallel aniqlashlar orasidagi ruxsat etilgan farqlar 0,5%dan oshmasligi kerak.
20.4.3.Namlikning massa ulushini ULTRAX-70
asbobi yordamida aniqlash
ULTRAX-70 asbobi kunjara tarkibidagi namlikning massa ulushini 0 dan 100%gacha diapazonda aniqlashga mo'ljallangan. Aniqlashlar yuqoridagi bo'limga o’xshash moyli urug'lar uchun keltirilgan uslub bo'yicha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |