Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet40/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Tetiklashtiruvchi mashq.

Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlar bilan “Fasllar” o’yinini o’ynaymiz.
Bolalar doira bo’lib o’tiradilar va navbat bilan “qish”, “bahor”, “yoz”, “kuz” deb fasllarni aytib chiqadilar. Tarbiyachi boshlovchi bo’ladi. Boshlovchi “bahor” desa, “bahor” so’zini aytgan bolalar o’rnidan turib, joylarini almashtiradilar. Boshlovchi turganlarning bittasini o’rniga o’tirib olishi lozim. O’tira olmagan bola boshlovchi bo’ladi va boshqa faslning nomini aytadi. O’yin shu tarzda davom etadi.


Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarga 4 ta faslni bildiruvchi 4 xil rangdagi doira shakli beriladi: oq-qish, yashil-bahor, qizil-yoz, sariq-kuz. Har bir bolaga bittadan tugallanmagan rasm beriladi. Bolalar ranglardan birini olib- fasllardan birini tanlaydilar va shu faslni tasvirlab tugallanmagan rasmni tugatadilar. Amaliy ish yakunida bolalar qaysi faslni tasvirlaganlarini va bu fasl boshqa fasllardan qanday jihati bilan farq qilishini aytadilar. Har bir bola 1 ta jihatni aytadi.


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

1. Fasllarning nomini bilib oldingizmi? Aytib beringchi.

2. Qish, bahor, yoz va kuzni birgalikda qanday nomlashimiz mumkin?

3. Bir yilda nechta fasl bor?

4. Bahordan keyin qaysi fasl keladi?

5. Kuzdan keyin qaysi fasl keladi?

6. Yozdan keyin qaysi fasl keladi?

7. Qishdan keyin qaysi fasl keladi?

8. Bahor va kuz fasllarining o’rtasida qaysi fasl bor?

9. Sizga eng yoqadigan fasl qaysi? Nima uchun?

10. Kuz va bahor fasllarining orasida qaysi fasl bor?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Son va sanoq
Mavzu: 15 gacha bo’lgan sonlar bilan tanishtirish va tartib bilan sanashga o’rgatish

Maqsad:

  • Bolalarga 15 gacha sanashni o’rgatish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar 15 soni ichida tartib bilan sanashni o’rganadilar.


  • Bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik rivojlanadi.





Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling