Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"
Download 1.13 Mb.
|
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulfat kislotaning ishlatilishi
QOʻLLANILISHI
Sulfat kislota texnologiyasi. Sulfat kislotani ishlab chiqarish poʻlat ishlab chiqarish kabi mamlakatning texnikaviy rivojlanish darajasini bildiradi. Ishlab chiqarish koʻlami va ishlatilish turlari boʻyicha sulfat kislotasi poʻlat singari xalq xoʻjaligida oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Texnikaning rivojlanishi bilan sulfat kislotani ishlatish sohalari kengayib bormoqda. Ammo sulfat kislotasini iste’mol qiluvchi eng katta iste’molchi bu mineral oʻg‘it zavodlari hisoblanadi. Sulfat kislotasini ishlab chiqarishni koʻpaytirish zarurati tufayli hozirgi kunda bolinmas quvvatlarni 1000 va 1500 t/sut (100% li H7SO4 ga hisoblanganda) oshirish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda va bitta korxonada parallel ishlaydigan bir necha tizimlar qurilmoqda. Korxonada boʻlinmas quvvatlarni va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish lozim. Ikkita parallel ishlayotgan sulfat kislotasi tizimlarini qurish solishtirma kapital sarmoyani 7,0-7,5%, kislota tannarxini 5,0-5,5% kamaytiradi va ishlab chiqarish unumdorligini 75-80% ga oshiradi. Biroq, sulfat kislotasini bitta korxonada ishlab chiqarishni koʻpaytirish bilan atmosferaga chiqib ketuvchi oltingugurt ikki oksidi gazining miqdori ortadi. Bundan tashqari chiqib ketayotgan oltingugurt ikki oksidi atrof-muhitni ifloslantiribgina qolmasdan, balki xomashyoni butunlay yoʻqotishga olib keladi, bu bilan 1 t ishlanadigan mahsulot sarfi koeffitsiyenti ortadi. Masalan, 1500t/sut H2SO 4 ishlab chiqaradigan kontakt apparatda sutkasiga havoga chiqib ketadigan gazlar bilan 20 t gacha xomashyo yoʻqoladi, 300 t/sut quvvat bilan ishlaydigan kontakt apparatlari esa 4 t yoʻqotadi. Shuning uchun zamonaviy intensiv tizimlar alohida ajralib chiqadigan gazlarni zararsizlantirish qoʻshimcha bodimlarga ega bodib, ular ishlangan SO2 hajmini 0,03 % gacha kamaytirib, sanitar normaga yetkazib beradi. Sulfat kislotaning ishlatilishi. Sulfat kislota xalq xoʻjaligida katta miqdorda ishlatiladi. Shuningdek, tannarxi boʻyicha arzon va eng kuchli kislotalardan biridir. Ayniqsa, oʻg‘it sanoatida, tibbiyotda, toʻqimachilik, kimyo sanoatida nam gazlarni quritishda, mudofaada, neftni qayta ishlash sanoatida, ammiakli chiqindi gazlardan ammiakni ushlab, ammoniy sulfat kabi mineral oʻg‘it ishlab chiqarishda koʻp ishlatiladi. Ekstraksion fosfor kislotasini ishlab chiqarishda ham sulfat kislotasi koʻp ishlatiladi. Sulfat kislotasi metallarning yuzini yuvishda ham koʻp miqdorda sarflanadi. Bu jarayonning chiqindisi - temir sulfati hosil bodadi, uni kristallantirib choʻkmaga tushirib olinadi. Konsentrlangan sulfat va azot kislotalarning aralashmasi organik moddalarni nitratlash jarayonida, anil- boʻyoq sanoatida yarim mahsulotlar ni, portlovchi moddalar (nitroglitserin, trotil va boshqalar) olish uchun qodlaniladi. Sulfat kislotasi yana gidroliz sanoatida katalizator sifatida, sun’iy tola ishlab chiqarishda va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling