Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"
Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyasion trubali bug’latgich
Download 1.13 Mb.
|
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI
Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyasion trubali bug’latgich. Vertikal qobiq 1 ning pastki qismida isitilgan kamerasi 2 joylashgan. Oʻz navbatida isitish kamerasi ikkita teshikli panjara va unga razvalsofka usulida maxkamlangan qaynash trubalariga qaraganda diametric kattaroq sirkulyasion truba 4 oʻrnatilgan boʻladi.
Isitish kamerasining trubalararo boʻshlig’iga issiqlik elitkich, ya’ni suv bug’i yuboriladi. Eritma esa qurilmaning teshikli truba panjarasi ustiga uzatiladi va sirkulyasion truba orqali pastga oqib tushadi. Soʻngra, isitish natijasida zichligi kamayib, qaynash trubalari boʻylab tepaga koʻtariladi va truba ichidan ma’lum bir masofada qaynaydi. Hosil boʻlgan ikkilamchi bug’ separasion boʻshliq 5 ga koʻtariladi va tomchi ushlagich 6 da inversion kuch ta’sirida mayda eritma tomchilaridan ajratiladi. Undan keyin, ikkilamchi bug’ qurilmadan chiqib ketadi. Quyuqlashtirilgan eritma konussimon tubdagi shtuser orqali oraliq yoki tayyor mahsulot sifatida chiqariladi. Yuqorida qayd etilganidek qaynash va markaziy (sirkulyasion) trubada eritmaning sirkulyasiyasi uning zichliklari farqi ostida roʻy beradi. Eritma zichligi farqining hosil boʻlishiga sabab, isitish kamerasi yuzasining markaziy trubanikidan ancha kattaligidir. Ma’lumki, isituvchi kamaera trubalarida eritmadan bug’ ajralib chiqishi, markaziy trubaga qaraganda ancha intensiv boʻladi. Demak, qaynash trubalarida eritmaning zichligi, markaziy trubanikidan pastroq boʻladi. Natijada, zichliklar farqi ta’siri ostida eritma erkin sirkulyasiya qiladi va issiqlik oʻtkazish jarayoni jadallashadi. Undan tashqari, eritma sirkulyasiyasi truba yuzasida sopolsimon, g’ovak qatlam oʻtirib qolishiga qarshilik koʻrsatadi. Bu turdagi qurilmalar vakuum ostida ishlaganda, qaynash temperaturasi pasayadi. Demak, past bosimli issiqlik elitkichlardan foydalanish mumkin. Ushbu usulda yuqori temperaturaga bardosh berolmaydigan eritmalarni bug’latish tavsiya etiladi. Bug’latish jarayonida vaqt oʻtishi bilan eritmaning fizik va issiqlik-diffuzion xossalari oʻzgaradi. Bu hol issiqlik berish jarayoniga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Qurilmaning kamchiliklari: trubali teshikli panjaralarga qattiq, qoʻzg’almas qilib mahkamlanganligi uchun qobiq va trubalarning temperature ta’sirida uzayishiga yoʻl qoʻymaydi; markaziy truba isitish kamerasining ichida oʻrnatilgani uchun temperatura f arqi kam boʻladi, natijada zichliklar farqi ham oz boʻladi, ya’ni sirkulyasi karraligi kamayadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling