Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"
Download 1.13 Mb.
|
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik qurilma
- Gidromexanik jarayonlar
- Mexanik jarayonlar
Sanoat jarayoni – ma’lum natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan ketma-ket xarakatlarning majmuasi va yig’indisi.
Texnologiya – bu xom-ashyodan avvaldan belgilangan hossalarga ega mahsulot olish maqsadida oʻtkaziladigan bir qator usullardir. Texnologiyaning fan sifatidagi maqsadi eng samarador va tejamkor texnologik jarayonlarni aniqlash va amaliyotda qoʻllash uchun fizik, kimyoviy, mexanik va boshqa qonuniyatlarni oʻrganishdir. Texnologik qurilma – texnologik jarayonlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan qurilma, uskuna yoki moslama yoki jixoz. Mashina – energiya yoki materialni oʻzgartirish uchun mexanik xarakat qiladigan uskuna yoki moslama. Kimyo oziq-ovqat va boshqa texnologiyalarni koʻp qirrali, turli asosiy jarayonlarning oʻtish qonuniyatlariga qarab asosan 6ta guruxga ajratsa boʻladi: Gidromexanik jarayonlar; Issiqlik almashinish jarayonlar; Massa almashinish jarayonlar; Mexanik jarayonlar; Kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar; Sovitish jarayonlar; Gidromexanik jarayonlar – bu shunday jarayonlarki, ularning tezligi mexanika va gidrodinamika qonunlari bilan belgilanadi. Issiqlik almashinish jarayonlari – bu shunday jarayonlarki, ularda, temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga issiqlik oʻtadi. Massa almashinish yoki diffusion jarayonlar – bu shunday jarayonlarki, bunda konsentratsiyasi yuqori fazadan konsentratsiyasi past fazaga turli agregat xolatlarda massa oʻtadi. Mexanik jarayonlar – bu shunday jarayonlarki, ularda jismlarning faqat mexanik oʻzaro ta’sirida oʻtadi. Kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar – bu shunday jarayonlarki, ularda moddalarning kimyoviy tarkibi va xossalari oʻzgarishi bilab xarakterlanadi. Kimyo sanoati xalq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlaridan biri boʻlib, ilmiy- texnik taraqqiyotini tezlashtirishga, ishlab chiqarish samaradorligining ortishiga, xalqning moddiy- ma’naviy ta’minot darajasining ortishiga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatadi. Bugungi kunga kelib kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishning ortishi va xalq xoʻjaligining turli sohalarda ularning ishlatilishi, yerdan unumli foydalanishni rivojlantirish, og’ir sanoatda ilmiy- texnik taraqqiyotni jadallashtirish, qurilishda industrial usullarni rivojlantirish, yengil sanoatda xom- ashyo bazasini kengaytirish va xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Xalq xoʻjaligini kimyolashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kimyo materiallarini ishlab chiqarish tabiiy xom- ashyolardan mahsulot olishga qaraganda mehnat va energiya sarfi 2-3 marta kam boʻladi. Kimyoviy texnologiya va atom energiyasining integrasiyasi ilmiy- texnikaviy taraqqiyotning tezlashishga ulkan ta’sir koʻrsatishga aminmiz. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling