Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"
Download 1.13 Mb.
|
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI
ISSIQLIK ALMASHINISH
Temperaturasi yuqori boʻlgan jismdan temperaturasi past boʻlgan jismga issiqlikning oʻz- oʻzidan, qaytmas oʻtish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali boʻlgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning II qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga oʻtadi. Issiqlik (issiqlik miqdori) – bu issiqlik almashinish jarayonining energetic xarakteristikasi boʻlib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi. Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvch jismlar issiqlik tashuvchi elitkich yoki issiqlik elitgich deb nomlanadi. Issiqlik oʻtkazish – issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari toʻg’risidagi fan. Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovutish, kondensatsiyalash, bug’lanish, bug’latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi. Ma’lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muxitlar ishtirok etadi. Oʻz issiqlik energiyasini uzaruvchi, yuqori temperaturali muxit – issiqlik elitkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muxit esa – sovuqlik elitkich deb ataladi. Issiqlik va sovuqlik elitkichlar kimyoviy bardoshli boʻlishi, qurilmalarni yemirmasligi va uning devorlarida qattiq, g’ovvak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik elitkichlar tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qoʻllanish soxalari kabi koʻrsatgichlarga katta ahamiyat berish kerak. Temperaturasi turli boʻlgan muhitlar orasida issiqlik oʻtkazish turg’un va noturg’un sharoitlarda amalga oshishi mumkin. Turg’un jarayonlarda qurilmaning temperature maydoni vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydi. Noturg’un jarayonda esa, vaqt oʻtishi bilan temperature oʻzgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg’un boradi, uzlukli (dabriy) ishlaydigan qurilmalarda esa – jarayonlar noturg’un boʻladi. Undan tashqari, davriy, ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va toʻxtatish, hamda ish rejimlari oʻzgargan xollarda noturg’un jarayonlar sodir boʻladi. Issiqlik oʻtkazish jarayonining asosiy kinetic xarakteristikalari boʻlib, oʻrtacha temperaturalar farqi, issiqlik oʻtkazish koeffisenti va uzatilayotgan issiqlik miqdorlari hisoblanadi. Ma’lumki, sanoatning turli soxalarda xilma- xil xom-ashyo va maxsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosida qoʻllaniladi. Jarayonlarni oʻtkazish shartlari va qurilmalarni qoʻllash soxasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarining tuzilishi turlicha boʻladi. Ishlash prinsipiga qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ), regenerative va aralashtiruvchi (gradirnya, scrubber, aralshtiruvchi kondensator va h. k) qurilmalarga boʻlinadi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik elitkichlar devor bilan ajratilgan boʻlib, ularda bir muxitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Konsrtuksiyasiga koʻra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq-trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga boʻlinadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq elitkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq elitkich bilan yuvilganda esa – oʻz issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik elitkichning issiqligini yig’ib oladi, soʻng esa sovuq elitkichga beradi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala elitkich bevosita oʻzaro aralashishi paytida issiqlik almashadi. Issiqlik almashinish turiga koʻra qurilmalar isitgich, bug’latgich, sovutgich va kondensatorlarga ajratiladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling