Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"


Osma isituvchi kamerali bug’larkich


Download 1.13 Mb.
bet9/18
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1016673
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI

Osma isituvchi kamerali bug’larkich. Ushbu turdagi qurilmalarda isituvchi kamera 1 oʻz obechaykasiga ega boʻlib, qobiq 2 ning pastki qismiga erki, qoʻzg’aluvchan qilib, oʻrnatilgan. Isituvchi bug’ truba 3 orqali uzatiladi va kamera 1 ning trubalararo boʻshlig’iga yuboriladi. Issiqlikni bergan bug’ kondensat holida hamda isituvchi kameraning pastki qismidan chiqariladi. Isigan eritma esa, qaynash trubalaridan yuqoriga koʻtariladi va erkin sirkulyasiya ta’sirida bug’latish jarayoni sodir boʻladi.

Ikkilamchi bug’ tomchi ushlagich 4 dan oʻtib qurilmaning tepasidan chiqib ketadi. Ikkilamchi bug’dan ajratib olingan suyuqlik truba 5 orqali pastga oqizib tushiriladi. Qurilma qaynash trubalarning ichki va tashqi yuzalarida hosil boʻluvchi kovakli qatlam vaqti- vaqti bilan suv bilan yuvilib turiladi.


Bu qurilmada markaziy sirkulyasion truba isituvchi kamera tashqarisida oʻrnatilgan boʻlib, katta koʻndalang kesimga ega. Shuning uchun ham eritma sirkulyasiyasiga ijobiy ta’sir etadi.
Isituvchi kamera erkin, harakatchan holda oʻrnatilgani uchun trubalarning teshikli panjaralardagi zichligi buzilmaydi. Undan tashqari, osma holardagi kamerani demontaj qilish oson.
Osma isituvchi kamerali bug’larkich afzalliklari: eritmalar bug’latilishi intensive; isitish kamerasi osma holda oʻrnatilgani uchun, temperaturalar farqi katta boʻlganda ham trubalar zichligi oʻzgarmaydi; isituvchi kameraning yaroqsiz trubalarini almashtirish oson; eritma sirkulyasiyasining karraligi katta; qatti, g’ovvakli qatlam kam hosil boʻladi.
Bug’latkich kamchiliklari: isituvchi elitkich va kondensatning trubalar orqali kirishi va chiqishi qiyin; metall sarfi katta; qovushqoqligi yuqori; ertimalarni bug’latish samaradorligi past; eritma trubalarga yopishib qoladi.
Erkin sirkulyasiyali bug’latkichlar. Erkin sirkulyasiyali bug’latkichlar tuzilishi soda va kristallanmaydigan, oʻrtacha qovushqoqli suyuqliklarni bug’latish uchun qoʻllaniladi. (4.56- rasm).

Bug’latish qurilmasi separator, isituvchi kamera va sirkulyasion trubadan tashkil topgan. Separator elliptic qopqoqli slindrik qobiqdan iborat boʻlib, isituvchi kameraga boltlar yordamida birlashtirilgan. Unda, ikkilamchi bug’ni tomchilardan ajratish uchun turli konstruksiyali qaytargichlar oʻrnatiladi (4.56 a- rasm). Isituvchi kamera esa, vertikal qobiq- trubali issiqlik almashinish qurilmasi tipida yasalgan boʻlib, trubalararo boʻshlig’iga bug’ yuboriladi va trubalar ichida eritma qaynatiladi.


Separator va isituvchi kameralar pastki qismlari sirkulyasion truba bilan birlashtirilgan. Sirkulyasion va qaynatish trubalaridan tarkib topgan tutashgan sistemada tabiiy sirkulyasiya hosil boʻladi.
Agar, trubalarda eritma qaynash darajasigacha isitilsa, undagi bir qism suyuqlik bug’lanishi natijasida trubalarda bug’ – suyuqlik aralashmasi hosil boʻladi. Albatta, bu aralashma zichligi suyuqlik zichligidan kichikdir. Shunday qilib, sirkulyasion trubadagi suyuqlik massasi, qaynash trubadagi suyuqlikdan katta boʻlishi aniq. Natijada, qaynash trubasi – bug’ boʻshlig’i- sirkulyasion truba – trubalar – va hakazo yoʻli boʻyicha eritma sirkulyasion harakatlanadi.
Sirkulyasiya paytida qaynayotgan suyuqlik tomonidan issiqlik berish koeffisenti ortadi va truba yuzasida qattiq g’ovvakli ifloslik qatlami hosil boʻlishi kamayadi.
Tabiiy sirkulyasiya boʻlishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur:

  1. Bug’- suyuqlik aralashma qatlami muvozanatda ushlab turish va zarur tezlik hosil qilish uchun sirkulyasion trubadagi suyuqlik satxining balandligi yetarli boʻlishi kerak;

  2. Bug’ – suyuqlik aralashmasi iloji boricha kam zichlikli boʻlishi uchun qaynash trubalarida bug’ ajralib chiqish intensivligi yetarli miqdorda boʻlishi darkor.

Eritma va bug’ orasidagi temperaturalar farqi koʻp va qaynash zonasida naporning yoʻqotilishi kam boʻlgani uchun, sirkulyasiya tezligi 1.8…2 m/s ni tashlik etadi.
Agar, sirkulyasiya tezligi yuqori boʻlsa, bug’latkichning ish unumdorligi va issiqlik almashinish jarayonining intensivligi katta boʻladi.
4.56- rasmda eskirib qolgan markaziy sirkulyasiya trubali bug’latkichdan tubdan farq qiladigan qurilma keltirilgan. Ma’lumki, markaziy sirkulyasion trubali bug’latkichlarda temperaturalar farqi kichik va sirkulyasiya intensivligi past boʻladi. Qaynash trubalarida bug’ hosil boʻlishi eritmaning fizik xossalari, truba devori va suyuqlik oʻrtasidagi temperaturalar farqi bilan belgilanadi. Eritmaning qovushqoqligi qanchalik kam boʻlsa, shunchalik bug’ ajralib chiqishi va sirkulyasiya tezligi koʻp boʻladi. Intensiv sirkulyasiyaga erishish uchun isituvchi bug’ va eritma orasidagi farq 100C dan kam boʻlmasligi kerak.
4.56-rasmda keltirilgan bug’latkichlarning issiqlik almashinish yuzasi 10…1200 m2 , diametriga qarab qaynash trubalarining uzunligi 3…9 m boʻladi. Qaynash trubalarining diametric 25, 38 va 57 mm boʻlishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0.3…1.6 MPa, separatordagi vakuum esa – 93.0 kPa. Sirkulyasion truba koʻndalang kesim yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0.3 dan kam boʻlmasligi zarur.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling