Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"


KOʻP KORPUSLI QURILMALARDA BUG’LATISH


Download 1.13 Mb.
bet11/18
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1016673
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI

KOʻP KORPUSLI QURILMALARDA BUG’LATISH
Koʻp korpusli qurilmalarda bug’latish. Bu turdagi qurilmalarda isituvchi bug’ sifatida ikkilamchi bug’ ishlatiladi. Natijada juda katta miqdorda issiqlik tejaladi. Eritmadan 1kg suvni bug’latish uchunisituvchi, toʻyingan suv bug’ining solishtirma sarfi quyidagicha:
- bir korpusli qurilma uchun 1.1 - 1.2kg
- ikki korpusli qurilma uchun 0.55kg
- uch korpusli qurilma uchun 0.40kg
- toʻrt korpusli qurilma uchun 0.30kg
Koʻp korpusli qurilmalarda bug’latish jarayonini yuqori bosimli isituvchi bug’ yoki vakuum yordamida amalga oshirish mumkin.
Bug’latish korpuslaridagi bosim shunday boʻlishi kerakki, unga uzatilayotgan bug’ temperaturasi, shu korpusdagi eritmaning qaynash temperaturasidan yuqori boʻlishi ta’minlanishi kerak. Oxirgi korpusdagi isituvchi bug’ning bosimi texnik – iqtisodiy hisoblar asosida aniqlamadi.
Isituvchi bug’ va eritmaning harakat yoʻnalishiga qarab parallel (bir xil), qarama – qarshi va kombinatsiyalangan yoʻlli koʻp korpusli bug’latish qurilmalariga boʻlinadi. 4.50a- rasmda uch korpusli parallel yoʻnalishli bug’latish qurilmasi keltirilgan.
Boshlang’ich eritma korpud 1 ga yuboriladi, soʻng korpus 2 va 3 ga uzatiladi va kerakli konsentratsiyagacha quyuqlashtirilgandan soʻng korpus 3 ning pastki qismida chiqariladi. Korpus 1 dan korpus 3 ga qarab bosim pasayib boradi. Shuning uchun, eritma bosimlar farqi ostida korpusdan korpusga oʻtib boradi. Isituvchi bug’ eritma kabi oʻsha yoʻnalishda bir koʻrpusdan keyingisiga harakat qiladi. Ya’ni, korpus 1 da hosil boʻlgan ikkilamchi bug’ esa, 3-korpusga isituvchi bug’ boʻlib, 3-korpusda hosil boʻlgan ikkilamchi bug’ kondensatsiyalanish uchun barometrik kondensator 4 ga yuboriladi.
4.50b-rasmda uch korpusli qarama-qarshi yoʻnalishli bug’latish qurilmasi tasvirlangan. Ya’ni isituvchi bug’ 1-korpusga haydaladi, ikkilamchi bug’lar esa 1-korpusdan 3-ga qarab harakat qiladi. Boshlang’ich eritma esa, avval 3- korpusga yuklanadi, soʻng esa 3-korpusdan 1-korpus tomon qarab uzatiladi. Quyuqlashtirib boʻlingan eritma 1-korpusning pastki qismidan chiqib olinadi. Har bir keyingi korpusdagi bosim avvalgi korpusnikidan kam boʻlgani uchun, eritmani uzatish uchun nasos 5, 6, 7 lar xizmat qiladi.

Kompinatsiyalangan bug’latish qurilmalarida eritmani kiritish va chiqarish variantlari turlicha boʻlishi mumkin.
Parellel yoʻnalishli bug’latish qurilmasining afzalliklari: eritmani korpusdan korpusga uzatish uchun nasos kerak emas.
Har bir keying korpusda, yuqori konsentrasiyali eritma, nisbatan pastroq bosimda bug’latiladi.
Shu oxirgi korpusdagi issiqlik oʻtkazish koeffisenti birinchisiga qaraganda ancha kichik boʻladi.
Qarama- qarshi y’nalishli bug’latish qurilmasining afzalliklari: juda yuqori konsentratsiyalargacha quyuqlashtirish mumkin; bir yoʻnalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish yuzasi talab etiladi. Kamchiligi: eritmani korpusdan korpusga uzatish uchun nasoslar zarur.
4.51-rasmda bug’latish qurilmalari sonining ortishi bilan turli sarflar oʻzgarishi
koʻrsatilgan.
Y uqorida qayt etilgandan ma’lumki,qurilmalar soni oʻsishi bilan ertima tarkibidagi 1kg suvni bug’latish uchun isituvchi bug’ sarfi keskin kamayib boradi. Lekin, qurilmalar soni ortishi bilan temperature yoʻqotilishlari koʻpayadi. Issiqlik almashinish jarayoni samarali oʻtishi uchun temperaturalarning foydali farqi ma’lum qiymatga ega boʻlishi kerak. Tabiiy sirkulyasiya qurilmalar uchun ushbu farq 5…70C va majburiy sirkulyasiyali uchun esa – 30C dan kam boʻlmasligi zarur.
Bug’latish qurilmalarining soni koʻp boʻlsa, bunda temperaturalar yoʻqotilishining yig’indisi, temperaturalarning umumiy farqiga teng yoki undan ortib ketishi mumkin. U holda eritmalarni bug’latish qiyinlashadi va jarayon oʻtkazish mumkin boʻlmay qoladi.
Qurilmalarning optimal sonini texnik-iqtisodiy hisoblashlar yoʻli bilan aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Grafikdagi egri chiziq 1 ning minimumiga toʻg’ri keladigan minimal umumiy sarflar, koʻp korpusdagi bug’latish qurilmasining optimal sonini koʻrsatadi. Sanoat miqyosida koʻp korpusli bug’latish qurilmalarining optimal soni 2 – 4 ta boʻladi.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling