Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"


Sulfat kislotasi ishlab chiqarish uchun xom-ashyo


Download 1.13 Mb.
bet13/18
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1016673
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI

Sulfat kislotasi ishlab chiqarish uchun xom-ashyo. Sulfat kislotasini ishlab chiqarish uchun oltingugurt kolchedanidan, oltingugurtdan, oltingugurt toʻrt oksidli chiqindi gazlaridan va vodorod sulfidlardan xomashyo sifatida foydalaniladi. Barcha turdagi oltingugurti bor xomashyolardan, oddiy kolchedan va tabiiy oltingugurtdan tashqari rangli metallar, koʻmir, neft va tabiiy gazdan olinadigan mahsulotlarni qayta ishlash natijasida amalga oshiriladi. Xomashyodan toʻla foydalanish muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga molik.
Oltingugurt kolchedani. Oddiy kolchedan pirit, kam miqdorda markazit holida uchraydi, uning zichligi mos ravishda 4,9-5,1 va 4,3-4,9 g/sm3. Toza temir sulfidi FeS, 53,46 mass. % S va 46,54 mass.%. Fe dan iborat. Amalda kolchedanda oltingugurt 40 dan 47 mass.% atrofida bodadi, qolganlari SiO,, rangli metallar sulfidlari (rux, mis, nikel va boshqa), Ca, Ba sulfatlari, kam miqdorda Se, Rh, Au, Ag, As, F va boshqalardan iborat keraksiz jins deb ataluvchi aralashmalardir. Koʻmirli kolchedan 35 dan 40 mass.% gacha S va 10 dan 20 mass.% gacha koʻmirdan iborat bodadi. Toshkoʻmirlarni boyitishda chiqindi sifatida koʻmir kolchedani olinadi. Kolchedan tarkibida uglerodning bodishi uning yonish temperaturasini kodaradi va kuydirilgan gazda kislorod miqdorini kamaytiradi.
KI-AI usulida sulfat kislota olish texnologik sxemasi 5.23-rasmda keltirilgan. Kolchedan ulushlagich orqali QQ pechi 1 ga kiradi. Olingan 13% SO 2 ega bodgan oltingugurt toʻrt oksidi (oltingugurt dioksidi) gazi 700°C temperaturada qozon-utilizator 3 ga yuboriladi, bu yerda u 420°C temperaturagacha sovitiladi. Bu holda bosimi 4 MPa va 450°C temperaturali energetik bug‘ olinadi, shuningdek, bu yerda temir kuyindisidan qisman tozalanish ham sodir bodadi. Gazning keyingi tozalanishi siklon 4 va UGP-3-30 markali quruq elektr filtr 5 da amalga oshadi. Gazni mishyak, selen va boshqa aralashmalardan tozalash 6 va 7 ikkita yuvuvchi minora bodimida, ikki juft hod elektr filtrda 8 va 9 hamda quritish minorasi 10 da amalga oshiriladi. Birinchi ichi boʻsh yuvuvchi minora 6 bugdantirish rejimida ishlaydi; aylanib yuruvchi kislota gazni sovitadi, bu holda issiqlik yuvishga kelayotgan kislota suvi bugdantirishga sarflanadi. Birinchi minoradagi yuvuvchi kislota H2SO4 konsentratsiyasi 35-45 mass. % ikkinchi yuvuvchi minoradan 5-10 % H2SO4 berish hisobiga bu darajada ushlab turiladi. Ikkinchi minora (7) dan kislota toʻplagich (18) ga keladi va sovigandan soʻng yuvilishga qaytariladi. Gaz ikkinchi yuvuvchi minoradan soʻng ketma-ket ikki juft elektr filtr (8) va (9) dan, soʻngra 28-30°C da 93-94% li H2SO4 bilan yuviladigan quritish minorasi (10) dan oʻtadi. Gazdan suv bugdarini yutish hisobiga yuvuvchi kislota suyuladi va qiziydi, shu tufayli temperaturani pasaytirish uchun u havo sovitgichida (20) sovitiladi. Kislota konsentratsiyasini ushlab turish uchun unga monogidratli minoradan kislota qoʻshiladi va yangidan yuvishga uzatiladi.
Quritish minorasi oldidan 9 hajm% SO2 (oltingugurt dioksidini) miqdorgacha havo bilan kontakt apparatining ishlash texnologik rejimiga mos ravishda siyraklashtiriladi. Quritiladigan kislotani sovitish uchun sug‘orish rusumidagi quvur yoki quvur ichidagi rusumdagi sovitgichlar va havo bilan sovitadigan sovitgichlar qodlaniladi. Quritish minorasidan soʻng 28 - 30°C li oltingugurt dioksidi tomchi tutgich 12 dan oʻtadi va turbogaz puflagich 11 ga kiradi. Soʻngra gaz uchta quvursimon issiqlik almashtirgich 13 da isitiladi va 420-440°C da kontakt apparatining birinchi qatlamiga kiradi, bu yerda 73,8-74% gacha oksidlanadi; uning temperaturasi 600°C ga koʻtariladi. Gaz issiqlik almashtirgich (13) dan oʻtib, katalizatorning ikkinchi qatlamiga kiradi, bu yerda kontaktlashish darajasi 86% ga yetadi, gazning temperaturasi 465 dan 514°C gacha oshadi. Issiqlik almashtirgich 13 da gazning temperaturasi yana 450°C gacha kamayadi va u kontakt apparatining uchinchi qatlamiga keladi. Bu yerda SO, ning SO, gacha oksidlanishi 94-94,5 % ga yetadi, temperatura esa 469-470°C gacha koʻtariladi. Issiqlik almashtirgich 13 ga oʻtib, gaz 100°C temperaturada absorbsiyaning birinchi bosqichiga avval oleum absorberi 15, soʻngra monogidrat absorberi 16 ga kiradi. Monogidrat absorberi va filtr tomchi ushlagich 12 dan soʻng gaz 430°C gacha issiqlik almashtirgichlar tizimida isiydi va katalizatorning toʻrtinchi qatlamiga kiradi, buning ustiga unda SO, konsentratsiyasi 0,77-0,84 hajm% ni tashkil etadi. Bu yerda SO, ning oksidlanish darajasi 80% ga teng. Issiqlik almashtirgich 13 da gaz temperaturasi 449 dan 409°C gacha pasayadi. Beshinchi qatlamda SO, oksidlanishi 87% ga yetadi. Kontaktlashishning umumiy darajasi bu holda 99,8% ga teng. Kontakt apparatining beshinchi qatlamidan soʻng gaz 409°C temperaturada issiqlik almashtirgich 13 dan oʻtib, oʻz issiqligini beradi va monogidrat absorberi 17 ning ikkinchi bosqichiga absorbsiyalanishga kiradi. Bir qismi kislota toʻplagichi 18 ga beriladi. 0,02-0,03 hajm % SO3 ega bodgan yutilmagan gaz atmosferaga chiqindi chiqaradigan quvur orqali chiqarib tashlanadi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling