Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"


Majburiy sirkulyasiyali bug’latkichlar


Download 1.13 Mb.
bet10/18
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1016673
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI

Majburiy sirkulyasiyali bug’latkichlar eritma sirkulyasiyasining intensivligi va issiqlik oʻtkazish koeffitsentini oshirish imkonini beradi. Bunday qurilmalarda qovushqoqligi katta boʻlgan eritmalarni ham bug’latish mumkin(4.57-rasm). Eritma sirkulyasiyasi propellerli yoki markazdan qochma tipdagi nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Boshlang’ich eritma isituvchi kamera 1 ning pastki qismiga yuborilsa, quyuqlashtirilgan eritma esa – separatorning pastki qismidan chiqariladi(4.57a-rasm).
Eritma qaynash trubalari uchidan ozgina pastroq sarxda ushlab turiladi. Isituvchi kamera trubalaridagi eritma tezligi 1.2…3.5 m/s boʻladi. Eritma sirkulyasiya qiladigan Sistema suyuqlik bilan toʻlib turgani uchun nasos ishi faqat gidravlik qarshiliklarni yengish uchun sarflanadi. Qaynash trubalarining pastki qismidagi bosm, tepa qisminikida, truba ichidagi suyuqlik ustini va qarshiliklar yig’indisiga teng miqdorda oraliq boʻladi. Shuning uchun, trubaning koʻp qismida eritma qaynamasdan, faqat isitiladi. Truba uchuning ma’lum bir qismidagina eritma qaynaydi. Nasos uzatayotgan suyuqlik miqdori bug’lanayotgan suvdan bir necha barobar ortiqdir. Shuning uchun ham, suyuqlik massasining qaynash trubasidan chiqayotgan bug’ – suyuqlik aralashmadagi bug’ massasiga nisbati juda katta.

Bu turdagi bug’latkichlar isitish yuzasi 25…1200 m2, qaynash trubalarining uzunligi 4..9 m, diametric 25, 38, 57 mm boʻlishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0.3..1.0 MPa, separatordagi vakuum esa – 93 kPa. Sirkulyasion truba koʻndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0.9 dan kam boʻlmasligi kerak.


Majburiy sirkulyasiyali bug’latkichlar afzalliklari: issiqlik oʻtkazish koeffisenti juda katta (erkin sirkulyasiyaligiga qaraganda 3…4 marta koʻp), shuning uchun isitish yuzasi kam boʻlsa ham boʻladi; kichik temperaturalar farqida (3..50C) ham samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug’latilganda, issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi.
Bunday qurilmalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya sarfi koʻpayadi.
Odatda, bug’larkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalgan, hamda qovushqoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarni bug’latish uchun qoʻllash yuqori samara beradi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling