Markaziy sirkulyasiya trubali, uzluksiz ishlaydigan bug’latgich 4.48- rasmda koʻrsatilgan.
Bug’latgich asosan ikki qismdan, ya’ni isituvchi kamera 1 va separator 2 dan iborat boʻladi.
Kamera 1 koʻpincha toʻyingan suv bug’I bilan isitiladi. Suv bug’i kameraning trubalararo boʻshlig’iga toʻnaltiriladi, u yerda truba devori orqali oʻz issiqligini eritmaga uzatadi va sovitish natijasida kondensatsiyalanadi. Hosil boʻlgan kondensat kameraning pastki qismidagi shtuser orqali tashqariga chiqariladi.
T rubada isitilayotgan eritmaning temperaturasi ortishi bilan zichligi kamayadi. Natijada, eritma truba boʻylab yuqoriga koʻtariladi va devor orqali oʻtayotgan issiqlik ta’sirida qaynash boshlanadi. Qaynash jarayonida hosil boʻlayotgan ikkilamchu bug’ eritmadan ajraydi va separator 2 ga qarab harakatlanadi. U yerda bug’ mayda eritma tomchilaridan ajratiladi va bug’ tashqariga chiqariladi. Separatorda ajratilgan tomchilar yana qaytadan bug’lanayotgan eritmaga qoʻshiladi.
Eritmaning ma’lum qismi (zichligi yuqori) sirkulyasiya trubasi orqali bug’latishning pastki qismiga tushadi. Ushbu trubadagi eritma va isituvchi trubalardagi “bug’-suyuqlik” aralashmasi zichliklari oʻrtasidagi farq ta’sirida betoxtov ravishda sirkulyasiya qilib turiladi.
BUG’LATKICHLAR TUZILISHI ISHLASH PRINSIPLARI
Bug’latish qurilmalarini klassifikasiyalash usullari koʻp. Lekin, bug’latish qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma sirkulyasiyasining turli va karraligi klassifikasiyalashning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin. Kimyo va boshqa sanoatlarda uch xil bug’latish qurilmalari keng tarqalgan:
1. Erkin (tabbiy) sirkulyasiyali bug’latish qurilmalari;
2. Majburiy sirkulyasiyali bug’latish qurilmalari;
3. Yupqa qatlamli (plyoʻnkali) bug’latish qurilmalari.
Zamonaviy bug’latish qurilmalarining isitish yuzalari 10…1800 m2. Bug’latkichlar konstruksiyalarini tanlashda eritmalarning fizik va issiqlik xossalari, kristallanishga moyilligi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, har bir koʻrpusdagi foydali temperaturalar farqi, issiqlik almashinish qurilmasining yuzasi, texnologik xususiyatlari hisobga olinishi zarur.
Bug’latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli poʻlatlardan tayyorlanadi.
Quyida, sanoatda eng keng taeqalgan, tipik bug’latkichlar konstruksiyalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |