Vakuum ostida bug’latish paytida ikkilamchi bug’ni maxsus kondensatorda kondensatsiyalash yoʻli bilan qurilmada vacuum xosil qilinadi va nasos yordamida kondensatsiyalanmagan gazlar soʻrib olinadi. Bu usulda jarayon olib borilsa, eritmaning qaynash temperaturasini pasaytirishga erishsa boʻladi. Natijada yuqori temperaturaga oʻta ta’sirchan maxsulotlar sifatini saqalab qolish imkoniyati tug’iladi. Undan tashqari, vakuum jarayonda qoʻllash, harakatga keltiruvchi kuch miqdorini oshiradi va bug’latish qurilmasining issiqlik almashinish yuzasini, xamda metall sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Vakuum ostida bug’latishning yana bir afzalligi shundaki, past temperatura va bosimli issiqlik elitkichlardan foydalanish mumkin. Bu usulda bug’latilganda, hosil boʻlgan ikkilamchi bug’ni, keying korpusda birlamchi bug’ sifatida qoʻllash mumkin.
Albatta, bu usulning kamchiliklari ham bor: jarayonda vacuumni qoʻllash uning narxini oshiradi; bug’latkichdan tashqari bir necha qoʻshimcha qurilma va moslamalar ishlatish kerak.
Atmosfera bosimida bug’latish jarayonida xosil boʻlgan ikkilamchu bug’ atrof muxitga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng soda deb hisoblansa ham, lekin u iqtisodiy jihatdan eng tejamsizdir.
Yuqori bosim ostida bug’latish jarayonida hosil boʻlgan ikkilamchi bug’ qaytadan bug’latish jarayonida, hamda boshqa maqsadlar uchun ham ishlatish mumkin. Bu usulda jarayon yuqori bosimda olin borilgani uchun, eritmalarning qaynash temperaturasi encha koʻtariladi.
Boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ikkilamchi bug’ – ekstra bug’ deb nomlanadi. Yuqori bosim ostida bug’latish jarayonida ajralib chiqqan ikkilamchi bug’ni qaytadan qoʻllash, vakuum ostida bug’latishga nisbatan, issiqlikdan toʻla miqdorda foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun, ushbu usul faqat issiqlikka bardosh eritmalarni bug’latish uchun qoʻllaniladi. Undan tashqari, yuqori bosim ostida bug’latish jarayoni uchun yuqori temperaturali issiqlik elitkichlarni ishlarish kerak. Bu hol albatta uning eng asosiy kamchiligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |