Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "kimyoviy texnologiya"
Download 1.13 Mb.
|
ESANBOYEVA ASAL KURS LOYIXASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy bug’latish.
BUG’LATISH USULLARI
Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan bug’latish usullaridan foydalaniladi: - oddiy bug’latish (uzlikli va uzluksiz); - koʻp korpusli qurilmalarda bug’latish (faqat uzliksiz); - issiqlik nasoslarni qoʻllab bug’latish. Eritmalar va isituvchi bug’ xossalariga qarab hamma 3ta bug’latish usullari vacuum va bosim ostida oʻtkazilishi mumkin. Issiqlik elitkich sifatida, deyarli har doim, toʻyingan suv bug’I ishlatiladi. Kamdam- kam hollarda eritmalar elektr toki yoki oraliq issiqlik elitkichlari yordamida isitiladi. Oddiy bug’latish. Issiqlik tejalishi katta ahamiyatga ega boʻlmagan va unumdorligi kichik boʻlgan qurilmalarda oddiy bug’latishdan foydalaniladi. Undan tashqari, temperature depressiyasi yuqori eritmalarnigina uzlikli ishlaydigan, bir korpusli bug’latish qurilmasida amalga oshirish iqtisodiy jixatdan toʻg’ti va maqsadga muvofiqdir. Uzlukli bug’latishni ikki xil yoʻl bilan olib boorish mumkin: boshlang’ich eritmalarni dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash. Uzluksiz ishlaydigan oddiy bug’latish qurilmasi 4.47- rasmda keltirilgan. B oshlang’ich konsentratsiyali eritma nasos 1 yordamida sarf oʻchagich 2 orqali isitkich 3 ga uzatiladi. U yerda eritma qaynash temperaturasigacha isitiladi va soʻng bug’latgich 4 ga bug’latish uchun yuboriladi. Qurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bug’i yordamida isitiladi, natijada erituvchi bug’lanadi. Hosil boʻlgan ikkilamchi bug’ qurilma 4 ning yuqori qismi boʻlish separasion boʻlimida mayda tomchilardan ajratiladi va barametrik kondensator 5 ga yoʻnaltiriladi. Undan ikkilamchi bug’ kondensatsiyalanadi. Vakuum ostida eritmalarni bug’latish jarayonini tashkil etishning bir qator afzalliklari bor: eritma qaynash temperaturasi pasayadi; past bosimli bug’larni issiqlik elitkich sifatida qoʻllash mumkin. Kondensatsiyalanmagan inert gazlar ushlagich 6 orqali vacuum – nasos 8 yordamida soʻtib olinadi. Sovutuvchi suv bilan hosil boʻlgan kondensat borametrik truba 7 orqali yig’gichga tushiriladi. Quyuqlashtirilgan eritma nasos 8 yordamida tayyor maxsulot omboriga uzatiladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling