Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

 
Idish va asboblar: Shisha voronkalar, chinni hovoncha, filtr 
qogʻozi, doka, texnik torozi, termostat, 100 ml tubi tekis kolba, 
pipetkalar, probirkalar, suv hammomi. 
Hayvon oqsillari 
 
Insonning ovqatlanishida hayvonlar goʻshti asosiy oqsil manbai 
hisoblanadi. 
Goʻsht oqsilining fraksion tarkibi koʻp komponentlidir. 
Goʻsht – hayvon organizmining turli toʻqimalari yigʻindisi boʻlib, 
ulardan eng qimmatlisi muskul toʻqimalaridir. 
Muskullarning bosh komponenti oqsillar hisoblanadi. (16....22%) 
Muskul toʻqimalari oqsillariga quyidagilar kiradi: 
- suvda eruvchi sarkoplazma oqsili – liogen; 
- tuzda eruvchi miofibrillar – miozin, aktin va ularning kompleksi
- erimaydigan stroma oqsillari – sarkolemma oqsillari (kollagen 
elastin, mustin, retikullin) va yadro. 
Miogen - suvda tez ekstraksiyalanadi va qaynayotgan shoʻrva 
yuzasida denaturatsiya natijasida koʻpik hosil qiladi. 
Globulin x - bu tuzda eruvchi plazma oqsilidir. Bu oqsil organizmda 
fermentativ funksiyani bajaradi. 
Globulin x va miogen oqsillari barcha muskul toʻqimalarining 20-
25% tashkil qiladi. 


49 
Sutda oqsillarning miqdori 2,9...3,5% ni tashkil etadi. Sut oqsillari 
oʻsib kelayotgan organizmning normal rivojlanishi va katta yoshdagi 
odamlarning oziqlanishi uchun muhimdir. 
Bu oqsillar oʻzining tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va biologik 
funksiyalari bilan ajralib turadi. Sut oqsillari 3 guruhga boʻlinadi:
kazein oqsili (80%) – α
s 1
– kazein, α
s 2
– kazein, β – kazein, kazein; 
zardob oqsillari (19%) – β laktoglobulin, α – laktoalbumin, 
immunoglobulinlar, laktoferin;
yogʻ parchalari qatlamidagi oqsillar (1%). 
Zardob oqsillari tarkibidagi almashinmaydigan aminokislotalar 
tarkibi boʻyicha sut oqsilining qimmatli qismi hisoblanadi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling