Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idish va asboblar
Kerakli reaktivlar: 1% amilosubtilin eritmasi, 1% glyukazim
eritmasi; 0,1 n yod eritmasi; 0.1n natriy tiosulfat eritmasi; 35% NaOH eritmasi; 0,1 n HCl eritmasi; metiloranj eritmasi; 10% sulfat kislota (N 2 SO 4 ); titrlash uchun eruvchan kraxmalning 1% eritmasi; tarkibida kraxmal bor material (kartoshka kraxmali, bugʻdoy uni); glyukooksidaza ferment preparatining eritmasi; glyukoza standart eritmasi (1 mol/l); 4- aminoantipirinning fenol bilan aralashmasi. Idish va asboblar: 100 va 250 ml hajmdagi konussimon kolbalar; titrlash uchun byuretkalar; voronkalar; pipetkalar; probirkalar; oʻlchov slindrlari; shisha tayoqchalar; predmet oynasi; suv hammomi; 30 ○ C termostat; fotoelektrokalorimetr kyuvetalari bilan; analitik tarozi. Uglevodlar Tajribada aldegid yoki keton guruhi boʻlgan poligidroksil birikmalarini hosil qiluvchi moddalar uglevodlar deb ataladi. Uglevodlar oziq-ovqat mahsulotlarning asosiy makronutrienti boʻlib, ozuqa ratsionining 60...80% kaloriyasiga toʻgʻri keladi. Uglevodlar inson organizmining plastik funksiyasini ham bajaradi. Sogʻlom odam sutkasiga 300...500 g, yuqori jismoniy va aqliy mehnat bilan shugʻullanadiganlar 700 g gacha uglevod qabul qilishi kerak. Organizmda uglevod yetishmasa kam quvvatlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquvchanlik, och qolish holatlari kelib chiqadi. 52 Uglevodlar hazm boʻladigan va hazm boʻlmaydiganlarga boʻlinadi. Hazm boʻladigan uglevodlar: monosaxaridlar (glyukoza, fruktoza, galaktoza), ba‟zi disaxaridlar (saxaroza, laktoza, maltoza) va ba‟zi polisaxaridlar (kraxmal, dekstrinlar). Disaxaridlar va hazm boʻladigan polisaxaridlar ovqat hazm boʻlish jarayonida fermentlar yordamida to mono saxaridlargacha gidroldizlanadi, bunda asosan glyukoza katta rol oʻynaydi. Hazm boʻladigan uglevodlar ichida saxaroza asosiy hisoblanib, oziq- ovqat ishlab chiqarish sohasida keng qoʻllaniladi. Polisaxaridlar ichida kraxmal asosiy ozuqa komponenti hisoblanadi. Inson organizmi – sellyuloza, gemisellyuloza va pektinni hazm qila olmaydi. Monosaxarid va oligosaxaridlar oziq-ovqat mahsulotlarida shirinlik, gidrofillik va aromatik moddalar bilan bogʻlanish xossasini, polisaxaridlar esa oziq-ovqat mahsulotlar sifatini belgilaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi uglevodlarni miqdoriy aniqlashning koʻpgina kimyoviy uslublari negizida qandlarni redustirlovchi xossasi yotadi. Shuning uchun redusirlamaydigan (qaytarmaydigan) polisaxaridlarni dastlab gidrolizlab, keyin redusirlaydigan (qaytaruvchi) qandlarni miqdoriy, titrometrik yoki kolorimetrik usulda aniqlashga qaratilgan. (masalan: glyukoza, fruktoza yoki maltoza). Keng tarqalgan uslublardan: Bertran usuli, yodometrik, Ferritsianidli, glyukooksidazali. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling