D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga
ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste‘molchining C nuqtani
tanlashi oqilona emas,
chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi;
F nuqta ehtiyojni
to‘laroq qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqariga chiqish
hisoblanadi. D nuqtada iste‘molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi,
chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini ta‘minlovchi tovar va
xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet
chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda byudjet chizig‘ining va
befarqlik egri chizig‘i joylashishining bir xil darajasini ko‘rsatadi. D nuqtada byudjet
A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizig‘ida esa A va B tovarlar
so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng
Do'stlaringiz bilan baham: