Iste’molchilar tanlovi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 215.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi215.56 Kb.
#1591768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi1

13.1-jadval
Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan keyingi qo’shilgan va yalpi naflilik
Iste’mol 
qilingan 
muzqaymoqlar soni 
Iste’mol 
qilingan 
muzqaymoqlar soni 
Iste’mol 
qilingan 
muzqaymoqlar soni 









10 





-2 

10 
18 
24 
28 
30 
30 
28 

Jadval ma‘lumotlariga ko‘ra kamayib boruvchi keyingi qo‘shilgan naflilik 


hisobiga umumiy naflilik miqdoran o‘sib boradi. Biroq, bu o‘sish sur‘ati 
muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo‘shilishi bilan pasayib borish tamoyiliga ega. 
Natijasi salbiy ahamiyatli qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning qisqarishiga olib 
keladi. Jadval ma‘lumotlarini grafikka joylashtirib, keyingi va umumiy naflilikning 
ko‘rgazmali tasvirini hosil qilish mumkin. 
2-chizma. Umumiy va keyingi qo’shilgan naflilik egri chiziqlari
7
 
7
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 361бет. 


Keyingi qo‘shilgan naflilikning grafik tasviri iste‘molchi aynan olingan bir 
tovarning qo‘shimcha birligidan kamayib boruvchi naflilikka ega bo‘lishini aniq 
ko‘rsatadi. Umumiy naflilik (TU) egri chizig‘i bir turdagi tovarning eng oxirgi 
birligidan iste‘molchi salbiy samarali naf ko‘rishi oqibatida bu turdagi naflilik ham 
pasayib borishini ko‘rgazmali aks ettiradi. Iste‘molchi biron bir tovarning keyingi 
iste‘mol qilingan birligidan kamroq qo‘shimcha nafga ega bo‘lishi sababli, u aynan 
shu tovarning navbatdagisini narxi tushgan taqdirdagina sotib oladi. Bu esa naflilik 
egri chizig‘ining pasayib borish tavsifiga ega bo‘lishini bildiradi. Biron-bir 
tovarning (x) keyingi qo‘shilgan naflilik (𝑀𝑈
𝑥
) ni miqdoriy jihatdan quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
(
𝑀𝑈
𝑥
) = 
∆𝑇𝑈
𝑥
∆𝑄
𝑥
Bu erda, 
∆𝑇𝑈
𝑥
- ortib borgan umumiy naflilik
∆𝑄
𝑥
- iste‘mol qilingan ne‘matning ko‘paygan miqdori.
Keyingi va umumiy naflilikni bir-biri orqali ifodalash mumkin. Umumiy 
naflilik iste‘mol qilingan biron-bir ne‘matning keyingi nafliliklari yig‘indisi:
𝑇𝑈
𝑛
=
𝑀𝑈
1
+
𝑀𝑈
2
+
𝑀𝑈
𝑛
Keyingi naflilik esa umumiy yoki qo‘shimcha naflilikning o‘sgan qismi
𝑀𝑈
𝑛
=
𝑇𝑈
𝑛
-
𝑇𝑈
𝑛−1
Iste‘molchi qandaydir tovarning navbatdagi birligini (portsiya, qismi, kg, 
dona va h.k.) iste‘mol qila borib, har bir navbatdagi birligidan kamayib boruvchi 
qoniqish oladi. Buning sababi shuki iste‘molchi aynan bir tovarga asta-sekin 
to‘yinib, pirovardida uning qoniqishi o‘zining oxirgi chegarasiga etadi. Boshqacha 
aytganda mazkur tovarning keyingi nafliligi uni iste‘mol qilish hajmi ortib borishi 
bilan kamayib borish tamoyiliga ega bo‘ladi. Bu keyingi (qo‘shilgan) naflilikning 
pasayib borish qonuni deb nom olgan. Agar iste‘molchiga tamadi qilingan biror 
ovqatning birinchisi 10 «yutil (naflilik o`lchovi)» naf keltirsa, ikkinchisi -7, 
uchinchisi -4 va to‘rtinchisi faqat 1 ga teng shunday naf keltiradi.
Iste‘molchi uchun har bir keyingi iste‘mol qilinadigan tovardan kamroq 
qo‘shimcha naflilik olishi sababli u aynan shu tovarning navbatdagi birligini narxi 


tushsagina sotib oladi. Bu esa talab egri chizig‘ining pasayib boruvchi ko‘rinishda 
bo‘lishini taqozo etadi. Iste‘molchi narxlarning mavjud darajasida va mablag‘lari 
cheklanganligidan kelib chiqib tanlangan tovar (xizmat)laridan yuqori naf olishni 
hohlaydi. Iste‘molchi ratsional harakat qiladi, shu sababli u sub‘ektiv sezgilariga 
asoslanib xarid qilinadigan mahsulotlar to‘plamini naflilikning o‘sishini 
ta‘minlaydigan darajaga etgunicha o‘zgartiradi.
O`lchash mumkin bo`lgan, organizmning xohlagan reaksiyasini ta`riflab 
berish qurbiga ega bo`lgan umumiy atama – bu xulq-atvordir. Nimani xulq-atvor 
deb aytish mumkin-u, nimani esa aytish mumkin emasligi bahsi bixeviorizm 
oqimining paydo bo`lganidan buyon davom etib kelmoqda. Oqim tarafdorlarining 
fikriga ko`ra, asosiy xulq-atvorni aniqlashda urg`u faqatgina yaqqol va ko`zga 
tashlanadigan reaksiyalarga beriladi. Yillar o`tgan sayin atama ma`nosi ancha 
kengayib, hozirda undan qator yaxlit reaksiyalarni nomlashda, xususan, iste`molchi 
xulq-atvorining mazmuni va mohiyatini yoritishda foydalanilmoqda. 
Iste`molchi xulq-atvorini o`rganish faqat tijorat korxonalariga emas, balki 
davlat miqyosida ham katta ahamiyatga egadir. Korxona rahbarlari o`z rivojlanish 
strategiyalarini rivojlantirishlari uchun iste`molchi xulq-atvorini bilishlari zarurdir. 
Jumladan, muhim vazifalardan biri korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va 
xizmatlar birinchi navbatda yo`naltiriladigan segmentlar (iste`molchilar guruhi) 
aniqlanishi lozim. 

Download 215.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling