Iste’molchilar tanlovi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Keyingi naflilik (marginal utility)
Download 215.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv va brilliant paradoksi
- Iste’molchi
Keyingi naflilik (marginal utility) – muayyan ne’matning navbatdagi
birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. Keyingi naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat bo‘lib, u naflilik funktsiyasining natijasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne‘mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne‘matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi 3 . So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tamoyiliga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan iste‘molchining holatidan kelib chiqilsa, ne‘matlarni iste‘mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, ma‘lum vaqtdan boshlab, muayyan ne‘matning navbatdagi birligini iste‘mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi 4 . 3 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 бет. 4 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 20 08. 360 бет. Bundan kelib chiqib quyidagi formulani keltirishimiz mumkin 5 : Suv va brilliant paradoksi A.Smit o‘z davrida ayrim real hayotimizdagi jumboqlarni yecha olmagan. Xususan bizning yashashimiz uchun muhim, demakki nafliligi juda baland bo‘lgan narsalarning narxi ancha past, aksincha biz uchun unchalik muhim bo‘lmagan, nafliligi kam bo‘lgan narsalarning narxi esa baland bo‘lishini tushuntirib bera olmagan. Masalan, suvning nafliligi juda baland ammo narxi past, brilliantning narxi juda baland lekin nafliligi juda past. Bu paradoksning yechimi shundaki, suv taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan ancha ko‘p, shuning uchun narxi past. Brilliantlarni ishlab chiqarish qiyin bo‘lganligi sababli uning taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan kam. Shuning uchun uning narxi baland. Suvning oxirgi birligining sunggi qo‘shilgan nafliligi juda ham past. Brilliantniki esa baland. Ammo bu uning umumiy nafliliklari ham shu nisbatda bo‘ladi degani emas. Aslida, suvning umumiy nafliligi biz uchun juda ham baland, faqatgina uni ko‘p miqdorda iste‘mol qilganimiz uchungina uning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi brilliantnikidan pastga tushib ketadi. Brilliantning narxi baland bo‘lganligi sababli uni kam iste‘mol qilamiz va shuning uchun uning umumiy nafliligi kam 6 . Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron- bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi 5 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375 p. 6 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 366 бет |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling