Iste’molchilar tanlovi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir


Download 215.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi215.56 Kb.
#1591768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Iste’molchilar tanlovi nazariyasi1

Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir 
miqdordagi 
taqqoslashni 
bildiradi. 
Naflilikni 
mutloq 
ko‘rsatkichlarda 
o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-
ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan 
qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas. 
Naflilik‖ atamasini ilmiy sohaga birinchi bo‘lib ingliz filosofi I.Bentam (1748-
1832) kiritgan.
Naflilik va narx o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilk bor ingliz iqtisodchi olimi 
U.Djevons (1835-1882) ko‘rsatib, keyingi naflilik kontseptsiyasini ilgari suradi va 
aynan u bozor narxida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini isbotlaydi. Naflilikni miqdoriy 
2
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 бет.


aniqlash ancha qiyin, chunki u sub‘ektiv tushuncha. Ayni vaqtda iqtisodiyot fanida 
naflilikni aniqlashda ikkita yondashuv qaror topgan: 
1. Kardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutloq aniq hisoblash talab 
qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi ―yutil‖ (inglizcha – utility – naflilik) 
dan foydalaniladi. Yutil-naflilik o`lchovi birligi hisoblanib, iste`molchi qaror 
qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o`z ehtiyojini 
qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyo 
jni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi. 
2. Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha 
joylashtirishda naflilikning ma‘lum ketma-ketligiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda 
iste‘molchi tovarning bir-biriga qiyosan muhimlilik darajasi bo‘yicha xulosa 
chiqarish mumkin. Masalan, birinchi tovar ikkinchisiga, ikkinchisi uchunchisiga 
nisbatan afzal ko‘riladi va h.k.
Iste‘molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim.

Download 215.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling