Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


YAdroviy falokatlar natijasida atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi


Download 1.87 Mb.
bet51/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

10.7 YAdroviy falokatlar natijasida atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi.

Atom elektr stansiyalari atrof-muhit radioaktiv ifloslanishlarining anomal antropogen potensial manbalari bo‘lib hisoblanadi. Evroosiyo qit’asida birinchi marta yadro reaktori 1946 yil 25 dekabrda (Moskva atrofida) va birinchi atom elektrostansiyasi (1957 yilda Obninskda, Rossiya) xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda ishga tushirilgan edi. Amerikalik fiziklarning o‘sha vaqtdagi hisoblashicha oddiy AES da portlash ro‘y berganda 385 000 km2 maydonda yashayotgan 35000 kishining nobud bo‘lishi va 65000 odamning kuchli nurlanishiga olib kelgan bo‘lar edi.

1956-1990 yillarda Sobiq SSSRda 37 reaktordan iborat 12 ta AES va 20 ta tadqiqot reaktorlari qurildi. Bu reaktorlar xalqaro talablarga ko‘ra eng xavfsiz deb e’tirof etilgan bo‘lsada CHernobel AES dagi portlash dastlabki eng katta portlashdan iborat edi. SHunga qaramasdan oddiy ish rejimida ham radioaktiv ifloslanishlar ro‘y berishi ehtimoli yo‘q emas. SHu sababli turli xil radioaktiv chiqindilar ko‘paygan hududlarda ham radioaktiv fonning yuqoriligini inobatga olish kerak.

Keyinchalik AQSH, Angliya, SSSR va YAponiyada 20 yilda 20 marta yadro falokatlari ro‘y berganligi va falokatlar natijasida Er sayyorasida o‘rtacha radiatsion fon mazkur hududlarda bir necha barobarga oshganligi qayd etilgan.

Ilmiy-tadqiqot reaktorlari atrofida ham etarlicha atrof-muhitning ifloslanishi hosil bo‘ladi, ammo bunday ifloslanishlar AES larda falokatlar sodir bo‘lgandagi ifloslanishlardan radiatsiya darajasi 100 martalab kichik bo‘ladi. Ko‘p hollarda radioaktiv manbalar , jumladan radiatsion laboratoriyalar bilan ishlaydigan xodimlarning sovuqqonligi tufayli radioaktiv fon darajasi oshib ketadi. Bunday holatlar sobiq SSSR da 10 yil ichida qayd etilgan 600 ta hududda foydalangan radioaktiv chiqindilarni qo‘shib yuborilganligi, bu holatlar mavjud meyorlarga javob bermaganligi uchun butunlay yo‘qotib yuborilgan.

Atrof-muhitning eng katta radioaktiv ifloslanishlaridan biri 1957 yilda CHelyabinsk – 40 harbiy yadro poligonida yadro omborxonasida issiqlikdan portlash natijasida yuz bergan. Radioaktiv nuklidlar buluti aholisi 3,5 mln ga teng CHelyabinsk viloyatini bir qismini, jumladan Tyumen, Kurgan va Sverdlovsk viloyatlarigacha, 300 km masofagacha radioaktiv bulutlar etib borgan. Atrof-muhitning ifloslanish darajasi 0,1 Ku/km2 dan yuqori (portlashdan hosil bo‘lgan asosiy radionuklid – stronsiy-90) bo‘lib, umumiy aholisi 300 mingdan ortiq bo‘lgan 2500 km2 maydonni egallagan. Ifloslanish zichligi 2 Ku/km2 dan katta bo‘lgan hudud 1000 km2 bo‘lib, aholisi 250000 atrofida. Aholi radioaktiv ifloslanish darajasi 2 Ku/km2 dan yuqori bo‘lgan hududlardan butunlay boshqa joylarga ko‘chirilgan. YAdro qurollari saqlanadigan omborlar, atom muzyorar kemalarining bazalari va ularni ta’mirlash zavodlarida bo‘ladigan radioaktiv ifloslanishlarni darajasi past bo‘lgan lokal manbalarga kiritish mumkin. Bunday hududlarga SHimoliy muz okeani qirg‘oqlari, Murmansk, Arxangelsk, Leningrad va Uzoq sharqni misol qilish mumkin.



AQSH, Rossiya, Fransiya, Xitoyning harbiy dengiz bazalarida 600 ga yaqin atom suv osti kemalari bor. Barcha radiatsion xavfsizlik me’yorlariga rioya etish, ruxsat etilgan radioaktiv dozalarni doimiy nazorat qilish, aholi yashash punktlaridan ancha olisda joylashishiga qaramasdan falokatlar sodir bo‘lishning potensial xavfi ancha yuqori. Bu atom suv osti kemalari muntazam bir hududdagi boshqasiga o‘tib turli kemalar bilan to‘qnashuvlar sodir qiladi. AQSH ning “Nautulis” suv osti kemasida reaktor portlashi natijasida kema ekipaji a’zolari ham halok bo‘lishgan yoki Sargo (AQSH) atom suv osti kemasida yong‘in kelib chiqishi tufayli portlash kelib chiqqan bo‘lsa, 1963 yilda “Tresher” (AQSH) suv osti kemasining portlashi natijasida 129 ekipaj a’zolari bilan Atlantika okeaniga cho‘kib ketgan. Xuddi shunday, SSSR ning 1986 yilda “K-219” atom suv osti kemasi yadro qurollari bilan (97 ekipaj a’zolari bilan birgalikda) Atlantika okeanida, 1989 yilda – “Komsomolets”, 2000 yilda – “Kursk” atom suv osti kemalari(kema a’zolari bilan) cho‘kib ketgan.

  • CHernobel atom elektrostansiyasida 1986 yil 26 aprelda yuz bergan falokat – bir qator mamlakatlarda atom energiyasidan foydalanishni to‘xtatib qo‘ydi. AES da yuz bergan 2 ta portlashdan hosil bo‘lgan juda katta miqdordagi yadroviy chiqindilar atrof-muhitga tarqalib 1000-1200 m balandlikkacha chiqib ketdi. Gaz va aerozol ko‘rinishidagi seziyning (Cs137, Cs134) birlamchi izotoplarining aktivligi ~2•106 Ku. dan ham oshib ketdi. Yod (J131) ning aktivligi 2•107 Ku gacha etgan edi. 13-jadvalda atmosferaga chiqarib yuborilgan radionuklidlarning aktivligi keltirilgan.

Quyidagi jadvalda CHernobel AES da portlashdan atmosferaga chiqarib yuborilgan radionuklidlarning yig‘indi aktivligi ketirilgan.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling