Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Kosmik nurlanishi yuqori bo‘lgan hududlar


Download 1.87 Mb.
bet50/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Kosmik nurlanishi yuqori bo‘lgan hududlar.

12-jadval

T/r

Hududlar

Dengiz sathidan balandlik, m

Yig‘indi ekvavalent doza mBer/yil (%, tabiiy normadan)

Muhitning ekologik xarakteris-tikasi

Aholining o‘rtacha soni (1990-2000 yillar) o‘rtacha hisob ko‘rsatkichi, %

1

G‘arbiy Kavkaz orti Karpat: 1428-3724

220-360 (550-900)

O‘rmon subtropik ob-havo

4 mln. odam +13,5

2

Alp belbog‘i 2200-3000 m, YOzgi yaylovlar (Kurortlar), 3600-5100

220-580 (550-1450)

Qalin igna bargli daraxtlar, o‘rmonlar

10 mln. odam +0,25

3

Pomir(Xitoy, Mongoliya, Tojikiston, Afg‘oniston): 3500-4000

360-470 (900-1175)

CHo‘llar, daryolar atrofida butasimon o‘rmonlar

Bir necha mln. odam

+17,1


4

Himolay, Hind vodiysi: 33000km2, 4000-5000

310-490 (775-1225)

Tekisliklar, tropik iqlim

Bir necha mln. odam

+10,5


5

SHimoliy kengliklar, Qutb orti (Norvegiya, Daniya, Islandiya va boshqalar).

142-472 (335-1180)

Qutb orti ob-havosi

Bir necha mln. odam

10.6. YAdro portlashlari natijasida yuqori radioaktiv ifloslanishga ega bo‘lgan hududlar.

YAdro reaktori birinchi marta AQSH da qurilgan va yadro quroli ham shu mamlakatda yaratilgan. AQSH mamlakati Xirosima va Nagasaki shaharlarida birinchi marta,1945 yil avgust oyida atom bombasini amalda sinab ko‘rgan edi. Hozircha bunday yadro portlashlarining birinchisi va oxirgisi bo‘lib turibdi. YAdro portlashlaridan eng ko‘p ifloslangan hududlar Nevada shtati (AQSH aholisi 800000 kishi). Marshal orollari – tinch okeaniga qarashli, umumiy maydoni 50 km2,SSSR da (Rossiya) – Semipalatinsk( hududi hozir Qozog‘istonga qarashli) – aholisi 950000 kishi, YAngi Erda ( Novaya Zemlya), SHimoliy Muz okeanida (umumiy maydoni 85000 km2, arktika, tundra). Antropogen radioaktiv fonning shakllanishida Fransiya (Muruora oroli), Xitoy (G‘arbda, Lobnor vodiysida, tog‘ yon bag‘rida dengiz sathidan 780 metr balandlikda) hududlarida yadro sinovlari o‘tkazilgan. Eng ko‘p yadro portlashlari (1290 marta) AQSH tomonidan o‘tkazilgan. Rasman tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishlari 270 mKu (me’yor bo‘yicha mamlakatda 80 mKu bo‘lishi kerak), shu jumladan AQSHning Vermont, Massachusets, Nyu,Meksika shtatlarida ham radiatsion fon ancha yuqori.

Sobiq SSSR da 930 marta yadro sinovlari, shu jumladan eng ko‘pi atmosferada (215 marta) o‘tkazilgan. Eng ko‘p yadro sinovlari Semipalatinsk poligonida, hamda YAngi erda o‘tkazilgan jumladan 1961 yilda Vodorod quroli ham (dunyoda eng quvvatli) portlatilgan. Bu hududlarda o‘tkazilgan sinovlarning yig‘indi trotil ekvivalenti 90 MVT ga teng. Butun SHimoliy muz okeani qirg‘oqlari qisman, Barensev va Karsk dengizlari qirg‘oqlari atroflari, tundra va G‘arbiy Sibirning shimoliy qismi stronsiy-seziy, plutoniy radioaktiv elementlari bilan ifloslantirilgan [6].

Umumiy holda yadro sinovlari o‘tkazilgan hudud (Rossiya va Qozog‘iston aholisi kam bo‘lgan) atrof-muhitning seziy bo‘yicha ifloslanish darajasi 70 mKu/km2 ga teng. Eng katta radioaktiv ifloslanishlar Rossiyaning YAmalo-Nenets avtonom okrugida qayd etilgan. Bu erda aktivlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 11000 marta ko‘pligi qayd etilgan.

AQSH va SSSR da yadro qurollarini sinash bilan birgalikda xalqaro kelishuvlarga binoan sanoat yadro portlashlari, gelogorazvedka ishlari ham olib borilgan. Bu jarayonlar ham qo‘shimcha radiatsion fonning shakllanishiga olib kelgan.

AQSH da 27 marta asosan neft va gaz konlarini qidiruv va izlab topish maqsadlarida ham er osti yadro portlashlari amalga oshirilgan. SSSR da ham tinchlik maqsadlarda 115 marta yadro sinovlari o‘tkazilgan, shu jumladan Rossiyada 89 marta (G‘arbiy Sibirda – 16 marta, Astraxan oblastida – 15 marta, Perm oblastida – 10 marta va Boshqirdiston, SHimoliy Kavkazda, Murmanskda va boshqa hududlarda 5-6 martadan sinovlar o‘tkazilgan).

Asosiy ekologik ifloslanishlarning asosi bo‘lib, portlash nuqtasida hosil bo‘lgan juda katta temperatura (~106 °S) xizmat qiladi bu esa litosfera tarkibidagi radioaktiv bo‘linish maxsulotlarining erishiga olib keladi. Asosiy yadroviy portlashlar aholi kam bo‘lgan hududlarda olib borilgan. YAqin shaharlar va aholi punktlarida radiatsion fonni yuqori bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan. Bo‘linishda hosil bo‘lgan radionuklidlarning asosiy qismi erib jinslarga singib, gaz va suvdan iborat o‘tkazmaydigan sig‘imni hosil qilgan. Ammo qattiq er silkinishlari, temperaturaning o‘zgarishi va er osti suvlarining ta’sirida bunday sig‘imlar ochilib radioaktiv elementlar migratsiyasi ham kuzatilishi mumkin. SHu bilan birgalikda yadro qurollariga ega bo‘lgan AQSH, Xitoy, Rossiya , Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarda hozirda yadro qurollarini sinash ishlari to‘xtatilgan .


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling