Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Toriy, uran va aktinouran qatorlarining emirilish sxemasi


Download 1.87 Mb.
bet71/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Toriy, uran va aktinouran qatorlarining emirilish sxemasi.

1)Aktinouran radioaktiv oilasi .Toriy qatori (A=4n).

2)Toriy radioaktiv oilasi.Uran qatori (A=4n+2).

3)Uran radioaktiv oilasi.Aktinouran qatori(4n+3).



4)Neptuniylar radioaktiv oilasi.A=4n+1



71-rasm.Toriy-232 ,uran-238, uran-235 izotoplarining emirilish sxemasi.

Toriy-232 izotopining solishtirma aktivligi- Bk/kg.



Uran-238 izotopining solishtirma aktivligi- Bk/kg.

Tabiiy uranning (234,235 va 238 izotoplarining tabiiy aralashmalari) solishtirma aktivligi esa- Bk/kg. Uran-238 izotopining emirilishi natijasida (71-rasmga qarang) radioaktiv radiy, radon (gaz) va poloniy hosil bo‘lib, bu izotoplar radiokimyoviy usullar yordamida ajratib olinadi. Xuddi shunday 1 tonna qazib olingan urandan eng ko‘pi bilan 0,34 g radiy-226 () izotopini hosil qilish mumkin. ning emirilishida energetik gamma-kvantlar chiqadi va bu katta quvvatli gamma nurlanishlar manbai bo‘lib xizmat qiladi (gamma kvantlar haqida 9-bobning 1-paragrafida ma’lumot berilgan). Xuddi shunday izotopining bir marta alfa-emirilishidan radon-222 () izotopi hosil qilinadi. Bu izotop () gaz bo‘lganligi uchun inson nafas olganda o‘pkaga kiradi va ichki organizmning nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi .

- Uchinchi zanjir,aktinouran qatori (uran radioaktiv oilasi). Bu zanjir boshida uran-235 () izotopi turibdi, uning massa soni A=4n+3 ga teng. Uran-235 izotopining tarqalganligi 0,72% atrofida, yarim emirilish davri yil. Bu oila boshlig‘i 7 marta alfa va 4 marta beta emirilishdan so‘ng turg‘un qo‘rg‘oshinning izotopi bilan tugallanadi.

YUqorida keltirilgan 3 ta radioaktiv oila boshliqlarining emirilishidan 40 ta radioaktiv izotoplar hosil bo‘ladi.Uchinchi qatorni boshida plutoniy izotopi turgan ( yil) bo‘lib bu izotop emirilib ketgan, tabiiy holda uchramaydi.



-To‘rtinchi oila boshlig‘i neptuniyning-237 () izotopi hisoblanadi va zanjir shu izotopdan boshlanadi (71- rasm). Massa soni A=4n+1 ga teng. YArim emirilish davri yil. Bu izotop jami 14 marta alfa va beta emirilishdan so‘ng vismut-209 () izotopi bilan tugallanadi. Radioaktiv oila boshliqlarining asosiy xarakteristikasi 13-jadvalda keltirilgan. YUqorida ta’kidlanganidek toriy-232 izotopining solishtirma aktivligi uranning tabiiy birikmalarinikiga qaraganda 6 marta kichik bo‘lsada toriy-232 uranga qaraganda ko‘proq ( hammasi bo‘lib qo‘rg‘oshinga qaraganda 1,5 marta kam). YAna bir tomoni shundaki toriy-232 izotopi bugun Er sayyorasida keng sochilib ketgan bo‘lsa uran alohida hududlarda yoki okean qa’rida ko‘proq uchraydi. Toriy -232 suvda yomon eriganligi uchun okean suvlari tarkibida uranga qaraganda uning miqdori juda kam. Toriy-232 zahirasi monazit qumlari tarkibida Hindiston, Misr, Janubiy Afrika, Braziliya, AQSH va Kanada hududlarida ko‘proq uchraydi. Toriyning ko‘rinishdagi dunyo bo‘yicha zahiralari 2 million tonnadan oshmaydi.

Tabiiy uran (uran izotoplari birikmalari) ning radioaktivligi unchalik emas va bu birikmalar uran konlaridan qazib olinadi. Uran 60 dan ortiq har xil minerallar, qadimgi tog‘, vulqon granitlari tarkibida mavjud. Odatda uran korbanatlar, sulfat va oksidlar tarkibida kimyoviy bog‘langan. Uran zahiralari Evropada, Markaziy Afrika, Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika, Qozog‘iston va O‘zbekistonda to‘plangan. O‘zbekiston uran izotoplari zahirasi bo‘yicha dunyoda 11 o‘rinda turadi. Uranning dunyo bo‘yicha umumiy zahirasi ko‘rinishida 3,5 million tonnaga baholanadi. Uran okean suvlarida juda katta zahiraga ega, ammo uni suvdan ajratib olish nihoyatda qimmat hisoblanadi .




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling