Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси


Download 155.8 Kb.
bet11/12
Sana19.11.2023
Hajmi155.8 Kb.
#1787060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
axborot resurslari axborot tehnolog

Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o’zining soddaligi va ko’p sohaliligi jihatidan istalgan tashkiliy darajada hodimlar tomonidan faol ishlatiladi. Ularni ko’proq o’rta malakali hodimlar: buhgalterlar, kotiblar, klerklar qo’llaydi. Asosiy maqsad — ma’lumotlarni qayta ishlash, ularning ish samaradorligini oshirish va kanselyariya mehnatini soddalashtirish.
Ofisni avtomatlashtirish AT turli mintaqalardagi axborot sohasi hodimlarini o’zaro bog’laydi va haridorlar, buyurtmachilar, boshqa tashkilotlar bilan aloqa qilishga yordam beradi. Ularning faoliyati asosan hujjatlashtirish, kommunikasiyalarni boshqarish, jadvallar tuzish va hokazolarni qamrab oladi. Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
• turli matn prosessorlari yordamida kompyuterlarda matnni qayta ishlash;
• yuqori sifatli nashr mahsulotlarini ishlab chiqarish;
• hujjatlarni arhivlashtirish;
• ishbilarmonlik axborotini yuritish uchun eleetron kalen­dar va yon daftarlar;
elektron va audiopochta;
• video va telekonferensiyalar.
Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari muhandislar, huquqshunoslar, olimlarning yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki yaratish chog’ida zarur bilim­larni o’ziga jo qiladi. Ularning vazifasi yangi axborot va yangi bilimlarni yaratishdadir. Masalan, muhandislik va ilmiy loyihalash bo’yicha ihtisoslashgan ishchi stansiyalari tehnik ishlanmalarning yuqori darjasini ta’minlash imkonini beradi.
Menejment (boshqaruv) darajasi axborot tizimlari o’rta boshqaruv bo’g’ini hodimlari tomonidan qarorlarning monitorin-gi(doimiy kuzatish), nazorati, qabul qilinishi va ma’muriy-lashtirish uchun foydalaniladi. Bu axborot tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• joriy ko’rsatkichlarni avvalgisi bilan qiyoslash;
• muayyan vaqtda davriy hisobotlarni tuzish, operativ dara-jadagi kabi joriy voqealar bo’yicha hisobot berish emas;
• arhiv axborotiga kirishni ta’minlash va hokazolar.
Ayrim AT oddiy bo’lmagan qarorlarni qabul qilishni ta’-minlaydi. Axborot ta’minotiga talab qat’iy bo’lmagan holda bel-gilangan bo’lsa, ular:
Download 155.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling