Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Savollarga javoblar bank bo„limida suhbat, telefon yoki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Savollarga javoblar bank bo„limida suhbat, telefon yoki 
anketani to„ldirish orqali aniqlanishi mumkin. 
Nemis banklarida mijozning to‗lovga layoqatliligini baholashda 
arizaning ―Oylik daromad hisobi‖ bo‗limi asosiy o‗rin egallaydi. 
Hozirgi vaqtda Germaniyadagi barcha tijorat banklari individual 
shaxslarga berilgan ssudalar to‗g‗risida Bundes bankning maxsus 
departamentiga ma‘lumot berishlari shart. Bu bankning shu sohadagi 
faoliyatini nazorat qilishga imkoniyat yaratib beradi.
Fransiya va Belgiyada tijorat banklari Markaziy bankdan 
individual ssudalarni to‗lamaydiganlar haqida ma‘lumot olish huquqiga 
ega. Lyuksemburgda bank sirini saqlash zaruriyati tufayli bu huquq 
ishlatilmaydi. Lekin mijozning, masalan, jamg‗arma depozitini ssuda 
olingan bankka ko‗chirish imkonyati berilgan. Bulardan tashqari mijoz 
kreditni to‗lay olmasa, bankka uning maoshidan kredit summasini 
akseptsiz shaklida undirib olish huquqi berilgan.
Bular bilan bir qatorda mijoz obro‗sini baholash ham juda 
muhimdir. Buni baholashning bir yo‗li – kredit skoring yo‗lidir. 
Skoringni (ochko, ball yig‗ish) har bir bank holati, vaziyatiga qarab 
o‗zlari ishlab chiqadilar. 
Skoring - «scoring» - inglizcha ” score” so‗zidan olingan bo‗lib, 
ochko yoki ballarni hisoblash degan ma‘noni bildiradi. Banklar 
faoliyatida esa skoringga kredit berish bo‗yicha qaror qabul qilishning 
asosi, kreditlar bo‗yicha risklarni baholash tizimining usuli sifatida 
qarash mumkin. Yanada aniqroq qilib aytganda, skoring bank 
tomonidan qator kompleks ko‗rsatkichlar va statistik usullar asosida 
kredit oluvchi mijozning kreditga va to‗lovga layoqatliligiga baho 
berish orqali, uning kreditni to‗lay olish yoki olmaslik ehtimolini 
aniqlashdan iborat. Skoring baholash kompyuter dasturi orqali amalga 
oshirilib, u mijoz turmush tarzi va faoliyatining turli tomonlarini o‗zida 
aks ettiruvchi bir necha xil tasniflarni o‗zida mujassamlashtirgan 
matematik model va usullar majmuasi hisoblanadi. Skoringning ishlash 
prinsipi shundaki, mijoz tomonidan to‗ldirgan anketa ma‘lumotlari 
asosida u to‗g‗risida ma‘lumotlar yig‗iladi. Mijozning bank xodimi 
tomonidan ishlab chiqilgan anketa savollariga bergan javoblarining har 
biri aniq ballar bilan baholanadi. Baholash mijozning kredit tarixi va 


336
keyingina kuchga kirishi mumkinligi to‗g‗risidagi shart kiritilgan 
bo‗lishi kerak. 
Kafolatda nazarda tutilgan kafilning benefitsiar oldidagi majburiyati 
kafolat berilgan summani to‗lash bilan cheklanadi.
Kafilning prinsipaldan kafolat bo‗yicha benefitsiarga to‗langan 
summalarni regress tartibida to‗lashni talab qilish huquqi kafilning 
prinsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat berilgan kelishuvda belgilab 
qo‗yiladi. 
Berilgan kafolat bo‗yicha uning amal qilish muddati davomida 
prinsipialning moliyaviy ahvoli va kafolat berish bilan bog‗liq 
bitimlarning ijrosi doimiy nazorat qilib boriladi. Prinsipial moliyaviy 
ahvoli yomonlashganda yoki u tomonidan kafolat berish to‗g‗risidagi 
shartnomaga rioya qilinmaganda, kafolat berish to‗g‗risidagi shartnoma 
bo‗yicha ta‘sir choralari qo‗llaniladi.
Bank tomonidan kredit (lizing) qaytmaslik xavfi yuzasidan boshqa 
banklarning kafolati qabul qilinishi mumkin. Bunday holatda, boshqa 
shartnomalar kabi berilayotgan kafolat shartlari kredit (lizing) 
shartnomasi shartlariga muvofiqligi va boshqa shartnomaning muhim 
shartlari bank tomonidan o‗rganib chiqiladi. Boshqa banklarning kafolati 
kafolat bergan Bosh bankining vakolatli rahbarlari tomonidan 
tasdiqlangan (ma‘qullangan) bo‗lgandagina qabul qilinishi mumkin.
Tijorat 
banklari 
tomonidan 
berilgan 
kafolatlar 
bo‗yicha 
prinsipalning moliyaviy ahvoli, kredit tarixi va prinsipal faoliyat 
ko‗rsatayotgan iqtisodiyot tarmog‗i holatini hisobga olgan holda, uning 
kreditga layoqatliligidan kelib chiqib belgilangan tartibda ehtimoliy 
yo‗qotishlarga qarshi zaxira shakllantirishi lozim. Prinsipalning kredit 
layoqatliligi ―yaxshi‖, ―standart‖, ―substandart‖, ―past‖ va ―yomon‖ kabi 
tasniflanadi. 
Kreditga layotqatliligi ―yaxshi‖ deb e‘tirof etilgan prinsipal berilgan 
kafolatlar 
bo‗yicha 
ehtimoliy 
yo‗qotishlarga 
qarshi 
zaxira 
shakllantirilmasligi 
mumkin. 
―Standart‖ 
kreditga 
layotqatlilik 
ko‗rsatkichlariga ega bo‗lgan prinsipal berilgan kafolat summasining 10 
foizi miqdorida, ―substandart‖ deb e‘tirof etilgan prinsipal berilgan 
kafolat summasining 25 foizi miqdorida, kreditga layotqatliligi ―past‖ 
deb e‘tirof etilgan prinsipal berilgan kafolat summasining 50 foizi 
miqdorida, ―yomon‖ kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlariga ega bo‗lgan 
prinsipal berilgan kafolat summasining 100 foizi miqdorida ehtimoliy 
yo‗qotishlarga qarshi zaxira shakllantirilishi lozim. 
321
ishchilar 
o‗rtasidagi, 
boshqaruvchi 
va 
xodimlar 
o‗rtasidagi 
munosabatlarni ham o‗rganadi. Shuningdek, bank foydalanilayotgan 
texnologiyalar, vositalar, ularning yangiligini va raqobatbardoshligini 
o‗rganadi, bozorlarni egallash imkoniyatlari va boshqalarni baholaydi. 
Keyingi paytlarda, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bank 
mijozlarining ma‘naviy-axloqiy sifatlariga tobora ko‗p e‘tibor 
berilmoqda. Bu sifatlarning yetarli darajada aniq baholash imkonini 
beruvchi testlar va uslublar yaratildi. 
Ana shunday testlardan biri ―qizil signallar tizimi‖ bo‗lib, u xorijiy 
banklar xodimlarining fikricha mijozlarning ishonchliligini aniqlashga 
imkon beradi. 
―Qizil signallar tizimi‖ to‗g‗risida qisqacha to‗xtalamiz. Bu tizim 
qarz oluvchining faoliyatiga baho beruvchi bir necha bo‗limlardan 
iborat:
I. Qarz oluvchi tarixidan signallar: 
- Yaqin, o‗tmishdagi moliyaviy axvoli yoki noqobilligi. 
- Qarz oluvchi ma‘lumotlaridagi nomutanosibliklar va qarama-
qarshiliklar. 
II. Qarz oluvchini boshqarishga doir ―signallar‖: 
- Qarz oluvchining ishonchli aloqalari mavjud, hamkorni 
qidirmoqda. 
- Boshqaruvchining past ma‘naviy sifatlari. 
- Boshqarish uchun xodimlar, oila a‘zolari, kompaniya xo‗jayinlari 
orasida kurash. 
- Boshqarishdagi tez-tez o‗zgarishlar. 
- Boshqaruvchining hovliqma xarakteri. 
- Boshqaruvchilarning kreditlash jarayonini tezlashtirishga harakat 
qilishlari yoki aralashishlari. 
III. Aylanma aktivlar. Ishlab chiqarish faoliyatini aks ettiruvchi 
―signallar‖. 
- Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar qatoridagi farqlar. 
- Qarz oluvchinig o‗z debitorlari ustidan nazorati susayganligi. 
- Qarz oluvchining bugungi kunda muammolarni boshidan kechi-
rayotgan sohaga tegishliligi.
- Balansining aktiv va passiv moddalari bo‗yicha mutanosibligi. 
IV. Kreditlashga tegishli ―signallar‖: 
- Qarz oluvchi kredit maqsadini aniq ko‗rsatmaydi. 
- Qarz oluvchida qarzni to‗lash bo‗yicha aniq dastur yo‗q. 


322
- Kreditni to‗lash bo‗yicha zaxira mablag‗lari yo‗q. 
- Qarz oluvchi maqsadi moddiy ta‘minotga ega emas. 
- Qarz oluvchining kredit savolnomasi yomon asoslangan. 
- Qarz oluvchi bir vaqtning o‗zida ham aktivlari, ham umumiy 
kapitali garoviga ssuda olishni mo‗ljallagan. 
- Kredit bevosita qiymat tashkil etiluvchi, ishlab chiqarish ja-
rayoniga emas, balki muomala sohasiga yo‗naltirilgan. 
- Kreditni qaytarish muddati to‗liq asoslanmagan. 
V. Belgilangan normalarda chetlashish ―signallari‖: 
- O‗z xo‗jalik faoliyati bo‗yicha hisobot ma‘lumotlarini taqdim 
etish davriyligidagi buzilishlar. 
- Bank hisob varaqlarini yuritishdagi normalarda chetlashishlar. 
- Kreditlash shartlarining qayta ko‗rilishi; kreditni qaytarish 
sxemasidagi o‗zgarishlar; ssudani cho‗zish bo‗yicha iltimoslar. 
- Xo‗jalik 
faoliyati 
moliyaviy 
ko‗rsatkichlarining 
rejadan 
farqlanishi. 
- Qarz oluvchining mahorati va hisob tizimlarida chetlanishlar. 
Kreditga layoqatlilikni baholash bilan birga bank kreditdan 
foydalnishning iqtisodiy samaradorligini ham tekshiradi. Buning uchun 
qarz oluvchining kredit olishdan maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar ko‗rib 
chiqiladi. Bank qarz oluvchining maqsadining haqqoniyligini, ularni 
(talab, taklif, sifat va miqdor, narxi, raqobatchilarning qarshiligi va 
boshqa ko‗rsatkichlari bo‗yicha) shakllanayotgan bozor konyunkturasiga 
mos kelishini baholaydi. Shu bilan birga, bank mijoz kredit so‗ragan 
faoliyat turi bo‗yicha daromad va xarajatlarni solishtiradi. Bank 
kreditdan foydalanish natijasida mijozning o‗z xarajatlarini qoplashi va 
kreditning qaytarilishiga yetarli daromad olishga imkon bo‗lishi lozim. 
Ana shunday baholashlarga asosan bank kreditni berish (yoki uni 
rad etish) to‗g‗risidagi qaror qabul qiladi. Mijozning kreditga 
layoqatliligiga qarab bank kredit bo‗yicha foiz, muddat va summasini 
o‗zgartirishi mumkin. Bu parametr qarz oluvchi bilan muhokama etiladi 
va kredit shartnomasida belgilab qo‗yiladi. 
Ko‗rib chiqqanimizdek, turli mamlakatlarda kreditga layoqatlilikni 
aniqlashda turlicha yondashuvlar bo‗lsada, ularning asosiy maqsadi bank 
tomonidan beriladigan kreditlarning samarali ishlatilishi va ularning o‗z 
vaqtida bankka qaytib kelishini ta‘minlashdan iborat. 
335
majburiyatlarining chegaralari, kafolatni chaqirib olish asoslari, 
shartnoma bo‗yicha javobgarlik, uni bekor qilish va boshqa rekvizitlar 
ko‗rsatiladi. 
O‗zbekiston Respublikasining banklarga oid qonun hujjatlariga, 
shu jumladan, Markaziy bank tomonidan o‗rnatilgan iqtisodiy 
me‘yorlarga rioya etmayotgan hamda kredit portfelida 6 foiz va undan 
yuqori miqdordagi to‗lov muddati o‗tgan yoki muammoli aktivlari 
mavjud bo‗lgan tijorat banklari tomonidan kafolat berish taqiqlanadi. 
Undan tashqari tijorat banklari tomonidan berilgan jami kafolat va 
prinsipal tomonidan qoplanmagan benefitsarga to‗lab berilgan 
mablag‗lar summalarining yig‗indisi birinchi darajali bank kapitalining 
25 foizidan oshmasligi kerak. 
Bank kafolatini olish xohishida bo‗lgan mijoz (prinsipal) zarar 
ko‗rib ishlamayotgan bo‗lishi hamda likvid balansga ega bo‗lishi, 
muddati 
o‗tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud 
bo‗lmasligi, oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‗yicha ijobiy auditorlik 
xulosasiga hamda ijobiy kredit tarixiga ega bo‗lishi lozim. Agarda mijoz 
bank kafolatini olgandan keyin shartnoma shartlarini buzsa, bank 
tomonidan kafolat chaqirib olinishi mumkin. Buning uchun bank kafolat 
berishda uning chaqirib olish mumkinligi yoki mumkin emasligini aniq 
belgilab qo‗yishi va bu shartnomada aks ettirilgan bo‗lishi lozim. Bank 
tomonidan berilgan kafolatda uning berilgan kuni va amal qilish 
muddati va agar bankning boshqa shartlari bo‗lsa ular ham.ko‗rsatilgan 
bo‗lishi kerak. Bankda berilgan barcha kafolatlar bo‗yicha ularning 
summasi, shartlari, muddati va turi to‗g‗risida alohida hisobot yuritiladi.
Kafolat Bosh bank tomonidan beriladi, kafolat berish masalasi 
Bosh bankning kredit qo‗mitasi tomonidan ko‗rib chiqiladi va uning 
qarori asosida amalga oshiriladi. Aksariyat banklarda Bosh bank 
tomonidan bank filiallariga kafolat berish huquqining taqdim etilishiga 
yo‗l qo‗yilmaydi. Ammo ba‘zi banklarning Kredit qo‗mitasi ma‘lum 
turdagi kafolatlarni berish bo‗yicha qaror qabul qilish vakolatlarni filial 
kredit komissiyalariga berishi mumkin. Bunday hollarda bank filiali 
kredit komissiyasi bank kafolati berish to‗g‗risida ijobiy qaror qabul 
qilgandan so‗ng, agarda, unga kafolat berish huquqi berilmagan bo‗lsa, 
ko‗rsatilgan hujjatlarni va, shuningdek, bank kafolati berish to‗g‗risidagi 
shartnomani imzolagan holda Bosh bank kredit qo‗mitasiga hujjatlarni 
taqdim qiladi. Bank filiali va mijoz o‗rtasidagi bank kafolati berish 
to‗g‗risidagi shartnomada uning kredit qo‗mitasi roziligi olingandan 


334
tuziladi. Bunda, bank kafolat berishdan oldin uning uchun undiriladigan 
haq to‗g‗risida mijozga tushuntirish berib, u bilan kelishib olinishi va bu 
shartnomada ko‗rsatib o‗tilishi kerak. 
Kafolat asosiy qarz bo‗yicha hisob-kitoblardan yoki kreditor va 
asosiy qarz oluvchi o‗rtasidagi shartnomadan ajralgan holdagi mustaqil 
majburiyat hisoblanadi Amaliyotda kredit tashkilotlari tomonidan 
beriladigan bank kafolatlarining turli xildagi ko‗rinishlari mavjud Bank 
kafolati (xuddi kafillik kabi) kredit majburiyatlarini qoplash vositasi 
hisoblanadi va u ancha qulay vosita bo‗lib, moliyaviy yo‗qotishlardan 
qochish maqsadida kreditorlar tomonidan keng foydalaniladi
Bank kafolatini olish uchun mijoz (prinsipal) bankka yozma 
ravishda ariza (kafolat buyurtmasi) bilan murojaat qilishi kerak. Arizada 
so‗ralgan kafolat turi, summasi va muddatlari hamda kafolat uchun 
qarama-qarshi ta‘minot turi taklif qilinadi. Mijoz o‗z arizasi bilan birga 
kafolatdan foydalanishning butun davrini o‗z ichiga olgan pul oqimi 
tahlili ko‗rsatilgan biznes-rejasini, davlat soliq xizmatining mahalliy 
(tuman) organi tasdiqlagan oxirgi hisobot sanasi bo‗yicha buxgalteriya 
balansi moliyaviy natijalari haqida hisobot, muddati o‗tgan debitorlik va 
kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma‘lumotnoma, shuningdek, 90 kundan 
ziyod qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari va oxirgi uch moliyaviy 
yil natijalari bo‗yicha auditorlik xulosasi, kafolat ta‘minotiga doir 
hujjatlar, shartnomalarni imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, 
mijozning 
(prinsipalning) 
kreditori 
(benefitsiar) 
tomonidan 
talabnomasiga doir hujjatlarni taqdim etishi lozim. Bank ham o‗z 
navbatida u bergan kafolat bo‗yicha majburiyatni o‗z vaqtida 
bajarishning ta‘minotiga e‘tibor qaratadi. Mijoz bankka likvidli mol-
mulk yoki qimmatli qog‗ozlarni garovga qo‗yishi, kafolat bo‗yicha 
majburiyatni bajarmaslik xatarining sug‗urta qilinganligi to‗g‗risidagi 
sug‗urta polisi va boshqa ta‘minotni, ta‘minot turlaridan birini taqdim 
etishi lozim. 
Bank hujjatlar bankka kelib tushgan kundan boshlab yigirma bank 
kuni ichida kafolat berish yoki kafolat berishni rad etish to‗g‗risida qaror 
qabul qilishi va o‗z qarori to‗g‗risidagi xabarnomani uch bank kunidan 
kechiktirmay prinsipalga yuborishi zarur. Kafolat berish to‗g‗risida 
ijobiy qaror qabul qilinsa, kafil va prinsipal o‗rtasida qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda kafillik shartnomasi tuziladi. 
Shartnomada shartnoma tuzilgan sana va joy, shartnoma predmeti, 
shartnoma bahosi, bajarilish muddatlari, tomonlarning huquq va 
majburiyatlari, kafilning xizmatlariga haq to‗lash miqdori va tartibi, 
323

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling