Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Kreditlash usullari
deganda, kreditlash tamoyillariga mos ravishda kreditni berish va qaytarish uslublari tushuniladi. Sobiq ittifoq bank amaliyotida kreditlashning 3 usuli: qoldiq b o‗yicha, aylanma bo‗yicha va aylanish-qoldiq usullari bo‗yicha kre- ditlash tartibi q o‗llanilgan. Qoldiq usuli bo‗yicha kreditlashning mohiyati shunda ediki, kreditning harakati kreditlanayotgan moddiy qiymatliklarning, ya‘ni tovar-mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, tayyor mahsulot va yuklab j o‗natilgan tovarlarning qoldiq qiymati bilan bo g‗lanar edi. Zaxiralarning me‘yordan oshishi kreditga talabni oshirish, kamayishi esa kredit ma‘lum qismining qaytarilishi lozimligini ko‗rsatardi. Shu bilan birga, kreditlash usullarida kredit qoplash xarakterga ega edi, chunki zaxira va xarajatlarning me‘yordan ortiq qismi o‗z mablag‗lari bilan emas, balki kredit hisobidan qoplanar edi. Aylanish usuli b o‗yicha kreditlashning xususiyati shunda ediki, kredit harakati material qiymatliklarning aylanishi, ya‘ni kelib tushishi va ishlatishi bilan belgilanar edi. Kreditlashning bunday usuli yangi kredit berish va ilgari berilgan kreditni qaytarish faqatgina vaqt b o‗yicha mos kelishi mumkin edi. Bu yerda kredit t o‗lov xarakteriga ega edi, chunki ssuda bevosita ishlab chiqarish xarajatlari, xizmatlarni t o‗lab be- rish uchun y o‗naltirilgan. Qarz mablag‗lari doimiy ravishda xo‗jalik oborotida ishtirok etib, t o‗liq oborotdan so‗ng kreditni qaytarish rejaga aso- san amalga oshirilgan. Kreditlashning ushbu usuli yordamida x o‗jalik organlari t o‗lov oborotining uzluksizligini ta‘minlashga erishilgan. Qoldiq b o‗yicha kreditlash usuli o‗zining amaliy mohiyatini x o‗jalik yuritishning bozor munosabatlari davrida yo‗qotdi, chunki XX asrning 80-yillardagi bank islohotining birinchi bosqichida k o‗pgina samarasiz obyektlarni kreditlashdan so g‗lom obyektlarni yagona, umumlashtirilgan sxemada kreditlashga o‗tildi. Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasida tijorat banklari yangi tijorat tuzilmalari, ya‘ni mulkchilikning boshqa turiga asoslangan subyektlarga kredit berishda tijorat banklarining xorij amaliyotiga tayanib kreditlashning yangi usullaridan foydalanmoqdalar. Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma‘lum. Birinchi usulning ahamiyati har bir ssuda individual tartibda k o‗rib chiqilishidadir. Ssuda ma‘lum maqsaddagi mablag‗ga bo‗lgan ehtiyojini qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga ssuda ajratishda q o‗llaniladi. 248 Ikkinchi usulda ssuda bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilab q o‗yilgan kredit limiti bo‗yicha beriladi, bunda qarz oluvchi unga q o‗yilgan to‗lov hujjatini o‗z vaqtida to‗lash majburiyatini oladi. Kreditlashning ushbu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan kredit lini ya si kredit hisobiga barcha hisob-kitob pul hujjatlarini bank va mijoz o‗ptasidagi shartnomaga asosan to‗lash uchun 1 yilga ochiladi, ammo kredit liniyasi undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan q o‗shimcha kelishuv tuzib, istagan vaqtida ssuda olishi mumkin. Lekin bank qarz oluvchining moliyaviy holatini zaiflashganini aniqlasa, mijozga belgilangan limit chegarasida ssuda berishdan bosh tortishi mumkin. Kredit liniyasi, odatda, moliyaviy barqaror va e‘tiborli mijozlarga ochiladi. Mijoz iltimosiga binoan kreditlash limiti qayta k o‗rib chiqilishi mumkin. Davom ettiriladigan va ettirilmaydigan kredit liniyalari o‗zaro farqlanadi. Davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib ssuda berilgan va qaytarilgandan keyin mijoz va bank o‗rtasidagi aloqalar tugatiladi. Davomlashtiriladigan kredit liniyasida kredit belgilangan limit asosida avtomatik ravishda beriladi va qaytariladi. Agar bank tomonidan mijozga kredit lini ya si ma‘lum tovarlarga bir shartnoma bo‗yicha bir yil ichida pul t o‗lash uchun ochilgan bo‗lsa, kredit liniyasi maqsadli bo‗ladi. Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan ssuda hisob vara g‗ining shaklini tanlab beradi. Banklar kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun mijozga ssuda hisobvara g‗ini ochadilar. Aylanma-qoldiq usul b o‗yicha to‗lovlarni va kreditga layoqatli korxonalarni kreditlash yagona aktiv-passiv, ya‘ni kontokorrent hisob vara g‗idan amalga oshiriladi. Ushbu hisob varaq mijozga bo‗lgan yuqori ishonchni bildiradi. Hisob varaqning debetidan mijozning ishlab chiqarish faoliyati va foydani taqsimlash bilan bo g‗liq to‗lovlari o‗tadi, kreditga barcha tushumlar yoziladi. Hisob varaqning kredit qoldi g‗i korxonaning o‗z mablag‗i borligini, debet qoldig‗i esa bankdan mablag‗ jalb qilinganini bildiradi. X o‗jalik yuritishning bozor munosabatlari sharoitida oddiy ssuda hisob varaqlari keng tarqalgan. Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan x o‗jalik subyektlarini alohida ssuda hisob varag‗i ochish y o‗li bilan kreditlanadi. Ba‘zi tijorat banklarida kreditlar «kredit liniyasi ochib » yoki «kredit liniyasi ochmasdan» kreditlash yo‗li bilan ajratilishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan kreditlar tovar moddiy boyliklar, 249 bajarilgan ish va k o‗rsatilgan xizmatlarning hisob-kitob hujjatlarini t o‗lash yo‗li bilan beriladi. Muddati 30 kundan oshmagan davrga, qarzdorning asosiy faoliyati bilan bo g‗liq bo‗lgan akkreditivlar ochish va boshqalar uchun ham kredit mabla g‗lari berilishi mumkin. Kredit bank tomonidan kelishilgan muddatlarda s o‗ndirish muddati kelgan majburiyatlar b o‗yicha mablag‗larni mijozning hisob varag‗idan undirib olish orqali, muddatidan oldin qarzdorning topshiri g‗iga ko‗ra hisob raqamdagi b o‗sh qoldiq mablag‗larni so‗rab olish, garov mulkini o‗zlashtirish orqali so‗ndirilishi mumkin. X o‗jalik subyektining «kredit liniyasi ochib» kreditlash alohida hisob varaq orqali oldindan kelishib olingan kredit summasi doirasida amalga oshiriladi. Kredit liniyasining hisobidan qarzdorning asosiy faoliyati bilan bog ‗liq bo‗lgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, k o‗rsatilgan xizmatlar bo‗yicha pul hisob-kitob hujjatlarining to‗lovi amalga oshiriladi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling