Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Kredit qaysi valyutada berilishiga
- 9. Kreditlar soni b o„yicha
6- §. Xorijiy davlatlarda kreditlash amaliyoti Xorijiy banklar kreditlash amaliyotida kreditlashga, ya‘ni biznes uchun olinadigan tijorat kreditlari va alohida subyekt uchun beriladigan kreditlarga nisbatan ikki xil yondashuv mavjud. Yondashuvning fvrqi shundaki, bunday kreditlar kredit bitimining turi, kredit miqdrori, shartlari, foizi, to‗lash muddati va boshqalari bilan bir-biridan farq etadi. Banklar tomonidan ajratiladigan kreditlarning hajmi va dinamikasi ko‗p omillar ta‘sirida o‗zgarishi mumkin va ular bank daromadlarini shakllantirishda muhim o‗rinni egallaydi. Amerika yirik (aktivlari 1 mlrd. doll.dan ortiq) banklar operatsion daromadlarining 68-70% dan ortig‗ini kredit va lizingdan tushgan to‗lovlar bo‗lsa, 14% dan ortig‗i qimmatl i qog‗ozlar portfelidan olingan daromadlar hisoblanadi. Ya poniyaning ba‘zi banklarida bu ko‗rsatkich mos ravishda 48% va 15% ni tashkil etgan. 245 hisoblab chiqish imkoniyatiga ega b o‗ladi. Qat‘iy foiz stavkalari, odatda, qisqa muddatli kreditlashda q o‗llaniladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda kreditlarni berishda qat‘iy va suzib yuruvchi foiz stavkalari (bu kredit bozorlarida vujudga keladigan holatlarga bo g‗liq bo‗lgan doimiy o‗zgaradigan foiz stavkalari)ning har ikkalasi ham keng q o‗llanilmoqda. 8. Kredit qaysi valyutada berilishiga qarab ham guruhlarga b o‗linadi. Odatda, tijorat banklari kreditlarni milliy valyutada yoki chet el valyutasida berishi mumkin. O‗zbekistonda milliy valyuta va chet el valyutasidagi kreditlar k o‗p qo‗llanilmoqda. 9. Kreditlar soni b o„yicha kreditlar quyidagi guruhlarga bo‗linishi mumkin: - yagona bank beradigan kreditlar; - sindikatlashgan kreditlar; - parallel kreditlar. Amaliyotda bir bank tomonidan beriladigan ssudalar keng tarqalgan. Biroq ayrim mamlakatlar va integratsion guruhlar iqtisodiyotning rivojlanish imkoniyatiga qarab yagona bank imkoniyati yetmaydigan yirik kreditlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa banklarning guruhlarga q o‗shilib sindikatlashgan kredit berishga undamoqda. Sindikatlashgan kredit – bu birlashgan (konsortsium) 2 yoki undan ortiq kreditorlar bir qarzdorga kredit taqdim etadi. Bir guruh bank- kreditorlar ma‘lum muddatga bo‗sh turgan moliyaviy resurslarini ma‘lum bir obyekt yoki qarzdorni kreditlash maqsadida birlashtiradi. Bir yoki yetakchi bank-koordinatorlarning katta b o‗lmagan bir guruhi butun sindikat nomidan qarz oluvchi bilan kredit bitimi shartlari b o‗yicha muzokaralar olib boradi, kerakli summa yi g‗ishini ta‘minlaydi. Amaliyotda ikki yoki undan ortiq banklar qarz oluvchiga parallel kreditlar berish holatlari ham b o‗lishi mumkin. Sindikatlashgan kreditdan farqli o‗laroq, bu holatda mijoz bilan har bir bank alohida ish olib boradi, s o‗ngra esa umumiy kredit shartnomasini tuzadi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling